Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

The Possessive Pronouns (egalik olmoshlari) 
1. Egalik olmoshlari ikki turga ajraladi: 1) Bog’langan shakl va 2) Mustaqil shakl.
Bog’langan shakldagi egalik olmoshlari quyidagilardir:
My – mening Her – uning (qiz) Our – bizning
Your – sening Its – uning (jonsiz) Your – sizning
His – uning (o’g’il) Their – ularning
Ushbu olmoshlar hamisha otga bog’lanib keladi. Ya’ni bu olmoshlarning orqasidan hamisha ot 
keladi. This is my book. Mana bu mening kitobim. Our garden is big. Bizning bog’imiz katta.
Mustaqil shakldagi olmoshlar esa quyidagilar bo’lib, bular gapda otga bog’lanmaydi, ya’ni 
bulardan keyin ot kelmaydi. Bular mustaqil tarzda “to be” fe’lidan keyin yolg’iz kelishi mumkin:
Mine – meniki Hers – uniki Ours - uniki 
Yours – seniki Its – uniki Yours - sizniki 
His – uniki Theirs – ularniki
This book is mine. Bu kitob meniki. This garden is not ours. Bu bog’ bizniki emas.
Yana shuni qo’shimcha qilish mumkinki, ushbu mustaqil shakldagi egalik olmoshlaridan keyin 
darhol “to be” fe’li kelishi mumkin: Your book is new but mine is old. Sening kitobing yangi lekin 
meniki eski.
2. Ba’zida mustaqil shakldagi egalik olmoshalri “of” (-ning, -dan) predlogi bilan ham kelib 
birikma hosil qilishi mumkin: A friend of mine – do’stlarimdan biri, a friend of yours – 
do’stlaringdan biri, a friend of his – uning do’stlaridan biri, a friend of hers – uning do’stlaridan 
biri, a neighbour of ours – qo’shnilarimizdan biri, a friend of my brother’s – akamning do’stlaridan 
biri.
Izoh: Yuqoridagi birikmalar “one of” so’zi bilan keladigan birikmalarga ma’nosi teng bo’ladi. Lekin 
“one of” birikmasidan keyin bog’langan shakldagi egalik olmoshi ishlatiladi:
One of my friends = a friend of mine – do’stlarimdan biri. One of my neighbours = a neighbour of 
mine – qo’shnilarimdan biri.
3. “Own” (shaxsiy) so’zi bog’langan egalik olmoshlaridan keyin kelishi mumkin: My own 
house – mening shaxsiy uyim. Your own car – sening shaxsiy mashinang.
Lekin: Own – so’zi quyidagi birikmalarda ham ishlatilib umuman boshqacha ma’no kasb etadi: On 
my own – yolg’iz o’zim, on your own – yolg’iz o’zing, on his own – uning yolg’iz o’zi, on our own – 
yolg’iz o’zimiz, on their own – yolg’iz o’zlari.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling