Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


I BOB. TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANINING ILMIY ASOSLARI


Download 0.94 Mb.
bet2/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

I BOB. TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANINING ILMIY ASOSLARI
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi fani, uning maqsad va vazifalari
Xorijiy mamlakatlarda boshlang’ich ta’lim-tarbiya tizimi
Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati. Milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarashining shakllanishi
Tarbiya metodlari va shakllari
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari


1.1. TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI FANI,
UNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Mustaqil O’zbekistonimizda islohotlar tobora keng quloch ochmoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan yosh avlod ta’lim tarbiyasida ham keskin o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy kamoloti yosh avlodning say harakatlariga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. O’sib kelayotgan yosh avlodlar va ularning kelajagi Respublikamiz kelajagi bilan chambarchas bog’liqdir. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etilishi” [10] o’quvchi - yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor berilayotganliginini yorqin dalilidir. Shuning uchun yoshlar ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o’qituvchining va jamiyatimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlari hisoblanadi.


“Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to’liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko’tarishni taqozo etadi” [8]. Bu vazifalarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyati muhim o’rinni egallaydi, chunki o’qituvchi jamiyatimizning tayanch shaxsidir, u ota-onalarning tarbiyadagi ta’sirini yo’naltiradi va ularga ilmiy pedagogik yordam beradi.
Ta’lim muassasalarida xususan boshlang’ich ta’limda fidokor, mustaqil fikrlovchi, masalalarni ongli ravishda mas’uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan yangilikka intiluvchan va istiqlol g’oyalariga sadoqatli avlodni tarbiyalashni yo’lga qo’yish va ularni samarali amalga oshirish[5] ko’p jihatdan bo’lajak mutaxassislarni maxsus tayyorgarligiga bog’liqdir. Shuning uchun hozirgi zamon mafkuraviy qarashlar asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya jarayonini tashkil etishga ham nazariy, ham uslubiy ham amaliy jihatdan tayyorlashga xizmat qiladigan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fan kiritilgan.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling