Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedresi


Download 475.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana06.11.2023
Hajmi475.41 Kb.
#1751677
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
tarzhima pragmatikasining oziga xos xususiyatlari

II bob bo’yicha xulosa 
Pragmatika tushunchasi paydo bo’lgan davrlardan boshlab ko’plab olimlar uni 
chuqur o’rganishga va tahlil qilishga kirishishdi. Bu borada tarjimada uchraydigan 
pragmatik muammolar ham chetda qolmadi. 
Tarjimaning pragmatik muammolaridan biri bu pragmatik adekvatlik 
muammosidir. Adekvat tarjima bu – mukammal tarjimadir. Adekvat tarjima 
tushunchasining mualliflari bo’lgan A.V. Fedorov va Ya. I. Resker tarjimani aniq 
hikoya qilib berish deb tushunmaslikka da’vat etadilar. Adekvat tarjima bu ham 
hikoya qilib berish, ham asliyatning grammatik, stilistik, funksional xususiyatlarini 
tarjimada qayta yaratishdir. 
Pragmatik adekvatlikka erishish turli omillarga bog’liq bo’lishi mumkin. 
Jumladan, asliyat va tarjima tili normalari, lug’at tarkibi, madaniyati, tarjimon 
mahorati va hokazolar. Ammo bular orasida eng birinchi o’rinda tarjimon mahorati 
turadi.Mahoratli tarjimongina tarjima jarayonida duch kelgan pragmatik 
muammolarni imkon qadar bartaraf eta oladi. Tarjimonning mahorati asliyat va 
tarjima o’rtasidagi tafovutlarni kamaytirish imkonini beradi. 
Tarjimaning pragmatik muammolaridan yana biri bu kontaminatsiyalashgan 
nutq tarjimasidir. Ko’pgina tillarda buzib gapirishning standart shakliga kirgan 
formalari mavjud vabuzib gapirish usullari turli tillarda turlichadir. Masalan, fe’l 
formalarini noto‘g’ri tanlab gapiriladigan kontaminatsiyalar rus tilida gapirishga 
urinadigan ko’pchilik xorijliklarga xos bo’lsa, o’zbek tilida so’zlaganda 
kelishiklardan noto’g’ri foygalanishi yoki ba’zi tovushlarni talaffuz qila olmasligi 
ruslarga, shuningdek barcha xorijliklarga xosdir. 
Ammo tarjima pragmatikasida shunday muammolar borki, ular tarjima bilan 
bog’liq bo’lmaydi. Asliyat mazmunini yetkazishdan tashqari maqsadlar tarjima 
pragmatikasida tarjima bilan bog’liq bo’lmagan omillar hisoblanadi. Ba’zan asliyat 
yaratilgan davr va tarjima davri o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
vaziyatlarning tafovuti tarjimonning bilib turib asliyatdagi ba’zi elementlarning 
haqiqiy tarjimasini berishdan bosh tortishiga olib keladi. 

Download 475.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling