Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet18/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Agarda muallim bo’lsa beozor,
Bolalar sinfni qilishar bozor,
deb bejiz aytmagan.
Yana shuni ham aytish kerakki, intizom deganda bolalarning partada qimirlamay o’tirishini emas, balki ongli intizomni tushunish kerak. Ko’pgina o’qituvchilar o’zicha intizom o’rnatmoqchi bo’ladilar. Sinfga qosh-qovog’idan qor yog’dirib kiradilar, dag’-dag’a qilib bolalarni siquvga oladilar, gah desa qo’lga qo’nadigan qilmoqchi bo’ladilar. Bu bilan mutlaqo kelishib bo’lmaydi. Zo’ravonlik asosiga qurilgan tartib yaxshilikka olib bormaydi. Bu murg’ak qalblarga adovat urug’ini sochadi, ularni sovuqqon, qo’rqoq, jur’atsiz, yolg’onchi, qilib qo’yadi.
Darslardagi tartib-intizomni saqlashning eng yaxshi usuli o’quvchilar ishonchini qozonishdir. Darsni qizg’in, ijodiy, ko’rgazmali qurollar yordamida, ular havasini va hayratini uyg’otish, lol qoldirish, dars o’tilgach birorta ham o’quvchini «beish» qoldirmaslik -har biriga o’ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir.
Intizomli bo’lish nafaqat maktabda, balki o’quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so’qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega.
Nazorat uchun savollar.
1.Bilimning mazmuni nimalardan iborat?
2.Darsni tashkil qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
3.Yoshlarning aqliy mehnatga layoqatini o’stirish uchun nima qilish kerak?
4.Bilimga oid maqollarni bilasizmi?
5.Yoshlarning bilimni qadrlaydigan bo’lishlarida oilaning roli qanday?
6.Ta’lim muassasalarida aqliy tarbiyasi qanday yo’lga qo’yilgan?
2.3. SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Maktab hayotida, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining boshqalar bilan almashtirib bo’lmaydigan o’ziga xos o’rni bor. U maktabda juda muhim va mas’uliyatli qiyofadir. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bog’liqdir. Shu jihatdan olib qaralganda, uni sinfning bosh tarbiyachisi, murabbiysi deyish mumkin. U o’z sinf jamoasini tashkil qiladi, uyushtiradi va tarbiyalaydi, o’qituvchilar, bolalar tashkilotlari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan yaqindan aloqa bog’lab, sinfdagi umumiy tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qiladi [19].



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling