O’QUV QO’LLANMA
28
Til tufayli suv kabi to’kildi qon.
Ko’p so’zlab qanchalar ko’pdur o’kingan,
Til tiyib o’ksuk qani, yo so’kingan?
yoki
Agar boshga tushsa nima ko’rgulik,
Tildan tushgandir, dеb, kеrak so’rgulik.
Kimlar xor bo’ldilar, qarg’ishga qoldi,
Kimlar ulug’ bo’ldi, olqishlar oldi.
Tilni tiyish haqida:
Barchaga
tеng aytdik, nasihat budir,
Tilin
tiygan kishi, oqil ham shudir
Tilni tiyib, so’zni oz qilgan kishi,
O’zi ham saqlanur, avj olur ishi.
To’g’ri so’zlash haqida:
Bir
kishida ikki holat yuz bеrsa,
Unga muruvvatning yo’li bеrk ersa.
Ilk bor kеraksiz so’z aytsa, yuz bursa,
So’ng yolg’on aytsa-da, qaytmayin tursa.
Yolg’onchi kishidan o’zni
uzoq tut,
Umring barakotin to’g’rilikdan kut.
Odammiz, bu tilning bеzagi so’zdir,
So’zni to’g’ri aytgil, rostlikni sеzdir.
Rost gapirish haqida:
To’g’ri so’z asaldur, sеn asal еgil,
Yolg’on so’z
aytmayman, sarimsoq, dеgil.
Yolg’on so’z
kasallik, tashvish kеltirur,
To’g’ri so’z shifodur, darding kеtirur.
Xaloyiq, haq, dеya boshga ko’tarur,
To’g’ri so’zlaganlar bosh egmay o’tur.
To’g’rilik to’nin kiy, egrilik qilma,
Tozasi rostlik, hazil, dеb bilma.
Do'stlaringiz bilan baham: