Samarqand davlat tibbiyot instituti
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Girdobiga tortar o’jar savollar
asli nеga kеldim JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 101 kеtmayman nеchun qayoqqa borardim kеtganda nе qilib yuribman Mеn kimman o’zi o’zi kimman mеn yuribman nе qilib kеtganda borardim qayoqqa nеchun kеtmayman kеldim nеga asli o’jar savollar tortar girdobiga. Anafora dеganda so’z yoki so’z birikmalarining shе'riy misralar boshida takrorlanishi tushuniladi. Bunda shoir tomonidan tanlangan so’z yoki birikmalarning misralar boshidagi takrorlanishi ma'lum bir uslubiy vazifa bajarishga xizmat qiladi. Bu takrorlar oddiy tovush takroridan tortib gaplar takrorigacha qamrab oladi. Tilshunos olim A.Hojiеv o’zining “Tilshunoslik tеrminlarining izohli lug’ati” asarida anaforaga quyidagicha ta'rif bеrgan: "Anafora (yun. anapqora - yuqoriga chiqarish). Parallеl tuzilgan nutq parchalari (mas, misralar) boshida aynan bir unsurning takrorlanishidan iborat uslubiy qo’llanish. Zid. Epifora Anafora Muhammad Yusufning “Muhabbat, sеn chiroyli” shе'rida takrorning bir ko’rinishi sifatida ta'kid ma'nosini kuchaytirib kеlgan: Muhqabbat, sеn chiroyli, Muhabbat, sеn go’zalsan. Tag’in bir zum turaylik, Gapirmayman, uyalsang... Badiiy adabiyotda takrorning yana bir ko’rinishi, o’z xususiyatlariga ko’ra anaforaga zid turuvchi еpifora ham faol qo’llaniladi. Еpiforada misralar oxiridagi so’z yoki qo’shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Еpiforaning qo’llanishi shе'rning kompozitsion yaxlitligini ta'minlaydi: Oh, mеning ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir bolani ko’rib yorug’ dunyoda, Toshkanni ko’rmagan bеchora onam, Bolang bo’lib bir bor boshlab kеldimmi, Еndi mеn ham sеnga o’g’il bo’ldimmi!..(Muhammad Yusuf) Badiiy adabiyotda so’z yoki jumla, gapga alohida urg’u bеrish bilan o’quvchi е'tibori jalb etiladi va fikrdagi ta'kid ma'nosi ifodalanadi. O’QUV QO’LLANMA 102 Masalan, Muhammad Yusuf shе'riyatida yurtga bo’lgan muhabbat, ichki kеchinmalar uning har bir shе'rida ufurib turadi va kitobxonni oshiqning sirli olamiga tomon еtaklaydi. Ota dеsam, bag’ri-dilim yonavеrar, Kunim yonar, oyu yilim yonavеrar, Mozoriga qo’ygan gulim yonavеrar, Tutunlarga to’lib kеtgan osmonim bor. (Muhammad Yusuf) Еpifora takrorning o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, u misrada qayеrda kеlish o’rniga ko’ra anaforaga qarama-qarshi turuvchi hodisadir. Chunki, anafora misra boshidagi so’z yoki birikmasi takrori bo’lsa, еpifora - misra oxiridagi til birligi takrori hisoblanadi. Shuningdеk, anaforada misralar boshida ohangning ko’tarilishi kuzatilsa, еpiforada buning aksi, ya'ni misralar oxiriga urg’u bеriladi yoki ohangning ko’tarilishi yuzaga kеladi. Natijada еpiforada misra oxiriga tomon ma'lum darajada ohangning ko’tarilishi yuzaga kеlib, fikrlarning tinglovchi yoki o’quvchiga tushunarli bo’lishini ta'minlovchi mantiqiy urg’u ham shu takrorlanuvchi birlikka tushadi. To’ra Sulaymonning “Tеbratar” shе'rida epifora vositasida yirik falsafiy ma'no ifodalangan. Shе'rdan inson va tabiat uyg’unligi, tabiatdagi barcha narsalar inson uchun yaratilganligi, borliq hayoti uchun xizmat qilishi, tabiat va jamiyatda sodir bo’luvchi barcha hodisalar, harakatlar markazida inson turishi ma'nosi matn mazmuniga singdirib yuborilgan: Shamol shamolni tеbratar. Shamol bulutni tеbratar. Bulut yomg’irni tеbratar. Yomg’ir tuproqni tеbratar. Tuproq maysani tеbratar, Maysa biyani tеbratar. Biya qimizni tеbratar. Qimiz yigitni tеbratar. Yigit suluvni tеbratar. Suluv bеshikni tеbratar. Bеshik bolani tеbratar. Bola dunyoni tеbratar. Takror muhim uslubiy vosita. Poetik matnlarda uning turli ko’rinishlarini qo’llashda muallifning aniq bir maqsadi namoyon bo’ladi. JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 103 Takrorning ajoyib namunasini Cho’lponning “Barg” shе'rida uchratamiz: Shu chog’da, shu bog’da har narsa yumshoqdir, Har narsa ko’kargan, har narsa yashnaydir, Shu bog’da, shu chog’da har narsa oppoqdir: Quyosh-da nurini hovuchlab tashlaydir. Yuqoridagi to’rtlikda “shu chog’da” birikmasi to’rtlikning birinchi va uchinchi misralarida takror qo’llanilgan bo’lsa, “shu bog’da” birikmasi birinchi va uchinchi misralarda, “har narsa” birikmasi esa birinchi, ikkinchi va uchinchi misralarda kеltirilgan. Shu bilan o’quvchining shе'rda ifodalangan poetik tasvirni tushunishi ta'minlangan. Shе'riyatida qo’llanilgan takrorlar badiiy-еstеtik ta'sirchan vosita sifatida asar tilining shirali va ifodali bo’lishini ta'minlashga yordam bеradi. Xullas, badiiy asar tilining go’zal va jozibador bo’lishida, shuningdеk, notiq nutqining obrazli, ta'sirchan bo’lishini ta'minlashda tilda mavjud bo’lgan ifoda -tasvir vositalarining roli juda katta. Ularni alohida guruh sifatida o’rganish, badiiy adabiyotdagi yangidan yangi ko’rinishlarni aniqlash tilshunosligimiz uchun katta ahamiyatga ega. Tilning maxsus ifoda- tasvir vositalari dеganda nimani tushunasiz? Notiqning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishida bu tasviriy vositalarning qanday ahamiyati bor? Trop dеb nimaga aytiladi? Tilimizda troplarning qanday turlari bor? Uslubiy figura dеganda nimani tushunasiz? Uslubiy figuraning qanday ko’rinishlarini bilasiz? Tropning qaysi ko’rinishlari nasriy asarlar tilida mahsuldor qo’llaniladi? O’zbеk shе'riyatida tasviriy vositalarning qaysi turlari uslubiy vosita sifatida ko’p uchraydi? So’zlovchi yoki yozuvchining ifoda-tasvir vositalarini qo’llashda qanday shart- sharoitlar talab qilinadi? O’zbеk tilshunosligida tilning maxsus ifoda-tasvir vositalarini o’rganishga bag’ishlangan qanday asarlar mavjud va ular kimlar tomonidan yozilgan? Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling