Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedresi


Download 200.06 Kb.
bet11/42
Sana05.01.2022
Hajmi200.06 Kb.
#206871
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
4. Худойбердиева

«A house of Long Island» so‘zinio‘zbek tiliga tarjima qilganda uning asliyatdagi ma’nosini berish ya’ni pragmatik tarjimaga erishish uchun tarjimon ba’zi lisoniy vositalardan foydalanadi va uni «Long Aylenddagi uy» deb emas balki „Long Aylend orolidagi uy» deb tarjima qiladi. Ya’ni bu yerda asliyatda aks ettirilayotgan ma’no o‘zbek retseptoriga tushunarli bo‘lishi uchun «orol»so‘zi qo‘shilgan. Bunda J. Layonz ta’rifidagi lisoniy birlik aynan «orol» so‘zidir.

Kommunikativ tarjimaning asliyatdagi ma’lumotning ijtimoiy-madaniy konteksti, tarjima matnini o‘quvchiga moslashtirish va aniqlashtirishga tayyorligi Laypsix maktabining pragmatik elementlar ta’rifiga mos keladi. Ammo Nyumark bu munosabatni inkor etadi va uning qisman to‘g‘ri ekanligini aytadi va Pirs va Morris ta’riflaganidek pragmatika asosan yetkazuvchi va qabul qiluvchilar bilan shug‘ullansa, kommunikativ tarjima esa e’tiborni faqat qabul qiluvchiga va odatda til konteksti va madaniy tafovutlarga qaratadi deb munozara yuritadi. Bunda asosiy hal qiluvchi narsa so‘zlovchi va suhbatdosh o‘rtasida istalgan aloqani o‘rnatishda fikr bilan mos ravishda qo‘llaniladigan kontekst va madaniy tafovutdir.

Pragmatika esa faqatgina madaniy tafovutni ta’riflabgina qolmay balki uni o‘rganadi ham. Shu narsani yodda tutish lozimki, pragmatika tarjima bilan almashtirib bo‘lmaydigan sohadir. Ammo ularni bir-biridan mutlaqo ajratib ham bo‘lmaydi.


Download 200.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling