Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi
IX. Eng yangi yangiliklar va tarixiy sanalarni nishonlash tadbirlari
Download 0.94 Mb.
|
O\'QUV QULLANMA TIM 2022
IX. Eng yangi yangiliklar va tarixiy sanalarni nishonlash tadbirlari.
Mustaqillik tufayli hayotimiz kundan-kunga farovonlashib borishi, shubhasiz. Albatta, buning negizida Prezidentimiz va hukumatimizning yangi-yangi farmon, buyruq va ko’rsatmalari yotadi. Buni biz shartli ravishda rejaga “Eng yangi yangiliklar” deb kiritdik. Bu bo’lim rejaning eng oxirgi tadbirlaridan hisoblanadi va rejaning oxiriga kiritiladi. Tarixiy sanalardan so’ng qayd qilinadi. Tarbiyaviy tadbirlarda ularni o’rganish va hayotga tadbiq etish zarur, ya’ni zamon talablariga ko’ra chiqarilgan yangiliklar reja tuzilgandan so’ng e’lon qilinsa, sinf rahbari belgilagan tarbiyaviy tadbirni o’quv yilining qaysi yarim yilligidan qat’iy nazar, tarixiy sanalardan keyin mavzuni qayd etadi va tegishli tadbir o’tkazadi. Maktab rahbarlari rejani tasdiqlayotgan vaqtlarida bu bo’limning qay tarzda aks etganligiga ahamiyat berishlari zarur. Tarbiyaviy papkada nimalar bo’lishi kerak? Sinf tarbiyaviy papkasi sinf rahbarining tarbiyaviy sohasida olib boriladigan ishlar to’plamidir. Bunda faqat o’quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab tarbiya borasida kerak bo’ladigan materiallar bo’lishi kerak. Yuqoridagi tajribalardan kelib chiqib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi bir katta daftarda bo’lishi maqsadga muvofiq, deb topgan edik. Sinf rahbari mehnatini ixchamlashtirish, nazoratni va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etish uchun reja mundarijasi tubandagi bo’lishini tavsiya etamiz. 1. Sinfga qisqacha tavsifnoma. 2. Tarbiyaviy vazifalar. 3. O’quvchilarga tarbiya berishning asosiy turlari va shakllari (Eslatma: mundarija mazmuni 1-3 bo’limlarda tavsiya etilganidek yoritiladi va daftar bo’lim hajmiga ko’ra mundarijalanadi). 4. O’quvchi, o’qituvchi, ota-onalar bilan suhbatlar alohida-alohida betlarda qayd etiladi. 5. Tarbiyaviy soatlarni hisobga olish (Tarbiyaviy soatga bir soat darsga qanday tayyorlansa, bu tadbir uchun dam shunday hozirlik ko’rish talab etiladi). Mundarijaning bu qismida har hafta o’tkazilgan tarbiyaviy soatning mavzusi, bajarilish turi, vaqti, kim tomonidan bajarilganligi (haqidagi qisqacha bayonnoma qayd etiladi. Demak tarbiyaviy papkada: - tarbiyaviy ishlar rejasi; - rejalashtirilgan mavzuga oid risolalar; - yo’l harakati xavfsizligi va yong’indan saqlanish qoidalari yuzasidan dastur va ko’rsatmalar hamda tarbiya borasida kerak bo’ladigan zarur materiallargina bo’lishi lozim. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling