Samarqand davlat universiteti fizika fakultet
Download 0.9 Mb.
|
Samarqand davlat universiteti fizika fakultet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq rejim
- 1.2 Fazaburuvchi RC zanjirli generatorlar.
Yumshoq rejim – bu rejim tebranishlar tavsifnomasining nol nuqtadan va uning ogʻmasining absissa oʻqidagi burchagi kichik amplitudalar sohasida teskari bogʻlanish chizigʻi ogʻmasining burchagidan kata boʻladi. Bunday tebranishlar tavsifnomasi 1.2-rasmda tasvirlangan. Bu vaqtda generatorni ta’minlash manbayiga ulaganda tebranishlar amplitudasi statsionar qiymatga qadar bir tekis ortib boradi.
Qattiq rejim – bu rejimda tebranishlar tavsifnomasi yumshoq rejimda keltirilgan shartlarni qanoatlantirmaydi. Bunday rejim 1.3-rasmda tasvirlangan. Qattiq rejimda teskari bogʻlanish chizigʻi (1.3-rasm) tebranishlar tavsifnomasini M` va M nuqtalarda kesib oʻtadi. M nuqta qattiq dinamik muvazanat nuqtasidan iborat. M` esa muvazanat qat’iy boʻlmagan muvazanat nuqtasi boʻlib, kirish kuchlanishidagi qiymatdan har qanday chetlanishlar tebranishlarning yoʻqolishiga yoki amplitude qiymatining ortib ketishiga olib keladi. Shunday qilib qattiq rejimli generatorlarda sunmas tebranishlarni hosil qilish uchun dastlabki implusli kuchlanish boʻlishi va u tok hosil boʻlishini ta’minlashi lozim. 1.3 rasm. Teskari bog‘lanish chizig‘i tebranishlar tavsifnomasi 2M va M' nuqtaviy kesib o‘tadi. Sinusoidal tebranishlar generatori ikki turga boʻlinadi. LC – tipidagi generatorlar boʻlib, bunday generatorlarda teskari bogʻlanish zanjiri sifatida chastotaga bogʻliq boʻlgan tebranish konturi qo‘llaniladi. Bunday generatorlar odatda radio chastotali signallarni hosil qilish uchun qo‘llaniladi. RC – tipidagi generatorlar. Bunday generatorlarda musbat teskari bogʻlanish zanjirida chastotaga bogʻliq boʻlgan RC zanjirlardan foydalaniladi. 1.2 Fazaburuvchi RC zanjirli generatorlar. Bunday generatorlarning tarkibi tuzilishi fazani ga buruvchi kuchaytirgichdan va faza balans shartini bajarishi uchun signalning fazasini ga buruvchi musbat teskari bogʻlanish zanjiridan iborat boʻladi. Bunday generatorlarda generatsiya chastotasidan boshqa chastotalarda faza balans sharti bajarilmayda. Fazaburuvchi teskari bogʻlanish zanjiri sifatida uch zivinoli RC zanjirlardan foydalaniladi. Bunday zanjirlarning sxemasi 1.4 -a-b-rasmlarda amplituda-chastota va faza - chastota tavsifnomalari 1.4 v-g-rasmlarda tasvirlangan. 1.4 rasm. a va b faza buruvchi RC zanjirlar. v va g RC zanjirlarning faza chastota tavsifnomasi. Sxemasi 1.4-a-rasmda tasvirlangan zanjirning generatsiya chastotasi va chastotadagi uzatish koeffisentini quyidagi formulalardan foydalangan holda topish mumkin. (1.3) (1.4) Sxemasi 1.4-b-rasmda tasvirlangan zanjirning rezonans chastotasi va uzatish koeffisenti quyidagi formulalardan aniqlanadi. (1.5) (1.6) Yuqorida keltirilgan (1.4) va (1.6) formulalardan koʻrinadiki, fazaburuvchi RC zanjir koʻrsatgich kirishiga uzatayotgan teskari bogʻlanish signalini keskin kamaytiradi. Shunga koʻra generatorga amplituda balans sharti bajarilishi va tebranishlar yuzaga kelishi uchun kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisenti shart bajariladigan qilib tanlash lozim. Eng oddiy fazaburuvchi zanjirli generatorning sxemasi 1.5 – rasmda tasvirlangan. 1.5 rasm. Umumiy emitterli kuchatirgich asosida tuzilgan RC generator sxemasi. Sxemada kuchaytirgich tranzistorda umumiy emitterli sxema asosida tuzilgan. Generatsiyalanayotgan tebranishlar shakliga sxema elementlarining ta’sirini kamaytirish maqsadida chastotaga bogʻliq boʻlmagan joriy tok boʻyicha manfiy teskari bogʻlanish amalga oshirilgan. Generator normal ishlashi uchun muvoffiqlashtiruvchi kaskad boʻlishi lozim. Ushbu maqsadda iborat emitterli takrorlagich boʻlmagan holda generatorning oʻz-oʻzidan uygʻonishi juda qiyin.cunki teskari bogʻlanish zanjiri rezistorni qisqa ulaydi., natijada kuchaytirgich kuchaytirish koeffisenti kamayadi. Ikkinchidan kichik kirish qarshiligi, uzatish koeffisentini kamaytiradi. Generatorning generatsiya chastotasini (1.5) formula yordamida aniqlash mumkin. Agar rezistorning qarshiligi emitterni takrorlagichning kirish qarshiligidan juda kichik boʻlsa, ya’ni . Agar bu shart bajarilmasa, generatorning generatsiya chastotasi qisqa ulash ta’sirini hisobga olgan holda quyidagi formula bilan aniqlanadi. (1.7) Sunmas tebranishlarni hosil qilish uchun teskari bogʻlanishni kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisentini quyidagi formula bilan aniqlanadi. (1.8) Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling