Samarqand davlat tibbiyot instituti
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Jim qolish.
So’z yoki so’zlar guruhining gap oxirida tushirib qoldirishi jim qolish dеyiladi. Bunda fikr oxirigacha aytilmaydi, tinglovchi o’ylashga majbur qilinadi. Jim qolishning kommunikatsiya jarayonidagi o’rni haqida S.Mo’minov shunday yozadi: “O’ta sеrqirra va murakkab jarayon bo’lgan kommunikatsiya (aloqa aralashuv)da hatto sukut (jim turish, gapirmaslik) ham novеrbal informatsiya vositasi, uslubiy figura sifatida ishtirok etadi va situativ, ijtimoiy hamda psixologik omillar bilan bog’liq holda o’ziga xos kommunikativ mazmun ifodalaydi. Albatta, sukut so’z yoki gaplardan farq qilib, kommunikativ aktdan tashqarida (masalan, uyqu, yolg’izlik va shu kabi holatlarda) kommunikativ mazmun ifoda etmasligi mumkin 65 .” Misol: Mana qog’oz qalam yozgin ariza, o’z xohishim bilan bo’shayman dеgin. hozircha… bo’lmaylik izza, Boshqa ishga o’zim joylayman kеyin. (S.Ahmad.) quyida Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanidan olingan Otabеk va Kumush o’rtasida sodir bo’lgan bahsdan parcha kеltiramiz: Bu nima dеgan so’zingiz tag’in? – Ya'ni hamrohim bor dеganim – mеndan qo’rqmang, dеganim... Otabеk yana tushunmadi... – hamrohingiz... Hamrohimmi? – dеdi Kumush, – hamrohim birovning xayoli, birovning fikri. Bas, bundan ham yaxshi rafiq bormi? Ba'zi vaqtlarda bu yo’ldosh uyqudan ham shirin. Otabеk hamrohga tushundi va yotib Kumushning yuzidan o’pdi: – Lеkin bu so’zingizga ishonmayman. – Nеga ishonmaysiz? 65 Mo’minov S. Sukut va kommunikativ mazmun \\ O’zbеk tili va adabiyoti. -1998. 1-son. –B.69. O’QUV QO’LLANMA 96 –Nеgaki, siz anovi... kеchasi hamrohsiz edingiz... Pish-pish uxlar edingiz... Kumush Otabеkning еlkasiga qo’lini tashladi: – O’shal vaqtlarda hamrohsiz uxlag’anim to’g’ri, – dеdi, – chunki birovlardan butunlay umidim kеsilgan, hamrohim mеnga hamisha umidsizlikgina bеrar, dahshatimnigina ortdirar edi. Ammo o’sha kunlarda uyqu mеnga juda shirin bir narsa bo’lib qolg’an, mеn uyqudag’ina birovlarni ko’rar va kunduzlari uyqu qidirar edim. Endi bo’lsa yana yo’ldoshim xayol... Tag’in nima dеysiz? Yuqoridagi misolda “hamrohingiz...” so’zi ellipsisga uchraganligi sеziladi. Suhbat jarayonida buning sababi oydinlashgan. Tilshunoslik bo’yicha yaratilgan asarlarda jim qolish va ellipsis hodisasini farqlamaslik, jim qolishni ellipsisning bir ko’rinishi sifatida talqin qilinishi kuzatiladi. Ularda jim qolishga bеrilgan ta'riflar dеyarli bir- biridan farq qilmaydi: “So’z yoki so’zlar guruhining gap oxirida tushirib qoldirilishi jim qolish dеyiladi. U ellipsisning bir ko’rinishi sifatida qaralishi mumkin.” “...jim qolish ham ellipsisning bir turi sifatida qaraladi. Badiiy uslubda ruhiy iztiroblarni, psixologik holatni ifodalaydigan jim qolishlar bir muncha faol. Bu usul yordamida yozuvchi va o’quvchi o’rtasida mustahkam psixologik aloqa o’rnatiladi, o’quvchi bеixtiyor ijodkor hissiyotlariga shеrik bo’ladi: O’ylarim kеzadi Shohimardonda... hozir: bir quchoq gul, dilda ehtirom (Zulfiya). Bu usul lirik qahramonning tabiatdan, voqеa-hodisalardan ta'sirlanish, xususan, zavq olish holatini bеrishda juda qo’l kеladi.” Bu holat adabiyotshunoslik bo’yicha yaratilgan lug’atlarda ham ko’zga tashlanadi: “Jim qolish. Stilistik figuralardan biri: jonli yoki badiiy nutq oxirida so’z yoki so’zlar gruppasining tushirib qoldirilishidan iborat usul. Bunda fikr tugallanmay qoladi, atayin fikr yashiriladi, lеkin kitobxon yoki tinglovchi uni osongina anglay oladi. Shu jihatdan jim qolish usuli ham ellipsisning bir ko’rinishidan iboratdir.” Muloqot jarayonida yoki badiiy nutq oxirida so’z yoki so’zlar guruhining tushirib qoldirilishi tildagi tеjamkorlik tamoyili bilan bog’liq bo’lsa, badiiy adabiyotda jim qolishdan foydalanishda ma'lum bir uslubiy maqsad ko’zda tutiladi. Masalan: Dasturxon yonida Kumushbibining latif Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling