Tadqiqot tarkibining qisqacha tavsifi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishi
kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan ilmiy va badiiy adabiyotlar roʻyxatidan
iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, obyekti
va predmeti hamda amaliy va nazari ahamiyati xususida fikr yuritiladi.
Ishning birinchi bobida ibora tushunchasi va uning oʻrganilish holatiga,
tarjimonning ijtimoiy-madaniy sohaga oid matnlarni toʻg„ri talqin etishida ibora
tarjimasiga ahamiyat qaratiladi. Shuningdek, ingliz va oʻzbek tilidagi iboralar
lingvistik nuqtai nazardan yoritilgan.
Ikkinchi bobida iboralar tarjimasidagi lingvomadaniy muammolar, iboralarni
tarjima qilishda adekvatlikka erishish haqida ma‟lumotlar yoritilgan.
Ishning uchunchi bobida ingliz va oʻzbek tilida ibora lingvistik nuqtai
nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, Jeyn Ostining “Andisha va gʻurur” asarida
qoʻllanilgan ibora tushunchalari va ularning tarjimada berilishiga alohida
qiyoslanish usuli bilan toʻxtalib oʻtilgan.
Ishning
xulosa
qismida
esa
uchta
bobdagi
kuzatish
natijalari
umumlashtirilgan holda ishga yakuniy xulosalar chiqarilgan.
8
Ishning adabiyotlar roʻyxatida ishda foydalanilgan nazariy, qomusiy va
internet manbalari tartib asosida berib oʻtilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |