Samarqand davlat universiteti fizika fakultet
Bipolyar tranzistorlardagi transformatorli avtogenerator
Download 0.9 Mb.
|
Samarqand davlat universiteti fizika fakultet
2.3 Bipolyar tranzistorlardagi transformatorli avtogenerator.
LC Avtogeneratorning elektr prinsipial sxemasi turli xil bo‘lib, ularning barchasi quyidagi qismlardan tashkil topadi. 1.Tranzistor 2.LC tebranish konturi 3.Musbat teskari bog‘lanish zanjiri 4.Ta’minlash manbayi Odatda LC avtogeneratorlar bir kaskadni kuchaytirgichlar asosida tuziladi. Bunda LC tebranish konturi kollektor zanjiriga musbat teskari bog‘lanish zanjiri esa bazaga ulanadi. Sxemadagi elementlarning qo‘llanilishi tranzistor bazasiga siljish kuchlanishini beruvchi kuchlanish bo‘ladi. - tranzistor tavsifnomasidagi ishchi nuqtani avtomatik siljituvchi va tranzistor termostabilizatsiya rejimini o‘rnatuvchi zanjir. - parallel tebranish konturi – musbat teskari bog‘lanish g‘altagi. C-teskari bog‘lanish zanjiri bir uchini o‘zgaruvchan tok bo‘yicha umumiy shinaga ulovchi kondensator. Avtogeneratorni ta’minlash manbayiga ulash vaqtida tebranish konturidagi elektr zaryadlarning tasodifiy tebranish tufayli tranzistorning kollektor zanjirida o‘zgaruvchan kollektor toki yuzaga keladi. Transformaorda teskari bog‘lanish g‘altagi yordamida tranzistorning ishlash rejimi boshqariladi. g‘altak bilan induktiv bog‘langan sababli uning magnit maydoni bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok L g‘altak orqali o‘tganda uning atrofida chastotasi o‘zgaruvchan magnit maydoni yuzaga keladi. Xuddi shunday chastotadagi o‘zgaruvchan tok g‘altagida induksiya elektr yurituvchi kuchni hosil qiladi. Bu induksiya elektr yurituvchi kuchi tranzistorning baza elektr zanjiriga beriladi va u transistor ochilib yopilishi vaqtida kollektor tokda pulsatsiya yuzaga keladi. Kollektor tokining o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi tebranish konturida yuz berayotgan energiya yuqotilishini to‘ldirib turadi va o‘z navbatida bu teskari bog‘lanish g‘altagidagi kuchlanishning ortishiga sabab bo‘ladi va kollektor toki amplitudasi yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Kollektor toki o‘sish jarayoni cheksiz emas, ya’ni kuchaytirish tranzistor chiqish tavsifnomasining aktiv sohasida yuz beradi, kollektor tokining to‘yinish qismida esa o‘zgarmas bo‘ladi, ya’ni kuchaytirish bo‘lmaydi. Tebranish konturidagi tebranishlar amplitudasi esa konturning qarshiligi bilan yutilish va baza tokining oqimi bilan cheklangan bo‘ladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling