Fannning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda axborotlarni himoya qilishning zamonaviy usullari haqida mos bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarga axborot havfsizligi siyosati, arxitekturasi va strategiyasi, zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida shifrlash, elektron raqamli imzo algoritmlarini nazariy va dasturiy ta’minotini o‘rganishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning malakasiga quyiladigan talablar
«Axborotlarni himoyalash» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- zamonaviy axborot jamiyati ochiq axborot tizimining axborot sohasida globallashuv jarayoni;
- Axborot xavfsizligi asoslarini o‘rganish imkoniyatini beruvchi asosiy tushinchalar va terminlar;
- Ommaviy axborot tizimlarining ochiqligi sharoitida shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini, xususan, axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyati maqsad, vazifalar va yo‘nalishlari;
- axborotlashtirish sohasidagi tahdidlardan inson, jamiyat va davlatning axborot-psixologik jihatdan muhofalashning mohiyati;
Axborot ekspansiyasi kuchayishi sharoitida ommaviy axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlatga axborot-psixologik tahidlarga nisbatan qarshi faoliyatining shakl va uslublari haqida tassavurga ega bo‘lishi;
- talaba katta axborot massivlarini ma’naviy, siyosiy, mavkuraviy nuqtai nazardan hamda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi jihatidan tahlil qila olishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |