Ta’lim va tarbiya mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Tabiiy ko’rgazma - narsalarning o’z, predmeti, turli jonivorlarning mo’ljallarini ko’rsatish.
Tafakkur - inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini saralab olish va amaliyotga qo’llash.
Talim vositasi - u yoki bu o’quv faoliyatini amalga oshirish uchun zurur bo’lgan barcha narsalar.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni - o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” - yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta ‘sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |