Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika fakulteti


XAYZ TIPI VA RITMI BO’YICHA O’ZGARISHLAR


Download 68.05 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2023
Hajmi68.05 Kb.
#1106746
1   2   3   4
Bog'liq
Hayz sikli buzilishlari

XAYZ TIPI VA RITMI BO’YICHA O’ZGARISHLAR   I.Turi a) opsomenoreya-xayzning juda kam bo’lishi (6-8 xaftada 1 marta) b) sponiomenoreya-xayz ciklining juda uzoq davom etishi (1 yilda 9-4 marta) v) proyomenoreya-qisqargan xayz ciklining tez-tez bo’lishi ( 2/3-1,5-2 xaftada). II. Anovulyator anomal qon ketish - anovulyaciya bo’lgan proliferaciya fazasi estrogen ko’pligi sababli uzoq vaqt davom etadi, estrogen kamayishi bachadondan qon ketishiga olib keladi. III. Al'godismenoreya - xayzning og’riqli bo’lishi bilan. a) al'gomenoreya - xayz vaqtida jinsiy a"zolarda og’riq paydo bo’ladi b) dismenoreya - xayz davrida organizmdagi turli o’zgarishlari ( bosh og’rig’i, ishtaxa buzilishi, ko’ngil aynishi). v) al'godismenoreya - umumiy va maxalliy belgilarning birgalikda uchrashi. IV. Bachadondan aciklik qon ketishi - metrorragiya - xayzga bog’liq bo’lmagan qon ketishi.

AMENOREYA   6 oy davomida xayz bo’lmasligi mustaqil kasallik bo’lmasdan bir qancha kasalliklarning maxalliy va umumiy belgisi xisoblanadi. Amenoreyaning quyidagi turlari bor: 1. Sohtaamenoreya – tuhumdon va boshqa a"zolarda o’zgarishlar bo’lib, bu hil amenoreya ko’pincha maxalliy sabablarga bog’lik: qizlik pardasi butunligi, qin atrofiyasi, bachadon bo’yni kanaliatreziyasi sababli yuz berishi mumkin. Bunda qon qinga, bachadon bo’yniga va naylarga to’planib qoladi. 2. CHinamenoreya – xayz cikli boshqaruvining 5 xalqasidan birida sezilarli o’zgarishlar bo’lganda yuzaga keladi va shunga bog’liq xolda jinsiy gormonlar ishlab chiqarish davriyligi buziladi va xayz ko’rilmaydi.

3. Fiziologik amenoreya – bu xolda ayol organizmidagi ayrim fiziologik xolatlar sababli xayz bo’lmaydi: - bolalik davrida, - xomiladorlik davrida, - laktaciya davrida, - menopauza davrida. 4. Patologik amenoreya – ayol organizmida kechayotgan patologik xolatlarda xayzning bo’lmasligi. - Birlamchi – xayzning bolalik davridan boshlab kelmasligi - Ikkilamchi – xayzning avvaliga kelib, so’ngra ayrim sabablarga ko’ra to’htab qolishi. Bizga ma"lumki, xayz ciklining boshqarilishida 5 xalqa ishtirok etadi: po’stloq-gipotalamus-gipofiz-tuhumdon-bachadon. Mana shu xalqalardan birortasining buzilishi amenoreyaga olib keladi va uning quyidagi shakllari bo’ladi: • Gipotalamik amenoreya; • Gipofizar amenoreya; • Tuhumdon amenoreyasi; • Bachadon amenoreyasi.


Download 68.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling