Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet31/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Nazorat uchun savollar:

  1. Sinf rahbarining ish rejasining mazmuni nimalardan iborat?

  2. Sinf rahbarining ish rejasi nimalarni o’zida aks etadi.

  3. Sinf rahbari ish rejasini tuzishga tayyorgarligining mohiyati.

  4. Sinf rahbari uchun an’anaviy ish rejasi shaklni yoriting?

  5. Tarbiya tadbirini rejalashtirish va tayyorlash olib borishning qanday olib boriladi?

2.5. SINF TARBIYAVIY SOATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Maktablarda haftaning bir kunida har bir sinf jamoasining ishi uchun bir vaqt belgilanadi, bu odatda sinf tarbiyaviy soati deb ataladi.
Muayyan vaziyatdan, jamoaning ehtiyojlaridan kelib chiqib bir hafta sinf majlisi, ikkinchisida - sinf rahbari soati (tarbiya soati), uchinchi uchrashuv, ekskursiya shakllarida tashkil etiladi. Sinf soati favqulodda masalalarni hal qilishda, obyektiv sabablarga ko’ra turli shakllarda (o’quvchilar yig’ilishi va ota-onalar yig’ilishi, sinf rahbari soati va o’quvchilar yig’ilishi va boshqalar) amalga oshirish mumkin.
Sinf tarbiyaviy soati o’quvchilar bilan o’qituvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy ish shakli hisoblanadi. Sinf o’quvchilari yig’ilishidan farqli o’laroq, tarbiya soati jamoa hayotining muhokama qilinadigan masalalari bo’yicha qaror qabul qilishni nazarda tutmaydi [17].
Shu bilan birga, sinf soatining shakllari bir-biri bilan chambarchas bog’liqligini yodda tutish kerak. Shunday qilib, ko’pincha tarbiya soatidagi muammoni muhokama qilish sinf yig’ilishida ushbu masala bo’yicha aniq qaror qabul qilish bilan yakunlanadi.
Sinf tarbiyaviy soati - bu o’qituvchi rahbarligida maktab o’quvchilari bo’lgan tarbiyaviy ish shaklidir
Ma’lumki, sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007-yil 20-yanvardagi 19-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to’g’risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi.
Tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling