Samarqand davlat tibbiyot instituti pediatriyz fakulteti 4 pediatriya kafedrasi
Download 0.67 Mb.
|
Yara kasalligi pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.0 sm dan katta - gigant
MalignizatsiyaStenoz (torayish)Yaraning o`lchamiga ko`raoshqozonda1.0 sm gacha - oddiy1.0-1.5 sm - katta1.5 sm dan katta bo`lsa – gigant12 barmoq ichakda0.5 sm gacha –oddiy0.5-1.0 sm – katta1.0 sm dan katta - gigantKlinikaBolalarda yaralar odatda 12 barmoqli ichakda joylashadi (oshqozonga qaraganda 6-12 marta ko'proq).Kichik yoshdagi bolalarda kasallik atipik kechadi. Bola qanchalik kichik yoshda bo'lsa, shikoyatlar shunchalik spetsifik bo'lmaydi. Kattaroq yoshda belgilar kattalarnikiga o'xshash, lekin sustroq bo'ladi. Ko'p hollarda xarakterli yara anamnezi bo'lmaydi, chunki bolalar og'riqni tez unutadilar, uni ajrata olmaydilar, uning joyini va sababini aniqlay olmaydilar. Ba'zan kasallik uzoq vaqt o't yo'llari diskineziyasi, surunkali gastrit va h.z. deb hisoblanadi.KlinikaAsosiy shikoyat - og'riq. U bemorning yoshiga, induvidual xususiyatlari, asab va endokrin tizimining holati, yaraning anatomik xususiyatlari,gastroduodenal tizimdagi funktsionl buzilishlarning namoyon bo'lish darajasiga bog'liq. Boshida og'riq noaniq bo'ladi. Ba'zan u epigastrit, kindik sohasida joylashib, ba'zan esa butun qorin bo'ylab tarqaladi. Keyinchalik og'riq doimiy, kuchliroq, kechasi va och qoringa hosil bo'ladi.KlinikaBolalarda dispeptik o'zgarishlar (ko'ngil aynish, qusish) kattalarga nisbatan kamroq uchraydi va sustroq namayon bo'ladi. Jig'ildon qaynash, qusish, kekirish va gipersalivatsiya yanada kamroq uchraydi. Kasallik qanchalik uzoq davom etsa, bunda dispeptik o'zgarishlar ko'proq kuzatiladi. Ko'pchilik bolalarning ishtahasi bo'lmaydi, lekin bemorning deyarli yarmida u sust bo'ladi. Bunday holatda jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi mumkin (ozish).KlinikaYara kasalligi rivojlanishi bilan insonning ruhiy xotirjamligi zaiflashadi, og'riqlar tufayli uyqu buziladi. Tez charchash, astenik holat kuzatiladi. Qabziyat yoki ich ketishi bo'lishi mumkin. Gipergidroz, arterial gipotoniya dermografizmning o'zgarishi, ba'zan bradikardiya kuzatilishi vegetativ asab tizimidagi o'zgarishni, parasimpatik ta'sirning kuchayishini bildiradi. Til karash bo'ladi, qorinni paypaslaganda piloroduodenal sohada og'riq bo'ladi. Bolalarda ko'pincha yaraning joylashishidan qat'iy nazar, epigastrit, ba'zan o'ng qovurg'a osti sohasida ham og'riq bo'ladi. Mushak himoyasi belgisi bolalar va o'smirlarda kamdan-kam, faqat kuchli og'riqlarda kuzatiladi.Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling