Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/110
Sana31.08.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1671824
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
Bog'liq
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va
ko’pincha bir-biridan 10-15 ming kilometr uzoqlikdagi SHK va aloqa tarmoqlari uzellarini
birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi
foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 kilometrni tashkil etadi.
SHKning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin
binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axbo-
rot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega bo’lishi
mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi SHKlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali
bilan bog’langan bo’ladi. Barcha SHKlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining
bo’lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyatidir. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich
inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. Bu o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliga quyidagicha: ko’p marta foydalaniladigan
rejimda dasturli modem, printerlar tarmog’idagi disklarning umumiy resurslaridan va hamma
kirish mumkin bo’lgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir
SHKdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati.Fayl-serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy
afzalliklarini sanab o’tamiz:


1. Shaxsiy va umumiy foydalanuvchi ma’lumotlarni faylli serverda saqlash
imkoniyatining mavjudligiShu bois ham umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida bir
vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (matnlar, elektron jadval va ma’lumotlar bazasini
ko’rib chiqish, o’qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidaga ma’lumotlar ko’p
tomonlama himoya qilinadi; umumiy ma’lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy
dasturlangan mahsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda amaliy dasturda belgilangan kirish uchun
chegara tarmoq operasion tizimi orqali o’rnatilgan chegara doirasida bo’ladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling