Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti


Download 1.52 Mb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1057614
1   2   3   4
Bog'liq
векторли растрли графика

Tasvirlarni qayta ishlash
7.Power Point dasturi va unda taqdimotlar yaratish
Microsoft PowerPoint - universal, imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari tarkibiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. PowerPoint dasturi WINDOWS muhitida ishlaydigan prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ba'zi joylarda esa ma'lumotlar bazasi sifatida ham qo‘llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan mulьtimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin.
Slayd - ma'lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko‘rgazmani kompьyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin.
Prezentatsiya(taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi bo‘lib, uni namoyish etishdir.
Power Pointda taqdimotlarni bir necha usullarda tuzish mumkin. Maslan, avtosoderjaniya ustasi va mavjud taqdimotlardan foydalanish usulini qo‘llash yordamida taqdimotlarni yaratish mumkin.
Bundan tashqari maxsus shablanlar asosida ham yaratish mumkin. Power Point dasturi foydalanuvchiga har xil mavzudagi ko‘plab taqdimotlar shablonini taqdim etadi.
• «Master avtosoderjaniya» (Avtomundarija ustasi) - ma'ruzachi ismi, familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmasini kiritib, bir necha slayd¬dan iborat bo‘lgan tayyor taqdimotni chiqaradi.
• «Shablon prezentatsii» (Taqdimot qoliplari) - taqdimotni jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi.
• «Pustuyu prezentatsiyu» (Bush taqdimotni) - mustaqil ravishda taqdimot tuzish imkonini beradi.
• «Otkrыtь prezentatsiyu» (Taqdimotlarni ochish) - kompьyuter xotirasida va diskda mavjud bo‘lgan ko‘rgazmali fayllarni ochadi.
Har bir foydalanuvchi dasturda ish olib borishi uchun yuqoridagi bo‘limlardan birini o‘z maqsadiga ko‘ra tanlab oladi. Dastur ishini bo‘sh taqdimotdan ham boshlash mumkin. Buning uchun sichkoncha kursatkichi «Pustuyu prezentatsiyu» bo‘limiga olib kelinadi va «OK»tugmasi bosiladi.
PowerPoint dasturining asosiy oynasi sarlavha qatori, gorizontal menyu, uskunalar paneli («standart», «bichimlash» va rasmlar bilan ishlash), rejim (holat) tugmachalari (slaydlar rejimi, strukturalar rejimi, saralash rejimi, namoyishlar rejimi) va ishchi maydonni o‘z ichiga oladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling