Samarqand davlat chet tillar instituti sharq tillari fakulteti yapon tili filologiyasi kafedrasi


Download 94.23 Kb.
bet1/7
Sana02.05.2023
Hajmi94.23 Kb.
#1421054
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

SHARQ TILLARI FAKULTETI

YAPON TILI FILOLOGIYASI KAFEDRASI




KURS ISHI

MAVZU: MILLIY SPORT. YAPONIYA VA O’ZBEKISTON MILLIY SPORTI HAQIDA

BAJARDI: ABDURAZAKOVA SHOHSANAM



ILMIY RAHBAR: NAJMIYEVA PULOTOY

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3

I BOB. Milliy sport turlarimiz va ularning Jahondagi o’rni
1.1. Milliy o’yinlarda millat ruhi mujassam ……..……………………….....……..6
2.1. Milliy sport turlarimiz va ularning tarixi……………..……….……………...13
II BOB. O’zbek sportining Yapon milliy sport turlariga o’xshash jihatlari
2.1. Yapon xalq sport turlari…………....................................................................17
2.2. Milliy va xalqaro sport turlarining bir biriga uyg’unligi……………………..28
XULOSA………………………………………………………………………....31
ILOVALAR………………………………………………………………………33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….....37

KIRISH
Har bir xalqning madaniyati o‘ziga xos bo‘lib, tili, urf-odatlari, urf-odatlari, turmush tarzi, o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Ma'naviy qadriyatlar, me'yorlar, yutuqlarning davomiyligini saqlash juda muhim, chunki bu meros xalqning millat sifatida yashashining zaruriy shartidir. Ma’lumki, uzoq tarixga ega bo‘lgan jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zbekiston jamoatchiligi uchun ham yuqori saviyadagi sport yutuqlari, ham ommaviy jismoniy tarbiya yutuqlari muhim bo‘lib, bunda xalqning ijtimoiy xotirasini etkazuvchi milliy sport turlari yorqin tarkibiy qism hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, zamonaviy sportga yo‘l milliy o‘yinlardan o‘tadi.1 Bugungi kunda sport jamiyat madaniy xotirasining muhim tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Xususan, mamlakatimiz ko’plab hamkorlik o’rnatgan mamlakatlar o’rtasida milliy sport turimizni ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Shu mamlakatlardan biri bu Yaponiyadir. 8 noyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Yaponiyaning Maidzuru shahri meri Ryozo Tatami boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi. O‘zbekiston bilan tarixiy aloqalarni hisobga olgan holda Tatami boshchiligidagi Maidzuru shahri ma'muriyati o‘zbek xalqi bilan tarixiy aloqalarni saqlab qolish, kelajak avlod vakillariga ham ushbu aloqalarni yetkazish va O‘zbekiston bilan yaqin, do‘stona munosabatlarni o‘rnatishda bevosita ishtirok etishga qiziqish bildirgan. Shu munosabat bilan Maidzuru shahri ma'muriyati Yaponiya hukumatiga murojaat qilib, ularga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida «Host town» (qabul qiluvchi shahar) rasmiy maqomi berilishini so‘radi. Yapon hukumati ushbu arizani ma'qullab, 2016 yilning iyunida Maidzuru shahrini «Host town» sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi mutasaddilari tashrif buyurishdi. Mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. Tashrif davomida Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining o'rinbosari Suda Acushi yo'lga qo'yilishi kutilayotgan loyihalar haqida gapirib berdi. “Yurtingizda kuni kecha nishonlangan “Olimpiya kuni”ni ko'rib lol qoldim. Tadbir juda ham yuqori saviyada tashkillashtirildi. Darhaqiqat, Tokioda Olimpiadaga juda katta tayyorgarlik ketyapti va qiziqish ham shunga yarasha yuqori. Oddiy misol, o'tgan hafta Olimpiada ochilish marosimi uchun sotuvga chiqarilgan chiptalar bir necha soatlar ichida harid qilib bo'lindi. Yaqinda Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasining vice-prezidenti Toshiaki Endo O'zbekistonga tashrif buyurib, Milliy olimpiya qo'mitasi faoliyati, o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiadaga tayyorgarligini ko'zdan kechirgan edi. Janob Endoning tashrifi davomida nihoyasiga etmay qolgan muzokaralar bor. O'ylaymanki, qolgan ishlarni yaqin orada hal qilamiz. O'zaro hamkorlik yo'lida biz dzyudo, karate, voleybol kabi sport turlari bo'yicha yaponiyalik mutaxassislarni O'zbekistonga jo'natishga tayyormiz”, – dedi Suda Acushi. O'z navbatida Rustam Shoabdurahmonov ham bunday keng qamrovli hamkorlik borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. “Bunday ajoyib hamkorlik taklifi uchun katta rahmat sizga. Taklifingiz mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar va sportimizning kelajakdagi rivoji uchun juda muhim. Albatta, sizning yordamingiz va qo'llab-quvvatlashingiz ham maqsad sari etishishda as qotadi. Ushbu loyiha bo'yicha Yaponiya elchixonasi va MOQ o'rtasida ishchi guruh tashkil qilsak-da, imkon qadar tezroq faoliyatni boshlasak. Haqiqatdan ham yapon milliy sport turlari sanalgan dzyudo va karate buyuk tarixga ega. Bizning bu borada o'rganadigan jihatlarimiz ko'p. Ishlab chiqadigan dasturimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish, etakchi murabbiy va sportchilar, shuningdek, sport tibbiyoti hamda farmakologiya yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislarimizning o'zaro tajriba almashishi ham maqsadga muvofiq. Qilinishi kerak bo'lgan shu kabi ishlarimizni yaxshi yo'lga qo'yib olsak, ko'zlangan natijaga erishishimiz oson bo'ladi”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov To‘rtko‘l, Sherobod va Uzun tumanlarida bunday sertifikatli birorta o‘qituvchi yo‘q. Maktablardagi chet tili o‘qituvchilarining 49 foizi testdan o‘ta olmagan. «Shu bois, mamlakatda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi», dedi davlat rahbari.



Download 94.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling