- OG’IZ HIDLANISHINI XALQONA VOSITALAR YORDAMIDA BARTARAF ETISH
- Agar og’izdan piyoz yoki sarimsoq hidi kelishidan tezda xalos bo’lish kerak bo’lsa, biroz botqoq igiri ildizi yoki petrushka chaynash mumkin. Bu o’simliklar hidni yashirishga qodir.
- Chayish uchun dalachoy (qizilpoycha) o’ti asosidagi spirtli tindirma ishaltiladi. Yarim stakan suvga 30 tomchi tindirma solib, og’iz yaxshilab chayiladi.
- Yalpiz tindirmasi va seldereyning spirtli tindirmasi (bir-ikki choy qoshiq o’simlik bir stakan 40% li spirt eritmasida ikki hafta tindiriladi) ham chayish uchun qo’llansa bo’ladi. 20 tomchi tindirma 500ml qaynatib sovutilgan suvga qo’shilib, hosil bo’lgan aralashma bilan og’iz chayiladi.
- Og’izdagi hidlarni yo’qotish uchun qandag’och barglaridan tayyorlangan tindirma ham yordam beradi. 20 gramm qandag’och barglari yarim litr qaynoq suv bilan damlanadi. Kuniga kamida 6 marotaba chayish kerak.
- Eman po’stlog’i, dalachoy o’ti, qayin barglari, moychechak va qichitqio’t aralashmasi ham yoqimsiz hidlarni bartaraf etishda samaralidir. Masalliqlar teng qismdan olinib, choy sifatida damlanadi va u bilan og’iz chayiladi.
- Og’izdan noxush hid kelishini uy sharoitida davolash uchun bir osh qoshiq o’simlik moyi olib (zaytun, kungaboqar, zig’ir, raps moyi), u bilan taxminan o’n daqiqa og’iz yaxshilab chayiladi. Muolajadan keyin moy oqaradi va til, milk va lunjning ichki tomonini o’lik hujayralardan va tish karashidan tozalaydi.
- Ichga qabul qilish uchun qulupnay mevalaridan tindirma tayyorlash mumkin. Buning uchun 3 osh qoshiq meva 250 ml suvda 4 soat tindiriladi, so’ng ovqatdan oldin chorak stakandan qabul qilinadi.
- Og’izdan yoqimsiz hid kelishi bilan bog’liq muammoli vaziyatlarda oddiy qovurilgan kungaboqar pistasi ham yordam beradi.
- Bolalarda og’izdan noxush hid kelishiga qarshi kurashishda olmaning foydasi katta.
- Har kuni zarang yoki qayin shirasini ichish yaxshi samara beradi.
- Har kuni ertalab yog’osh qoshiq yordamida til ildizida mavjud karash tozalanadi, so’ng iliq suvda biroz tuz eritilib, og’iz chayiladi.
- TISH KASALLIKLARINI DAVOLASH
- Shikastlangan tishlarni plombalash;
- Agar tishni davolash imkoni bo’lmasa, uni olib tashlash;
- Milkning yallig’lanish kasalliklarini davolash.
- Mahalliy ta’sirga ega dorilarni qo’llash. Bugungi kunda yomon hidni bartaraf etishga yordam beradigan keng tanlovdagi vositalar mavjud:
- Tish pastalari;
- Stomatologik gellar;
- Shimish uchun tabletka va boshqalar.
- Ularni ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |