Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet1/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
G.S.PARDAYEVA
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI



O’QUV QO’LLANMA


Samarqand - 2022

УДК
ББК


П

Tarbiyaviy ishlar metodikasi / O’quv qo’llanma. G.S.Pardayeva. - Samarqand: «SamDU», 2022. - 209 стр.


O’quv qo’llanma bo’lajak boshlang’ich ta’lim tarbiyaviy ishlar tashkilotchilarini tarbiyaviy ishlar bo’yicha bilim, amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Unda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning maqsadi, vazifalari, umumiy mazmuni, sinf rahbarini tarbiya jarayoni boshqarishdagi o’rni, sinf rahbarining ishini mazmuni, metodlari, o’quvchilar jamoasini shakllantirish, tarbiyaviy ishlarini rejalashtirish va tahlil etish, oila, maktab va mahallaning o’zaro hamkorligi, oilada farzand tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish yo’llari yoritib berilgan.


Mazkur o’quv qo’llanmadan 5111700 - Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan, shuningdek, muayyan mavzularni o’rganishda pedagogik yo’nalishda faoliyat olib borayotgan ta’limi muassasalarining pedagog-xodimlari, o’quvchi-talabalar hamda tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar: SamDU Fakultetlararo pedagogika kafedrasining dotsenti, p.f.d.
N.S.Kiyamov
SamDCHTI “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining professori,
p.f.d. M.Maxmudova
.


© Samarqand davlat universiteti, 2022


Kirish
Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, manaviy-ma’rifiy tuzilmalarning zamon taraqqiyotiga moslashgan holda rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Keng miqyosli islohotlarni jamiyat hayotining barcha jabhalarida bosqichma-bosqich, bir tekisda uyg’un va izchil amalga oshirib borish uchun yangi zamon talablariga javob bera oladigan, yangicha ong va dunyoqarashga ega bo’lgan, erkin, ijodiy va mustaqil fikrlaydigan barkamol avlodni voyaga yetkazish, tarbiyalash va uni shakllantirish eng dolzarb vazifalaridan biri bo’lib kelmoqda. Milliy tarbiyani yuksaltirish, ma’naviyat va mafkuramizni yuksak bosqichlarga ko’tarishda ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiya ishlarini tashkil etishga katta e’tibor berish kerakligini ko’rsatmoqda.
Qo’llanma bo’lajak o’qituvchilar faoliyatida zarur bo’lgan tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Qo’llanma shu sohadagi ilgarigi tadqiqotchi-pedagoglarning tajribasini inobatga olgan holda bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash mazmuni va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan davlat talablariga javob beradigan darajada tayyorlangan. Bu holat qo’llanmaning mazmuniy va tuzilmaviy qurilishida o’z aksini topgan.
Ushbu o’quv qo’llanmaning tarkibiy tuzilmasidan o’rin olgan mavzular o’z mazmuni va yo’nalishiga ko’ra “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining ilmiy asoslari”, “Sinf rahbari”, “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar” kabi bo’limlar o’rin olgan. Bo’limlarda o’z ifodasini topgan mavzularni ochib berishda g’oyalar o’rtasidagi o’zaro izchillik va mantiqiylikning ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mavzularning bayonida maqsadga muvofiq ravishda Sharq mutafakkirlarining qarashlari, xalq pedagogikasi asoslaridan foydalanish barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga xizmat qiladi.
O’quv qo’llanmada respublikamiz pedagoglarining ilmiy-metodik izlanishlaridan foydalanildi. Mazkur qo’llanmada barcha muammolar o’z yechimini topgan, deb bo’lmaydi. Unda ba’zi bir kamchiliklar bo’lishi tabiiy. Shu boisdan tuzuvchilar qo’llanmaning nazariy va uslubiy saviyasini yanada oshirishga doir taklif-istaklarini bildirgan mushtariylarga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling