Samarqand davlat universiteti fizika fakultet


II – BOB. ELEKTRON GENERATORLAR ISHLASHINING NAZARIY ASOSLARI


Download 0.9 Mb.
bet8/17
Sana19.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1362584
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti fizika fakultet

II – BOB. ELEKTRON GENERATORLAR ISHLASHINING NAZARIY ASOSLARI
2.1 Elektron generatorlar va ularning klasifikatsiyasi.

Elektron generatorlar – bu o‘zgarmas energiya tokini har xil amplituda, chastota, shakl va quvvatdan o‘zgaruvchan tok aylantirib beruvchi qurilmadir.


Elektron generatorlar ishlashini prinspial farq qiluvchi ikki turga bo‘linadi.
1. Majburiy tebranish generatori.
2. Avtotebranish generatori.
Majburiy tebranishlar generatori tashqi elektr ta’siri ostida tebranishlar yuzaga keladi. Avtotebranishlar rejimida esa tebranishlar tashqi o‘zgaruvchan kuchlanish bo‘lmaganda ham yuzaga keladi. Bunday qurilmalarni avtogeneratorlar yoki o‘z-o‘zida uyg‘onuvchi generatorlar ham deb yuritiladi. Generatsiyalanayotgan signalning shakliga ko‘ra generatorlar yana ikki turga bo‘linadi.
1. Garmonik tebranishlar – bu generatorlar amplitudasi sinus yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaruvchan tebranishlarni ishlab chiqaradi.
2. Relaksatsion (implusli) generatorlar. Nosinusoidal shakldagi signallarni ishlab chiqaradi.
Umumiy holda sinusoidal tebranishlar generatori chastota spektrini aylantiruvchi jarayonni hosil qiluvchi qurilmadir, ya’ni o‘zgarmas tok energiya manbayini yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantiradi (2.1-rasm).
Generatsiyalanayotgan tebranishlarning chastotasiga bog‘liq holda generatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Past chastotali generatorlar. Bunday generatorlar chastotasi gacha bo‘lgan tebranishlarni generatsiyalaydi.
2. Yuqori chastotali generatorlar – chastota diapazoni .
3. O‘ta yuqori chastotali generatorlar – chastota diapazoni va undan yuqori.
Elektr tebranishlarning manbayi sifatida avtogeneratorlar radio uzatuvchi, radio qabul qiluvchi o‘lchov apparaturalari, elektron hisoblash mashinalari telimetrik qurilmalar va hokazolarda keng qo‘llaniladi.


2.2 Avtogeneratorlarning ishlash prinspi.

Avtotebranish yuzaga kelish mexanizmini quyidagicha izohlash mumkin. Avtogeneratorni tebranishlar tizimiga ulagan momentda o‘z-o‘zidan kam quvvatli erkin tebranishlar yuzaga keladi. Bu jarayon ta’minlash manbayini ulash, zanjirlarni qisqa ulanishni kuchaytiruvchi qurilmada tok va kuchlanishning sakrab o‘zgarishi va hokazolar sababli yuzaga keladi. Musbat teskari bog‘lanishning ta’sirida kuchaytirgich chiqishida yuzaga kelayotgan tebranishlar energiyasining bir qismi qaytadan kirishga beriladi. Tor sohali tebranishlar tizimining mavjudligi sababli barcha qayd etilgan jarayonlar bitta chastotada yuz beradi, qolgan chastotalarda esa keskin sunadi.


Avtogeneratorni ta’minlash manbayiga ulagandan so‘ng signalni kuchaytirish jarayoni chiziqli rejimda boshlanadi va tebranish aamplitudasini oshib borishi bilan kuchaytiruvchi element nochiziqli rejimda o‘tadi, shundan so‘ng avtogenerator chiqishidan tebranish amplitudasi tayinli qiymatni oladi va amaliy jihatdan o‘zgarmas bo‘lib qoladi kuchaytiruvchining o‘zgarmas tok manbayidan bir tebranish davrida olgan energiyasi shu vaqt ichida yuklanishda isrof qilingan energiyaga teng bo‘ladi, bunday holni avtogeneratorlarni statsionar ish rejimi deb yuritiladi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling