Samarqand davlat arxitektura-qurilish
Masofadan o’qitish texnologiyasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ta\'limda axborot texnologiyalari
Masofadan o’qitish texnologiyasi – bu 1969 yilda Angliyada bosh primyer – ministr
G.Vilson tashabbusiga ko’ra shakllantirilgan deyiladi. Ammo, u ancha ilgari barqaror va muntazam pochta aloqalari shakllanishi davrida yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London Universitetida barcha xohlovchilarga ularning qay tarzda (yozishmalar yoki mustaqil ravishda) bilim olishlaridan qat’iy nazar, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishga ijozat berilgan. Masofadan o’qitish texnologiyasi 1938 yildan buyon sirtqi ta’lim bo’yicha Xalqaro Kengash, 1982 yildan boshlab esa masofaviy ta’lim bo’yicha Xalqaro Kengash eng eski xalqaro ta’lim tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Angliyada o’qituvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o’z ichiga qamrab oladi, ularning ko’plari fanlararo bog’lanishni e’tiborga olib ishlab chiqilgan. O’tgan asrning 90 – yillarida Angliyada 40 ga yaqin ana shunday turdagi ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatgan bo’lib, ularga har yili 65 ming kishi o’qish uchun ariza berishgan. Bu texnologiya ta’lim oluvchilarga qulay vaqtda o’qitishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog’i, telestudiya va kompyuter tarmog’i orqali maslahatlar beriladi. Hozirgi vaqtda Yevropaning har bir mamlakatida masofadan o’qitishni joriy etgan ta’lim muassasalari anchagina ko’paygan. AQSh, Kanada, Angliya, Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlarning yetakchi oliy o’quv yurtlari o’zlarining telekompyuter tizimi yoki tarmog’iga ega. Bular ochiq universitetlarning Osiyo uyushmasi, masofadan o’qitishni rivojlantirish bo’yicha Lotin Amerikasi hamkorlik tarmog’i, universitetlarning Yevropa uyushmasi va boshqalarda keng rivojlanmoqda. Masofadan o’qitish texnologiyalarini yaratishning jahon tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ta’limning kompyuter tarmog’idan foydalanib amalga oshirilishi tamoyili jihatidan u rivojlanuvchi texnik tizim tarzida qaraladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling