Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Tarbiyaviy ishlar shaklining xususiyatlari


Download 0.94 Mb.
bet14/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Tarbiyaviy ishlar shaklining xususiyatlari:
1) nomi,
2) tadbir davomiyligi,
3) dastlabki tayyorlash yoki ekspromt,
4) ishtirokchilar soni ,
5) faoliyatni kim tashkil qiladi,
6) o’qituvchi ta’sirining xarakteri,
7) birgalikdagi faoliyat natijasi.
Tarbiyaviy ishlar shakllarini tasniflashda shakllarning bir turdan ikkinchi turga o’zaro o’tishi kabi hodisa mavjudligini ham nazarda tutish lozim. Masalan, tadbir sifatida ko’p ishlatiladigan ekskursiya yoki musobaqa, agar bu shakllar bolalarning o’zlari tomonidan ishlab chiqilsa va o’tkazilsa, jamoaviy ijodiy faoliyatga aylanishi mumkin.
Shakllarni tanlash muammosi
Shakllarning xilma-xilligi va ularni amaliyotda doimiy ravishda yangilab borish zaruriyati o’qituvchilarni oldiga tarbiyaviy ishlar shaklini tanlash muammosi tug’diradi. Pedagogik adabiyotlarda sinf soatlarining turli shakllari, tanlovlar, ssenariylar, bayramlar va hokazolarning tavsiflarini topishingiz mumkin.
Sinf rahbarlariga asosiy talabalardan biri - tarbiyaviy ishlarning yangi shakllarini yaratishdir. Ayrim o’qituvchilar tayyor ssenariy, ishlanamalar asosida tashkil etilgan mashg’ulotlardan qoniqish oladilar. Shu bilan birga, ko’p hollarda tayyor ssenariyni ishlatish nafaqat foydasiz, balki zararli ham ekanligi ma’lum bo’ldi[26].
Bunday vaziyatda o’qituvchi (tashkilotchi) kimdir ixtiro qilgan, kimgadir yo’naltirilgan tadbirni ishtirokchilarga yuklaydi. Shu bilan birga, u o’zi ham o’zgalar rejasining obyektiga aylanadi va ishtirokchilarni ijodiy qobiliyatning, mustaqillikning namoyon bo’lishi va rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan, ularning ehtiyojlarini namoyon qilish va qondirish imkoniyatidan mahrum qiladigan holatga sabab bo’ladi.
Gumanist o’qituvchi uchun boshqa odamlarning ssenariylariga asosida bolalar bilan ishlash maqsadga muvofiq emas. Biroq, bu allaqachon yaratilgan va amalda sinab ko’rilgan tarbiya ishlarining shakllaridan foydalanish imkoniyatini yo’qqa chiqarmaydi. Ular o’qituvchilar uchun ham, o’quvchilar uchun ham mavjud ishlanmalar, o’zgalar tajribasi bilan tanishib, o’zlarining faoliyatini tashkil etishning g’oya va yo’llarini tanlash imkoniyatini yaratadi. Bunday izlanishlar natijasida o’qituvchi va bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini aks ettiruvchi yangi shakl yaratilishi mumkin. Faqat shu holat pedagogik adabiyotlarda turli tadbirlar ishlanmalari va ssenariylarini chop etilishini oqlashi mumkin.
Amalda qo’llanilgan shakllarning g’oyalari, alohida elementlaridan foydalanishimiz mumkin, ammo muayyan ish uchun odatda aniq ish shakli quriladi. Har bir bola va bolalar uyushmasi o’ziga xos bo’lgani uchun ish shakllari o’z mazmuni va tuzilmasi bilan o’ziga xosdir.
Barcha ish qatnashchilarini, o’qituvchi va maktab o’quvchilarini, ayrim hollarda esa ota-onalarni jamoaviy hamkorligi natijasini aks ettirgan tarbiyaviy ishlar shakli samaradorlikni oshiradi.
Tarbiyaviy ish shakllarini tanlash masalasini odatda o’qituvchi tomonidan hal etiladi. Uni hal qilishda quyidagi qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:
1. Keyingi ish davri (bir yil, chorak) uchun belgilangan tarbiya vazifalarini hisobga olish; har bir ish shakli bu vazifalarni hal etishga hissa qo’shishi kerak.
2. Topshiriqlardan kelib chiqib, bolalarni o’z ichiga olishi maqsadga muvofiq bo’lgan ishning mazmunini, asosiy faoliyatini aniqlang.
3. Vazifalar asosida ish mazmuni, faoliyatning asosiy turlarini aniqlash. Bu ishga bolalarni jalb maqsadga muvofiqdir:
a) o’quv jarayonini tashkil etish tamoyillari;
b) bolalarning imkoniyatlari, tayyorgarligi, qiziqishlari va ehtiyojlari;
v) moddiy baza;
d) tashqi sharoit (madaniy markazlar, sanoat muhiti);
e) o’qituvchilar, ota-onalarning imkoniyatlari.
4. Jamoa maqsad-muddaosiga asoslangan holda ish shakllarini izlashni tashkil etish, shu bilan birga, yo’llarini aniqlash:
a) bolalar tajribasini yangi g’oyalar, shakllar bilan boyitish, masalan, boshqalarning tajribasini, mavjud chop etilgan materiallarni o’rganish, aniq savollar berish va boshqalar.;
b) o’qituvchi tomonidan tayyorlangan shakllarning variantlarini tahlil etish, ularni ish ishtirokchilari orqali tasdiqlatish.
5. Izlanish va tanlash jarayonida tarbiyaviy ishlar mazmuni va shakllarining izchilligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, o’qituvchi jamoada rejalashtirishning ma’lum bosqichida bolalar, ota-onalar bilan ishlash shakllari majmuyini aniqlashi zarur. Shu bilan birga, har bir shakl bolalar faoliyatini tashkil etishning o’ziga xos yo’llari, metodlari, usullari majmuyini aniqlashni talab etadi, buni amalga oshirishda esa mazkur faoliyat ishtirokchilarining hamkorligi maqsadga muvofiqdir.
Albatta, o’qituvchining o’zi o’ylab, tarbiyaviy ish shaklini tuzadigan vaziyatlar mavjud. Masalan, individual ish shakllarida hamma narsa o’qituvchining fikrlashi, aniq vaziyatni hisobga olgan holda rejalashtirishi lozim bo’lgan harakatlariga bog’liq.
Yangi shaklning tuzish-qurilishi quyidagicha amalga oshirish mumkin: aniq mazmun va faoliyatni tashkil etish yo’llari bilan to’ldirilgan taniqli shakl turi tanlanadi [27].
Masalan, musobaqa, KVZ yoki mavzuli kechani o’tkazish istagi paydo bo’ldi. Shundan keyin ular nimaga bag’ishlanadi, mazmuni qanday bo’ladi, degan savolga javob izlanadi.
Shaklni aniqlashning yana bir usuli mantiqiyroqdir, chunki u tadbir maqsadlaridan kelib chiqadi: mazmuniy g’oya asos qilib olinadi va shundan so’ng tashkil etish shakli, tanlangan mazmunni amalga oshirish uchun izlanish amalga oshiriladi. Masalan, o’qituvchi va o’quvchilar sinfdagi o’zaro munosabatlar muammosini muhokama qilish, so’ngra o’tkazish shaklini aniqlash, tuzilishini ishlab chiqish va munozarani tashkil etish yo’llari haqida qaror qabul qildilar.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling