Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet51/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Nazorat uchun savollar.

  1. O’quvchilar jamoasining ishlab chiqarish jamoalaridan farqi nimada?

  2. Jamoaning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.

  3. Jamoani shakllantirish bosqichlarini sanang va ularning o’ziga xos xususiyatlariga batafsil to’xtaling.

  4. Jamoani tashkil etish metodikasi mazmunini so’zlang.

  5. Jamoa an’analari deganda nimani tushunasiz?



AMALIY MASHG’ULOTLAR


Mashg’ulot mavzusi: Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi fani, uning maqsad va vazifalari. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasisini o’rganib tahlil qilish


Mashg’ulot maqsadi: Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning maqsad va vazifalari va «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasining mazmunini o’rganish.
Metodik ta’minot: Plakatli ko’rgazma, tarqatma materiallar, testlar, mavzuga oid turli savollar va adabiyotlar.
Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
Talabalar bilimini tekshirish:

  1. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fani nimani o’rganadi?

  2. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda qadriyatlarning ahamiyatini izohlab bering.

  3. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasining tarbiyaviy ishlarni tashkil etishdagi o’rni.

  4. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasida boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash haqida.

  5. Maktabda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning xususiyatlari.

Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi.


Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi.
Ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» Konsepsiyasining asosiy maqsadidir.
O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlar bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling