Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet67/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Postindustrial jamiyat – moddiy tovarlar ishlab chiqarishdan ko‗ra ko‗proq axborot ishlab chiqarishga tayanadigan jamiyat.
Predmet – inson faoliyati va bilish jarayonida obyektlar dunyosidan ajratib qaralgan ma‘lum bir yaxlitlikni ifodalovchi tushuncha.
Prestij – individ yoki guruhning mavqyeiga asosan ko‗rsatiladigan hurmat.
Prinsip – turli ahamiyatga ega bo‗lgan faktlar va bilimlar majmuining asosi, poydevori, har qanday xatti-harakat, xulq-atvor va faoliyatning boshlang‘ich qoidalari.
Prognoz – biror bir hodisaning kelajakdagi holati haqidagi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ehtimoliy mulohaza.
Propaganda (lot. yoyish, tarqatish) – keng ma‘noda: ijtimoiy faoliyatning alohida turi bo‗lib, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida ilmiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib etishdir; tor ma‘noda: mafkura va siyosatni targ‘ib etishga qaratilgan faoliyatdir.
Sanksiya – rag‘batlantirish yoki jazolash turlari bo‗lib, ular yordamida ijtimoiy maqbul bo‗lgan xulq-atvor me‘yorlari mustahkamlanadi.
Sekulyarizasiya – jamiyat hayotiga diniy ta‘sirning kamayib borish jarayoni.
Siyosat – hokimiyat hukumat faoliyati mazmuni va mohiyatiga ta‘sir o‗tkazish uchun qo‗llaydigan vositalar.
Siyosiy partiyalar – davlat hokimiyatiga erishish va bu hokimiyatdan muayyan dasturni bajarish uchun foydalanishni mausad qilib qo‗ygan tashkilot.
Sotsial darvinizm – ijtimoiy evolyusiyaga qarash bo‗lib, guruhlar va jamiyatlar o‗rtasidagi kurash taraqqiyot manbai ekanini ta‘kidlaydi.
Sotsiologiya jamyatning strukturasi, uning elementlari va mavjud bo‗lishi shart-sharoitlarini, shuningdek ushbu strukturada amalga oshadigan ijtimoiy jarayonlarni o‗rganuvchi fan.
Status – muayyan individlar guruhining jamiyatdagi boshqa a‘zolarga nisbatan ko‗proq e‘tirofga yoki prestijga ega bo‗lishi.
Struktura (lot. structura – tuzilish) – sistemaning tuzilishi va ichki formasi, mazkur sistema elementlari o‗rtasidagi barqaror o‗zaro aloqalarning birligini ifodalovchi tushuncha.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling