Samarqand davlat arxitektura-qurilish


T a r m o q t o p o l o g i y a s i -


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/110
Sana31.08.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1671824
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Bog'liq
Ta\'limda axborot texnologiyalari

T a r m o q t o p o l o g i y a s i - bu SHKlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy chizmasi.
Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi asosiy uch topologiyadan biridan foydalaniladi:
monokanalliaylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib
chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o’zi
zarur.
Kirish uslubi - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan
foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish
uslublari Ethernet, Token-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo’lib, har bir
SHK tarmog’iga o’rnatiladi va tarmoq kanallari bo’yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni
ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash - bu ma’lumotlarni mustaqil holda, lekin
taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biri bilan bog’langan SHKlar tomonidan qayta ishlash
demakdir.
Shinali topologiya — eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan
foydalanish bilan bog’liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo’iicha har ikki tomonga
tarqaladi.
Yulduzsimon topologiya markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar
ulanadi. Har bir periferiya uzel markaziy uzel bilan alohida o’z aloqa tarmog’iga ega. Barcha
ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi.


Intranet – bu internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokollari asosida tashkil etilgan,
hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini
beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi
kompyuter tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha
serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron hujjat, ma’lumotlar bazasi va
fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi katalogda qanday nom bilan
saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling