Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet29/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Axborot manbalari:

    1. http: // gf.nsu. ru/

    2. http: // www.sociol.com/

    3. http: // www.nitehwk.com/alleycat-fag. html

    4. http: // www.sci. econ./

    5. http: // www.sci. anthropology/

    6. http: // www.sci. environment

5-MAVZU. OILAVIY XAYOT SIKLI VA AVLODLAR
ALMASHINUVI

      1. Oilaning xayot sikli va o‗z-o‗zini saqlash.

      2. Oila tuzilishi, xajmi, avlodlar soniga ko‗ra turlari.

      3. Oila shajarasi.

      4. Oilada avlodlararo munosabatlar iyerarxiyasi.

Oilaning ijtimoiy mohiyatini tahlil qilayotganda shuni bilish muhimki, oila jamiyatning jismoniy va sotsiomadaniy avlodlar almashinuvini, ya‘ni farzandlar tug‘ilishi va oilaning boshqa a‘zolarining shart-sharoitini ta‘minlashini anglash mumkin. Oila sotsiologiyasi individual va jamoaviy qiziqishlar o‗rtasidagi konfliktda ertada turuvchini o‗z predmeti deb hisoblar ekan, u bu jarayonlarni nafaqat sotsio---institusional darajada, balki oilaviy-guruhiy va individual mikrodarajada ko‗rib chiqadi.
Oilaning mikrososiologik tahlili millionlab alohida oilalarning a‘zolarini tarbiyalashga erishishi, oilaviy xayot tarzi orqali ularning turli individual ehtiyojlarining qondirilishini o‗rganishni taqozo etadi. Oila kichik guruh sifatida insonlar nigohida alohida e‘tibor, qadr-qimmatga ega. Shu ma‘noda oilaviy hayot bo‗ydoqlik va nisbatan ham qadrqimmatlidir. Oila shaxslar o‗rtasida o‗zboshlik sifatida o‗rganish va inersiya hisobidan emas, balki faqat insonlarning o‗zaro ichki tortishishi (intilishi) ga ko‗ra mavjud bo‗la oladi. Mikrososiologiyaning asosiy masalasi – oilaviy munosabatlarning holati, oilaviy birdamlikka halaqit beruvchi konfliktlar va tashqi to‗siqlar, oilaviy rollarni bajarishga va birgalikdagi oilaviy faoliyatning samarasiga ta‘sir etuvchi omillardir. Mikro va makro sotsiologiyasi o‗rganilayotgan obyektning darajasiga ko‗ra farqlanadi. Alohida oila qanchalik unikal, boshqalardan farq qiluvchi hayot tarziga ega bo‗lmasin bari bir u tashqi oilalar bilan o‗xshash bo‗lgan xususiyatlarga ega bo‗ladi. Shubhasiz oila sosiologiyasi bir butun tizimni o‗rganadi, lekin ilmiy soddalashtirish maqsadida oila makro va mikro tadqiqotlar obyekti hisoblanadi.
Oilani o‗rganishda sotsiologik va psixologik yo‗nalishlarni ajratish lozim. Sotsial psixologiya inson xulq-atvorini organizm sifatida ham emas, yakka shaxs sifatida ham emas, balki boshqa insonlar bilan o‗zaro harakat ishtirokchisi sifatida o‗rganadi. Oila bunda bir-biriga ta‘sir ko‗rsatish, o‗zaro aloqa, kontaktlar natijasisi sifatida ko‗riladi. Oilaning sotsial psixikasi individlar o‗rtasidagi birdamlik, kelishilganlikning vujudga kelishi va ushlab turilishini o‗rganadi – bunda diqqat markazida oilaviy ―BIZ‖ ga tegishliligi bo‗lishiga muvofiq o‗zining ―MEN‖ – konsepsiyasini tashqi omillaridan qat‘iy nazar tasdiqlashga intiluvchi, shaxs turadi. Oila sotsiologiyasi oilani bir butun tizim, bir-birini to‗ldiruvchi sotsiomadaniy rollarning birligi, vaqt o‗tishi mobaynida va hodisalar ro‗y berishi natijasida oila strukturasini o‗zgarishi sodir bo‗lganda, o‗zining butunligini saqlab qoluvchi avtonomiya sifatida o‗rgandi. Oila sotsiologiyasi individual xati-harakatni umumoilaviy xatti-harakat natijasi, sotsial-institusional munosabatlar,sotsial status va rollarning shaxslararo namoyon bo‗lishini o‗rganadi. Sotsiolog shaxs tomonidan oilaviy holatlarni subyektiv aniqlanishi orqali oilaning o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi xatti-harakatning natijasini aniqlashga intiladi.
Oila sotsiologiyasining muhim belgisi-oilaning kichik birlamchi guruh sifatida vujudga kelishi, funksiyalarini bajarishi va uning buzulishi(barbod bo‗lishi) qonunlarini o‗rganishga intilishidir. Turli davrlarda, turli hayot tarzi va madaniyatlarda alohida oilalar o‗zining noyobligi bilan ajralib turishiga qaramay, ular barpo bo‗lish va barbod bo‗lishida bir xil xususiyat bilan xarakterlanadi.
Oilaning hayotiy sikl bosqichlarining o‗zgarishi qonunlari, nuklear oilaning hayot siklining qisqarishi-oilaning kichik guruh sifatida sotsiologiyani qiziqtiradigan birinchi masala.
2-masala-oilaviy tizimning sotsial o‗zgarishlar, ya‘ni farzandlar sotsializasiyasi va ularning oilaviy rollarga kirishishi natijasida o‗zgarishlar. Shuningdek, shaxsning oilaviy hayot tarziga asoslangan alternativ oilaviy shakllarni vujudga keltiruvchi individual-psixologik oriyentasiyalar oila sotsiologiyasining asosiy qiziqishidir.
Sotsiologiya va sotsial psixologiyada guruhning va guruhiy iqlimning guruhiy xatti –harakat va uning a‘zolarining xatti-harakati natijalariga ta‘siri ma‘lum. Shunda pozitiv sharoit, guruhning birdamligi, uning a‘zolarining o‗zaro tushunish va shaxsning o‗z guruhiga tegishliligini his etishi darajasi kuchli samarali ta‘sir etadi. Bunday birlamchi guruhlarda ishlab chiqarish samarali bo‗ladi, kadrlar oqishi kam kuzatiladi, guruhlar yo‗qolib ketishi ehtimoli darajasi past bo‗ladi (m-n,urush vaqtida ahil ekipajlarning xalok bo‗lishi ehtimoli kam bo‗lgan, ahil guruhlarda yarador va kasallarning tuzalish jarayoni tezroq sodir bo‗lgan)
Oila bunday guruhlar ichida ajralib turadi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida baxtli oilalar doimo bo‗ydoq, yakka shaxslardan ustun xususiyatlari bilan ajralib turganlar. Oiladagi birdamlikning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar oilali insonlarning ko‗rsatkichlari oilasiz,yakka insonlar ko‗rsatkichlaridan yuqori bo‗ladi.Lekin hozirgi sharoitda kam farzandli oilalar ko‗payib bormoqda. Ma‘lumki, bir necha farzandli oilalarda bir yoki 2 farzandli oilalarga nisbatan ajralish hodisasi kamroq uchraydi va aksincha, 1 va 2 farzandli oilalarda reproduktiv sohaning kasalliklari ko‗p bolali oilalarga nisbatan ko‗proq. Shu holat hayot davrining uzunligiga ham tegishli, ayol va erkakning oilaviy holatiga ahamiyat bermagan holda hayot davrining uzunligini solishtiradigan bo‗lsak, ayol kishining onalik funksiyasiga bog‘liq bo‗lganligi uning erkakka nisbatan ko‗proq umr ko‗rishini belgilaydi.
Individual va guruhiy faoliyat natijalariga guruh strukturasidagi munosabatlar ta‘sirining effekti R.Zaynok tomonidan «sotsial fasilitasiya» deb atalgan.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling