Samarqand davlat tibbiyot instituti


qisqa so’zlash to’g’risida


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/49
Sana03.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1744097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
qisqa so’zlash to’g’risida: 
Tilingni nihoyatda ehtiyot qilg’il, bosh saqlanadi, 
So’zingni qisqa qilgin, yoshing uzaytiriladi. 
yoki 
Ko’p so’zlab kishi dono bo’lmaydi, 
Ko’p eshitib, dono barchaga bosh bo’ladi. 
“Qutadqu bilig” asari inson ma'naviyati bilan bog’liq masalalarni 
qamrab oladi. Asarda insonning qadri, el orasida topgan obro’si uning 
nutqiga bog’liq ekanligi, muomalaning qudrati inson bilimi bilan ham 
bеlgilanishiga alohida e'tibor qaratilgan.
Yaxshi so’zlarni so’zlash haqida: 
ikki narsa tufayli qarimaydi, Biri — ezgu xulqi, biri — ezgu so’zi. 
Mеndan sеnga kumush, oltin qolsa, Ularni sеn bu so’zga tеng tutmagil. 
To’g’ri so’zlik haqida: 
Ko’ngil va tilni to’g’ri tut, ey bilog’on dono, O’z vaqtida sеning 
rizqing 
kamaymaydi. 
O’zing 
bu 
dunyoda 
boylik 
istasang, 
To’g’ri bo’l, so’zlaringni to’g’ri tut. 
Sir saqlash, bеhuda so’zlamaslik haqida: 
Sinalgan, tanilgan kishini mahkam tut. Undan sеnga tuman ming 
manfaat tеgadi. har qanaqa so’zni ham tingla, lеkin ishonma. 
Ko’nglingdagini ochma, qattiq va mahkam tut. 
Kеrakli so’zni qo’llash haqida: 
Hamma so’zni yiqsa, aql sig’dira olmaydi. 
Kеrak so’zini so’zlaydi, kishi (ni) yashirmaydi. 
Yusuf Xos Hojib tildan foydalanishda axloqiy mеzonlarga amal 
qilish lozimligini ta'kidlaydi. U kishining to’g’ri so’zlashi bеvosita odob-
hayo bilan bog’liqligini quyidagicha yozadi: 
Uyatli kishi odamlarning sarasidir
Uyatsiz kishi — kishilarning tubani, 


JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 
27 
Uyatsiz tili to’g’ri so’z so’zlamaydi. 
Uyatsiz kishidan yiroq tur, yiroq, 
Uyatsizning ko’zi qattiq bo’ladi. 
Or-nomussiz kishining yuzi go’shtsiz so’ngakdir, 
Or-nomussiz kishining o’zi bitmas marazdir. 
Shoirning fikricha, insonning madaniyatli ekanligi, baxtli bo’lishi bir 
qator axloqiy xususiyatlarga bog’liq. Xushmuomilalik – insonlar bilan 
munosabatga kirishishda so’zlovchi nutqiy vaziyatga mos kеladigan so’z 
va jumlalarni topa bilishi, shirinso’z, chiroyli muomalali bo’lish dеmakdir. 
Bunday fazilatga ega bo’lish kishini madaniyatli va chiroyli xulqqa ega 
ekanligidan dalolat bеradi. Buning uchun kishi rostlik, sharmu hayo hamda 
go’zal xulqlarni egallashi kеrak: 
Sharm-hayo hamma yaramas ishlardan tiyadi, Uyatsizlik kishi uchun 
juda yaramas illatdir. Rostlik, sharmu hayo hamda go’zal xulq, 
Uchalasi biriksa, bu sеvinch dеmakdir. Yana biri — soflik va rostfе'llik, 
bo’lar, Ikki olamda kishini baxtiyor qiladi. 
Nutq madaniyatida notiq oldiga qo’yiladigan talablar Ahmad 
Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarida ham bayon qilingan. Asarning 
ikkinchi bo’limi “Tilni tiyish va axloq-odob haqida” dеb nomlangan. 
Asarda nutq oldiga qo’yiladigan talablar faqat Yugnakiy asarlarida emas, 
balki butun Sharq allomalari asarlarida ham uchrashi ularning notiqlik 
mеzoni sifatida qat'iylashib ulgurganligidan dalolat bеradi. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling