Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika fakulteti


Download 68.05 Kb.
bet3/4
Sana21.01.2023
Hajmi68.05 Kb.
#1106746
1   2   3   4
Bog'liq
Hayz sikli buzilishlari

AMENOREYA SABABLARI   - gormonal buzilishlar – tuhumdon, gipofiz va boshqa a"zollarning zararlanishi tufayli yuzaga keladi; - MNS kasalliklari (shizofreniya, miya o’smalari meningoencefalit, ruxiy travma); - o’tkir va surunkali infekcion kasalliklar; - surunkali intoksikaciya (alkogolizm, giyoxvandlik); - alimentar omillar – ochlik, kamqonlik, semizlik; - ekstragenital kasalliklar: yurak-tomir kasalliklari, jigar kasalliklari; - bachadon kasalliklari. Endometrit. Aytilgan sabablarning deyarli barchasi amenoreyaga olib keladi va asosiy kasallikning yakuniy natijasi ko’rinishida bo’ladi. MNSning organik shikastlanishida birlamchi amenoreya kamdan-kam xollarda yuz beradi. Asosiy sabablari: miya o’smalari, surunkali meningo-encefalit, arahnoidit, surunkali seroz .

Gipotalamik amenoreya ko’pincha funkcional tabiatli bo’ladi. • ruxiy (psihogen); • Kiari-Frommel' sindromi; • «sohta xomiladorlik»; • «asabdan bo’ladigan» anoreksiya; (ruhiy anoreksiya) • turli infekcion kasalliklar va zaxarlanish tufayli yuzaga kelgan amenoreya  

KLINIKASI: Gipotalamik amenoreya paydo bo’lishidan avval quyidagi o’zgarishlar kuzatiladi : - vegetotomir va moddalar almashinuvi buzilishlari, tomir krizlari, AQB asimmetriyasi; - xushdan ketish xolatlari; - yurak aritmiyasi; - keyinchalik esa yog’ va suv-tuz almashinuvi buzilishlari tufayli gipotalamik tipdagi homsemizlik.  

DIAGNOSTIKA 1. Bazal xarorat monofazali menstrual cikllar. 2. Qin surtmasida estrogenning to’yinishi kamaygan. 3. FSG ning keskin pasayishi yoki umuman yo’qligi tufayli estrogen gormonlar ajralishi kamayadi. 4. Diagnostik maqsadda, o’smani inkor etish uchun bosh miya turk egari soxasi rentgenografiya qilinadi, 5. Jinsiy gormonlarning ekskreciya satxi aniqlanadi. Gipofizar amenoreya adenogipofizning organik shikastlanishi tufayli yuzaga keladi. Uni 2 guruxga bo’lish mumkin. 1. Adenogipofiz to’qimasining nekrotik o’zgarishi tufayli yuzaga kelgan amenoreya: • SHihan sindromi – tug’ruqdan keyingi gipopituitarizm; • Simmonds kasalligi - gipofizar kaheksiya. 2. Gipofiz o’smasi tufayli yuzaga kelgan amenoreya: • Icenko-Kushing kasalligi; • Akromegaliya.


Download 68.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling