Me‟yorlar – muayyan ijtimoiy birlik doirasida qabul qilingan xulqatvor qoidalari.
Mehnat taqsimoti – ishlab chiqarish tizimini ixtisoslashgan vazifalar va kasblarga taqsimlash bo‗lib, u umumiqtisodiy o‗zaro bog‘liqlikka olib keladi.
Mikrosotsiologiya – inson xulq-atvorini yuzma-yuz o‗zaro ta‘sir kontekstida o‗rganish.
Millat – til, ma‘naviyat, milliy o‗zlikni anglash, ruhiyati, urf-odatlar, an‘analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil subyekt sifatida o‗ziga xos moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligi.
Milliy mentalitet – milliy ong va faoliyat xarakterini ifodalovchi tushuncha, millatning an‘analari, madaniyati, ijtimoiy strukturasi va turmush tarzi asosida shakllanadi..
Nazariya – muntazam kuzatiladigan hodisalar o‗rtasidagi umumiy tavsiflar va qonuniyatlarni aniqlashga urinish.
Nizo – jamiyatdagi guruhlar yoki individlar o‗rtasidagi antagonizm.
Nikoh – individlar orasidagi jamiyat tomonidan ma‘qullanadigan seksual munosabatlar.
Noformal munosabatlar – gurhlar yoki tashkilotlardagi shaxsiy mayllar asosida shakllanadigan munosabatlar.
Oila – qon-qarindoshlik, nikoh yoki farzandlikka olish munosabatlari bilan bog‘langan individlar guruhi.
Obyekt (lot. objiect – narsa) – subyektning bilish va amaliy faoliyatida unga qarama-qarshi turadigan narsa.
Obyektiv reallik – inson ongiga bog‘liq bo‗liagan, undan tashqaridagi moddiy olam.
Olomon – qiziqishlarining umumiyligiga ko‗ra yopiq makonda vaqtinchalik to‗plangan insonlar yig‘indisi.
Ommaviy axborot vositalari – radio, televideniye, gazeta, jurnal va shu kabi katta auditoriyalarga mo‗ljallangan kommunikasiya turlari.
Organik guruhlash – asoslarini izohlash mumkin bo‗lgan guruhlashning kuzatuv birliklarini guruhlash turi.
Patriarxat – erkaklarning ayollar ustidan hukmronligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |