Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti


Download 1.52 Mb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1057614
1   2   3   4
Bog'liq
векторли растрли графика

Fraktal grafika
Kompyuter grafikasida tasvir o‘lchami va ranglar
Kompьyuter grafikasida “razreщeniye” tushunchasi mavjud. U har xil ob'ektlar xossalarini aniqlaydi. Masalan, “razreщeniye ekrana” - bu kompьyuter tizimi va operatsion tizim xossasi bo‘lib, u monitor va videokarta bilan bog‘liqdir. Bunda kartinaning fizik razmeri monitor ekranida qanday bo‘lishi bizni qiziqtiradi. “Razreщeniye ekrana” piksellarda o‘lchanadi va u tasvirning o‘lchamini aniqlaydi.
“Razreщeniye izobrajeniye” (tasvir imkoniyati) esa bu tasvirning xossasidir. U ham nuqtalar to‘plamida o‘lchanadi va tasvirni yaratishda beriladi. Agar tasvir ekranda namoyish qilinishi kerak bo‘lib, u ekranning qaysi qismini egallashini aniqlash kerak bo‘lsa uning balandligi va eni piksellarda beriladi.
Kompьyuter grafikasida ranglar bilan ishlashda ranglar “razreщeniya”si va ranglar modeli tushunchalari ishlatiladi. Ranglar “razreщeniya”si rangli ma'lumotlarni kodlash usuli yordamida aniqlanadi va u bir vaqtda qancha rang ekranda tasvirlanishi bilan bog‘liqdir. Masalan, ikki rangli (qora-oq) tasvirni kodlash uchun har bir piksel uchun bir bitdan ajratish yetarli. Ranglar uchun bir baytni ajratish ular kombinatsiyasidan 256 ta har xil ranglarni kodlash imkoniyatini beradi. Ikki bayt esa 65536 har xil ranglarni kodlash imkoniyatini beradi. Bu kodlash rejimiga High Color deyiladi. Agar ranglarni kodlash uchun uch bayt ajratilsa 16,5 mln. rangni kodlash mumkin. Bu rejimga True Color deyiladi.
Rastrli grafika fayli formatlari
Rastrli grafika bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar mavjud. Bu dasturlarning eng oddiy sinfiga Paint grafik muharriri kiradi. Rastrli grafik muharrirlari asosan tayyor rasmlarni qayta ishlash, ularning sifatini oshirish va ijodiy g‘oyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturlardir. Bunday dasturlarga Adobe Photoshop, Picture Publisher, Photostyler va boshqalar kiradi.
Qayta ishlanadigan ma'lumotlar avval rastrli grafikaning har xil kiritish qurilmalari yordamida kompьyuter xotirasiga kiritiladi. Masalan, video-kameralar, skanerlar, raqamli fotoapparatlar va grafik muharirlari yordamida.
Rastrli tasvir fayllari formatining ko‘pxilligi bilan farqlanadi va ularning o‘ndan ortiq turlari mavjud. Rastrli fayllar bilan ish olib byuorishda har bir formatning o‘ziga xos yaxshi tomonlari va sifatlari bor. Opreatsion tizim Windows uchun xarakterli formatlardan biri bu Bitmap formati bo‘lib, u .BMP kengaytmali nomga ega. Bu formatning xarakterli kamchiligi uning katta hajmdagi fayllarini qisish uchun tasvirlarni qisish usuli mavjud emas.
Ko‘p rangli regulyar bo‘lmagan tasvirlarni (rasmlarni) saqlash uchun JPEG formati ishlatilib, uning fayllari .JPG kengaytmali nomga ega. Bu format boshqa formatlardan farqi shundaki, u ma'lumotlarning ma'lum bir qismini yo‘qotish hisobiga yig‘iladigan ma'lumotlarni katta hajmda qisishni ta'minlab beradi. Bu yo‘qotish fayl qayta ochilganda uning sifatiga kam ta'sir etadi.
JPEG formatidan tashqari Internetda ishlatiladigan GIF formatidir. Bu format eng qisilgan grafik format bo‘lib, unda ma'lumotlar yo‘qolmaydi. Bu tipdagi fayl .GIF kengaytma nomga ega. Bu tipdagi fayllarda kam rangli tasvirlar saqlanadi va beriladi, masalan illyustrativ rasmlar. JPEG farmatda tasvirlar qancha kam ranga ega bo‘lsa, uning effekti shuncha yomonlashadi.
Tasvirlarning sifatiga bo‘lgan asosiy talablar poligrafiyada muhim ahamiyatga ega. Bu sohada tasvirlarni saqlashda maxsus TIFF formati ishlatiladi. Bu tipdagi fayl .TIF kengaytma nomga ega. U fayldagi ma'lumotlarning qisilishini ta'minlashdan tashqari, ya'na qo‘shimcha malumotlarni ko‘rinmaydigan yordamchi qatlamda (kanalda) alohida faylda saqlash imkoniyatini ham beradi.
5.Adobe Photoshop muharriri
Rastrli grafiklar muharririning keng sinfi ichida Adobe kompaniyasi yaratgan Photoshop dasturi o‘zining ommabopligi bilan alohida o‘rin tutadi. Dasturni boshqarishning asosiy elementlari menyu qatori va instrumentlar maneliga qaratilgan. Bulardan tashqari dasturda “instrumental palitralar” deb nomlanuvchi maxsus muloqot oynasini ham ishlatadi. Dasturning bosh oynasi quyidagilardan tashkil topgan: -menyu qatori; -instrumentlar paneli; -istrumental palitralar; -ish maydoni.
Menyu qatori quyidagi funktsiyalarni bajaruvchi bo‘limlardan tashkil topgan:
-Fayl bo‘limi fayllar ustida ishlash uchun bir necha standart buyruqlarni o‘z ichiga olgan. Masalan, “Saxranitь” buyrug‘i fayli saqlash, “Otkrыtь” buyrug‘i faylni ochish kabi ishlarni amalga oshiradi.
-Redaktirovaniye bo‘limi ma'lumotlarga qayta ishlov berish uchun necha buyruqlarni o‘z ichiga olgan. Masalan, tasvir qismini kesib olish, ajratish, qo‘yish va boshqa.
-Izobrajeniye bo‘limi tasvirlarga bog‘liq bir necha buyruqlarni o‘z ichiga olib, unda tasvirning ekranda va chop etilishdaga o‘lchamlari haqida ma'lumotlarni olish mumkin.
-Sloy bo‘limida yuqoridan boshlab barcha tasvirlar qatlami keltiriladi. Unda qatlamlarni qo‘shish, nusxalash, o‘chirish, o‘zgartirish, guruhlash, o‘z-aro bog‘langan qatlamlarni boshqarish, qatlamlarni biriktirish va tasvirni bitta qatlamga aylantirish buyruqlari berilgan. Buyruqlarni bajarish tezligini oshirish uchun “Sloi” palitrasidan foydalansa maqsadga muvafiq bo‘ladi.
Yuqorida aytiganimizdek qayta ishlanadigan ma'lumotlar avval rastrli grafikaning har xil kiritish qurilmalari yordamida kompьyuter xotirasiga kiritiladi. Kompьyuterda ko‘p hollarda tasvirlar va fotorasmlar skanerlarda kiritiladi. Bunday hollarda ular ishlatishdan oldin qayta ishlanadi. Qayta ishlashda tasvirlarning dinamik diapazoni baholanishi kerak. Buni quyidagi buyruq bilan bajarish mumkin: Izobrajeniye→Gistogramma. Fotorasm gistogrammada qora va oq rangga yaqin bo‘lib, unda ton amaliy jihatdan ko‘rinmaydi, ya'ni yetarlicha aniqlik yetishmaydi. Aniqlikni baholash uchun qulay vosita bu Urovni dialog oynasidir. Bu diolog oynasi quyidagi buyruqlarni ketma ket bajarish bilan ochiladi. Izobrajeniye→Korrektsiya→Urovni. Bu yerda Avto tugmachasini bosish bilan tanlangan tasvir gistogrammada maksimal dinamik diapazonga ega bo‘ladi. Lekin tasvir ancha qoramtir ko‘rinadi. Buni to‘g‘rilash uchun gamma-korrektsiya ishlatiladi. Buni bajarish uchun Krivыye oynasidan foydalaniladi. Bu oynani chaqirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi. Izobrajeniye→ Korrektsiya→ Krivыye. Oynada sichqoncha yordamida tashib kelish yo‘li bilan egri chiziq yoruqroq, qoraroq tonlar esa rangliroqqa o‘zgartiriladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling