Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
Muxokama uchun savollar: 1. Toʻqima usuli nima? 2. Xujayra usuli nima? 3. Protaplast usuli deganda nimani tushinasiz? 29 SELEKSIYA JARAYONINING TEXNOLOGIYASI VA SELEKSION MATERIALNI BAHOLASH USULLARI Darsning maqsadi: Kartoshka seleksiyasi jarayonini oʻrganish va seleksion materiallarni baholash usullari bilan tanishsih. Topshiriq: 1. Kartoshka seleksiyasidagi pitomniklar bilan tanishish. 2. Seleksion materilallarni baholashni oʻrganish. Seleksiya jarayoni sxemasi. Bu jarayonda mavjud boʻlgan boshlangʻich materialdan foydalanish, yangi shakllarni yaratish, eng yaxshi ota – ona shakllarini baholash urugʻ koʻchatlarni, duragaylarni va klonlarni pitomniklarda tanlash koʻzda tutiladi. Ota – ona shakllarining pitomnigi. Bu yerda kartoshkaning yovvoyi va madaniy turlari maxsus tuvaklarda (gorshokda), seleksion va mahalliy navlar, eng yaxshi duragaylar esa dalada yoki issiqxonada oʻstiriladi. Dalada ota – ona shakllari 70 x 40 yoki 70 x 35 sm qilib, har qaysi shaklning 20–40 tuganagi ekiladi. Yozgi plyonkali, dokali issiqxonada 100 – 110 namuna ekilib, har qatorda 10 tadan oʻsimlik joylashtiriladi. Yil davomida kasallangan oʻsimliklar, har xil aralashmalar yulib chiqarib tashlanadi. Ota – ona shakllari pitomnigida chatishtirish ishlari oʻtkaziladi. Issiqxonada oʻtkaziladigan chatishtirishda dalada oʻtkaziladiganga nisbatan mevalarning tugʻishi ancha yaxshi boʻladi. Birinchi yil urugʻ koʻchatlar pitomnigi. Bu pitomnikda urugʻ koʻchatlar urugʻidan oʻstirib olinadi. Har qaysi urugʻ koʻchat alohida oʻrganiladi va negativ tanlash oʻtkaziladi. Bahorda urugʻ koʻchatlar pikirovka qilishdan (koʻchirishdan oldin) oldin fitoftoraga dala chidamligiga qarab baholanadi. Buning uchun ommaviy sun‘iy zararlantirish oʻtkaziladi. Undan keyin sogʻlom oʻsimliklar tanlab 30 olinadi. Hosil kovlab olish jarayonida quyidagi koʻrsatkichlariga qarab brak qilinadi: uzun stolonli, koʻk (siniy) rangli tuganaklar, fitoftora va parsha bilan kasallangan oʻsimliklar. Eng yaxshi oʻsimlik tuplari toʻligʻicha yigʻib olinadi, yomonlari esa brak qilinadi yoki tanlab olingan duragaylardan bittadan tuganagi olinadi va kombisasiyalar boʻyicha qilib har qatoriga 10 tadan ekiladi. Vegetasiya davrida fenologik kuzatishlar (unib chiqish, shonalash, gullash, palagining soʻlishi) va barglarini kasalliklar bilan zararlanish darajasini aniqlash ishlari olib boriladi. Duragay oʻsimliklar tubining xili, tuganakning shakli, poʻstining va magʻzining (etining) rangi, koʻzlarini joylashish chuqurligi, tuganaklar soni, tuganaklarni kompakt joylashishi, tuganaklarni kasallanishiga qarab baholanadi. Agar seleksioner qandaydir duragaydan shubxalanib ikkilansa, u duragaydan qayta ekish uchun bittadan tuganak olib qoʻyiladi. Eng yaxshi duragaylar – kelgusi pitomnikda ekish uchun oʻtkaziladi. Bu pitomnikda 90 % gacha namunalar brak qilinadi. Ikkinchi yil duragaylar pitomnigi (klonlarning birinchi yili). Duragaylar bir qatorli delyankalarda, 5 soniga nisbatan bir necha karra tuganak (10.15. 20 va hokazo) qilib ekiladi (seleksioner ixtiyoridagi mavjud materialga qarab). Har 20– 50 duragaydan keyin standart navi joylashtiriladi. Bu pitomnikda duragaylarni baholashda ilgarigi pitomnikda oʻtkazilgan baholashlarga qoʻshimcha qilib quyidagilarga qarab baholanadi. Hosildorlik, ertapisharlik, (ekilgandan 60–65 kun oʻtgandan keyin ikkitadan tup kovlab dastlabki olinadi), kraxmal miqdori tuganagining kattaligi aniqlanadi. Bunda 70% gacha duragaylar brak qilinadi. Dastlabki sinash. Duragaylarning har qaysisidan 60–180 tuganagi bir yoki ikki qatorli delyankalarda qaytariqsiz yoki 2 – 3 qaytariqli qilib ekiladi. Duragaylar va standart navlar ekilganda pishish muddatlariga qarab guruhlarga boʻlinib joylashtiriladi. Kuzatishlar ilgarigi pitomnikdagidek oʻtkazilib, ularni baholashda qoʻshimcha qilib: tuganaklarning tovarligi, ta‘mi, tuganak eti, rangining oʻzgarmasligi, xom protein miqdori (agar seleksiya shu yoʻnalishda oʻtkazilsa), palagining fitoftoraga chidamliligi (provokasiya usulida), rak kasalligiga va 31 nematodaga chidamliligi hisobga olinadi. Sinashdan oʻtkazilgan eng yaxshi avlodlar, klonlar asosiy sinashga oʻtkaziladi. Asosiy sinash.Sinash 1 – 2 yil davomida oʻtkaziladi. Denlyankalar 1 – 4 qatorli boʻlib har qatorda 30–60 tadan tuganak ekiladi. Standart navlar va duragaylar har 8 – 10 nomer (duragay) dan keyin joylashtiriladi. Sinash to`rt qaytariqli qilib oʻtkaziladi. Kuzatishlar ilgarigi sinashdaoʻtkaziladigandek qoʻshimcha qilib barglari va tuganaklarning fitoftorozga dala sharoitida chidamliligi (laboratoriya usulida, agar kuchli rivojlangan boʻlsa – dala), 2 yildan keyin zararlanish darajasining oʻrtacha bahosi beriladi. Bu pitomnikdan eng yaxshi avlodlar konkurs sinash, dinamik sinash, ekologik, ishlab chiqarish sinashga va koʻpaytirish (seleksion) pitomnigiga oʻkaziladi. Konkurs sinashi. Istiqbolli seleksion material 3 yil davomida sinaladi. Delyankalar toʻrt qatorli, har qatorda 50 tuganakdan ekilib, toʻrt qaytariqli qilib joylashtiriladi. (jami 800 tuganak). Konkurs nav sinashni keyingi ikki yil davomida oʻtkazish uchun urugʻlik material seleksion koʻpaytirish pitomnigidan olinadi. Bu sinash jarayonida rak kasalligiga chidamliligini baholashdan boshqa asosiy sinashda bajariladigan kuzatish va baholashlar oʻtkaziladi. Bularga qoʻshimcha qilib duragaylar infeksion (fon) sharoitda fitoftoraga chidamliligiga qarab baholanadi. (Saxalin tayanch punktida), tuganaklar mexanik shikastlanishga, qish davrida saqlanishga chidamliligi aniqlanadi. Parallel ravishda dinamik, ekologik, ishlab chiqarish sinashlar oʻtkaziladi. Dinamik sinash 3 yil davom etadi. Uning asosiy vazifasi – standart naviga nisbattan tezpisharligi (pishish guruhini) aniqlashdir. Buning uchun vegetasiya davrida 4 marta 15 tadan namuna turt qaytariqli qilib kovlab olinadi (hammasi boʻlib 240 tub). Birinchi marta ertapishar standart navda tuganak hosil boʻlishi boshlanishda, qolganlari har 10 kundan keyin. Duragaylar tuganak hosili va palagining vazni, tovarliligi, tovar tuganaklarining oʻrtacha vazni, kraxmal miqdori va ta‘miga qarab baholanadi. Yer maydonidan samarali foydalanish maqsadida konkurs nav sinash bilan dinamik sinashni birlashtiradilar. Buning uchun har qaytariqda 260 tuganak (4 32 qator 50 tuganakdan konkurs sinash uchun 15 tuganakdan davomiga va har qatoriga dinamik sinash uchun ekiladi). Konkurs sinashda hosilini yigʻishtirish paytigacha dinamik sinash namunalari kovlab olingan boʻladi va ularning oʻrnida hosilni yigʻish mashinalariga (povorot) qaytarish uchun masofa ochilib, tayyor boʻlib qoladi. Ekologik sinash. Duragaylarning (plastik moslanuvchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida 3 yil davomida ekologik sinash oʻtkaziladi) birinchi yili dastlabki sinash, ikkinchi va uchinchi yillar – asosiy sinash uslubida oʻtkaziladi. Originator – muassasalar tajriba stansiyalariga, mintaqalarga seleksion material junatib, u yerda bu material birinchi yil ekilib sinaladi, ikkinchi, uchinchi yili esa ularning uzlarida ustirilgan material asosida sinash oʻtkaziladi. Seleksion koʻpaytirish pitomnigi. Konkurs nav sinashda boʻlgan duragaylarni koʻpaytirish bilan shugʻullaniladi. Qaytariqsiz, delyankalarni kattaligi 65 m 2 dan 1 gektargacha (mavjud material miqdoriga qarab) joylashtiriladi. Bunda fenologik kuzatishlar, kasalliklar borligi 3 – 4 marta kuzatilib hisobga olinadi, oʻtov va dastlab hosilni aniqlash ishlari oʻtkaziladi. Pitomnik masofiy izolyasiya (uzoqlashgan) maydonda joylashtirilib, uning uchun urugʻlik materal virusli kasalliklarni aniqlash maqsadida indeksasiya va serologik analiz yakunidan keyin tanlanadi. Ishlab chiqarish sinashi . Bu sinash seleksion muassasalarining tajriba xoʻjaliklarida yoki fermer xoʻjaliklarining yerlarida oʻtkaziladi. Istiqbolli shakllar ikki yillik konkurs sinovidan oʻtgandan keyin 0,25 – 0,5 gektar maydonda joylashtiriladi. Standart sifatida tezpisharligi boʻyicha sinaladigan material bilan bir guruhga kiradigan rayonlashtirilgan nav foydalaniladi. Ekish va oʻstirish, parvarish qilish shu ekin uchun xoʻjalikda qabul qilingan yoki intensiv texnologiya asosida qoʻllaniladi. Bunda hosilni aniqlash oʻtkaziladi. Istiqbolli navlarning urugʻi asosiy sinash pitomnigidan boshlab, seleksion pitomnikda koʻpaytiriladi. Sinashlar tugatilib, navga yakuniy baho berilib, Davlat nav sinoviga topshirish uchun 5 tonna urugʻlik materiali tayyorlanishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling