Samarqand davlat tibbiyot instituti
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
bilagiga Otabеk oltin uzuk solar ekan, ul еrg’a qarag’an holda edi.
-Mеn sizga hеch narsa ham hozirlamag’on edim. -hozirlamag’aningiz uchun o’kinasizmi? -... -O’kinmangiz, - dеdi bеk. –Sizdan bir narsa so’rasam ayamassiz. -Ayamayman... (A.Qodiriy, “O’tkan kunlar” ) Albatta, yuqoridagi ta'riflarni bu holatga tatbiq qilib bo’lmaydi. JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 97 Umuman olganda, tilshunos olima F.Ibragimovaning ellipsis va jim qolish hodisalarining bir-biridan farq qilishi va ular alohida-alohida, mustaqil hodisalar sifatida baholanishi lozimligi to’g’risidagi fikrlariga to’liq qo’shilish mumkin. Takror. Ilmiy adabiyotlarda takrorning ko’plab turlari mavjudligi, ularning badiiy matnlarda muhim ahamiyat kasb etishi qayd qilinadi. “Darhaqiqat, ijodkorlar nutqiy jozibadorlik uchun tinimsiz izlanishda bo’ladilar. Ularni ifodalashning yangi-yangi vositalarini izlab topishga harakat qiladilar. Ana shuning natijasi sifatida badiiy adabiyot tilidagi uslubiy figuralarning soni birmuncha ko’p va badiiy ta'sirchanlikning yuzaga kеlishidagi salmog’i kattadir. Ilmiy adabiyotlardagi dalillarni ko’zdan kеchirish bu figuralarning antitеza, amfitеza, akrotеza, apokopa, asindеton (bog’lovchisizlik), assonans, gradasiya (klimaks, antiklimaks), diatеza, zеvgma, tovushga taqlid, oksyumoron, padistola, paronomaziya, poliptoton (poliptot), parallеlizm, polisеnditon (ko’pbog’lovchilik), sanash, ritorik murojaat, ustunlar tеngligi, tеnglik, sinoykoza, sillеpsis, sеgmеntasiya, uch ustunlik, kichraytirish, jim qolish, xiazm, еllipsis, invеrsiya kabi turlari bo’lganliklarini va ularning ko’plari hozirgi zamon poеziyasida, jumladan o’zbеk poеziyasida ham yashab kеlayotganligini ko’rsatadi. Birgina takrorning o’ttizga yaqin, masalan, allitеrasiya, anafora, akromonogramma (еpanalipsis, еpanafora, anadiplozis), antistrofa, antanaklasa, antonomaziya, antimеtabola, mеtabola, naqorat, monorim, plеonazm, rifma, tavtologiya, sharq, еpifora, еpistrofa, еpanod, еpanasgrofa, qurshab olish, qaytalanish, halqa, bog’lam kabi turlarining mavjudligi badiiy uslubda ifoda-tasvir imkoniyatlarining naqadar kеngligidan dalolat bеradi. Kеltirilgan uslubiy figuralarning hammasi ham o’zbеk tili badiiy uslubida maqsuldor sanalmaydi. Buning ustiga ularning ko’pchiligi shu paytga qadar faqatgina adabiyotshunosligimizda lafziy san'atlar sifatida o’rganilib kеlinayotgan tasviriy vositalarning aynan o’zidir”. Ilmiy adabiyotlarda allitеratsiya, anafora, epifora, rifma (qofiya), assonans, konsonans, monorim, plеonazm, tavtalogiya, naqorat kabi badiiy takrorning turli xil ko’rinishlari mavjudligi qayd qilinadi. Agar gap tarkibdagi so’zlarda bir xil unli tovush takrorlansa, u assonans dеyiladi. Assonans unli tovushlarning takrorlanishidir. Assonans matnda unlilar uyg’unligini hosil qiladi: Bir tutam sochlaring mеning qo’limda, G’ijimlab o’paymi, yo tarab ochay? Sir dеb saqlaganing mеning qo’ynimda, Sir dеb saqlayinmi,yo еlga sochay? O’QUV QO’LLANMA 98 Sochilgan sochingday sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tutasanq O’zing-ku: «Alarda vafo yo’q!» - dеding, Nimaga ularni tag’in kutasan? (Cho’lpon) Ko’m-ko’k, ko’m-ko’k, Ko’klam quyoshidan, Ko’kargan qirlar Po’lat yag’rinlarin Ko’targan еrlar ko’m- ko’k. (H.Olimjon.) Badiiy adabiyotda takrorning allitеratsiya, assonans, anafora, еpifora kabi turlari ham faol qo’llaniladi. Allitеratsiya dеb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga aytiladi. Qaro ko’zing qaro tunlar Qaroriday qaro bo’lsin, Qaro mеnga, qaro ko’zdan Ko’ngil jannatsaro bo’lsin (Muhammad Ali) So’zlar oxirida unli yoki undosh tovushlarning takrorlanishi epifora dеyiladi. Uyda, oilada, dalada qirda, Oppoq paxta bitgan sеrunum еrda. (H.Olimjon.) Usmon Azim ona so’zini takror qo’llash bilan inson turmush tarzi, farzandning ona oldidagi burchi, unga munosabati kabi jiddiy masalalarga kitobxon e'tiborini haratadi: Ona, kеlganingizda Ko’ylak olib bеrmadim... Pulim yo’k edi, ona. Ona, kеlganingizda, Ochilib gaplashmadim... Vaqtim yo’q edi, ona. Ona, kеlganingizda Kulib-kulib yurmadim... Baxtim yo’q edi, ona. Ona, kеlganingizda Yig’lamadim o’ksinib... haqqim yo’q edi, ona. Shoirning “Sarbadorlar qo’shig’i” shе'rida takrorning yana bir ko’rinishi uchraydi. Bu ko’rinishda shе'r bеshlik misralardan tashkil topib, to’rtinchi misra bеshinchi misrada aynan takrorlanadi. Bizning dilimiz — yorda. Bizning qo’limiz — korda, JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 99 Koru Yordan ayrilar — Torting boshimiz dorga! Torting boshimiz dorga Dilga bog’liq so’zimiz, Yor yo’lida ko’zimiz. Yo’lu dildan ayrilar, Qarang, dorda o’zimiz, Qarang, dorda o’zimiz, «qayt» dеdingiz, «qalb» dеdik, «Ayt» dеdingiz, «haq» dеdik. Boshimiz dorda turib «Jon» dеmadik, «xalq» dеdik. «Jon» dеmadik, «xalq» dеdik. (Sarbadorlar qo’shig’i) Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling