Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet30/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Oilaning hayotiy sikli. Sotsial guruhlarning turli klassifikasiyasi bizga ma‘lum. Bulardan eng mashhuri birlamchi va ikkilamchi guruhlarni farqlash. Birlamchi guruh, Charlz Kuliga ko‗ra, o‗zaro munosabatlarning yaqinligi, yuzma-yuzligi bilan farqlanadi. Guruhning har bir a‘zosi o‗ziga xos unikal xususiyatlariga ko‗ra baholanadi. Birlamchi guruh hisoblangan oilada o‗zaro munosabatlarda insonlar tengligi tamoyilini buzulishi bilan namoyon bo‗ladi. Uyda huddi ishdagidek o‗zini tutish qabul qilinmagan. Ikkilamchilik tamoyiliga ko‗ra, esa ishxonada oilaviy kodlarga asoslangan munosabat qurish o‗rinli emas. Lekin ko‗p holda rahbar qo‗lostida ishlovchilarga rahbar bilan uy holatidagidek munosabat o‗rnatish manfaatlidir. Guruhlar «tabiiy» va «sun‘iy» holda tuzilgan bo‗lishi mumkin. Oila tabiiy tuzilgan guruhdir (qo‗shnichilik, qishloq,mahalla birligi). Odatda bunday guruhlar ko‗p funksiyalidir. Bunday guruhlar bir maqsad yoki vazifa asosida tuzilmaydi (armiya, maktab, korxona, qamoqxona kabilardek). Oilaviy dinamika bir oilaviy hodisa, voqyeaning boshqasi bilan almashishini anglatadi. Shu holda hodisa-voqyea deganda har kuni ro‗y beradigan millionlab oilaviy holatlar emas, balki oilaning strukturasining o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi oilaviy vaziyat (holatlar) nazarda tutiladi. Bu hodisa va voqeyalarning eng muhimlari - oila a‘zolarining tug‘ilishiva o‗lishi, u yoki bu insonning mavjudligi yoki yo‗q bo‗lishidir.
Oilaviy hodisa va voqyealarning majmui oila hayot siklining asosiy bosqichlarini vujudga keltiradi. Oila sotsiologiyasi bo‗yicha darsliklarda oilaviy hodisalarni shaxs, oila uchun ahamiyatliligiga, stressogenligiga ko‗ra baholanadi. Shunda pozitiv voqyealar (farzand tug‘ilishi) negativ voqeya va hodisalar bilan birgalikda yurishi mumkin.
Sotsial stukturaning alohida stratalaridagi oilaviy voqyea va hodisalar iyerarxiyasi oilaviy hayot qadriyati darajasi haqida tasavvurga ega bo‗lishga imkon beradi. Sotsial status, jins, yoshga bog‘liq bo‗lgan oilaviy rollarning iyerarxiyasini ko‗rishimiz ham mumkin. Oila hayotiy sikli turli mezonlarga ko‗ra belgilanishi mumkin, lekin ularni tanlab olayotganda aynan siklni, ya‘ni Hodisa va jarayonlarning takrorlanuvchan va regulyarligi qayd etilishi lozim. Oila hayotiy sikli bosqichlari voqyea va hodisalarning oilaga xosligini aks ettirishi lozim (faqat individlarga xos bo‗lgan individual hodisalar emas, balki nikohota-onalik-qarindoshlik birligidan ajralmagan hodisalar). Bu talablarga aynan ota-onalik bir vaqtda ham qon-qarindoshlik munosabatlari ota-ona (buva-buvi) va farzandlar (nabiralar) o‗rtasidagi munosabatlar sifatida yuzaga keluvchi mezonlarga mos keladi.
Ota–onalik mezoniga ko‗ra 4 bosqich-ota-ona bo‗lishgacha, otaonalik, reprduktiv va sotsializasion ota-onalikka bo‗linadi, shuningdek, 5 asosiy hodisa va voqyea-oilaning barpo bo‗lishi va barbod bo‗lishi, oxirgi farzandning tug‘ilishi, farzandlarning birini oila qurishi yoki birinchi nabiraning tug‘ilishi.
Pol Glik fikricha, oila paydo bo‗lishidan to barbod bo‗lguniga qadar bir qator bosqichlarni bosib o‗tadi. Odatda, oila nikoh qayd etilgandan paydo bo‗ladi va har bir farzandning tug‘ilishi bilan oila o‗sadi. Oxirgi farzandning tug‘ilishi va birinchi farzandning o‗z uyini tark etishigacha bo‗lgan davrda oilaning holati o‗zgarmaydi. Farzandlar turmush qurib alohida yashashni boshlashlari bilan oilaning hajmi kamayib boradi va asl holiga keladi (2 kishi). Nikoh juftining bir, keyinchalik ikkinchisining o‗limi bilan oilaviy sikl tugaydi. Lekin bu jarayon turli tarixiy davrlarda patriarxal, ko‗p bolalik, nuklear oilalarda turlicha bo‗lishi mumkin. Pol Glikning yuqorida aytilgan fikri «oilaning hayotiy sikli» terminining Sotsiologiya va demografiyadagi zamonaviy talqinining boshlanishi hisoblanadi. P.Glik AQShda o‗tkazilgan aholini ro‗yxatga olish (perepis naseleniya) ma‘lumotlariga tayangan holda oilalardagi eng muhim hodisalarni tahlil qilgan. Lekin shuni ta‘kidlash joizki, bunday tahlil anchadan buyon ma‘lum bo‗lgan. M-n,P.Sorokin krestyan oila hayotining 4 bosqichini ko‗rsatgan:

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling