Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Hujayra doirasida in vitroda somaklonlarni ajratish


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Hujayra doirasida in vitroda somaklonlarni ajratish. Koʻpgina ekinlar, 
jumladan kartoshkada in vitro sharoitida somaklonlarni ajratish boʻyicha 
ma‘lumotlar birinchi boʻlib Vensel tomonidan 1985 yilda chop etilgan. 
Kartoshkaning fitoftoraga chidamli shakllarini tanlash boʻyicha Benke 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda maxsus patogenlar mavjud ozuqa muhitida 
42440 ta kallusdan 45 tasi yashovchanligini saqlab qoldi. Ulardan 32 ta oʻsimlik 
olingan boʻlib, ulardan 31 tasi ona shakllariga nisbatan 20% kam zararlanishga ega 
boʻlgan shakllar ekanligi aniqlandi. 
Olingan ma‘lumotlarga asoslanib muallif tomonidan olinishi rejalashtirilgan 
somaklonlarning onalik shaklini genetik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
seleksiya ishlarini rejalashtirish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelgan. Bu xususiyat 
oʻsimlik va patogen munosabatlariga asoslangan boʻlishi lozim. 
Somaklonlardagi oʻzgarishlar tabiati. Somaklonlardagi oʻzgarishlar 
ularning epigenetik variabelligi, kariotipik oʻzgarishlar, genom va va plazmon, 
mutasiya, translokasiyasi, genlarning boʻlinishi va nostandart mutasiyalar bilan 
bogʻliq boʻlishi mumkin. Protoklonlardagi bunday oʻzgarishlar chatishtirish uchun 
ota-ona juftlari boʻlib xizmat qila olmaydi, lekin kartoshka kabi vegetativ organlari 
orqali koʻpayuvchi oʻsimliklarda oʻzlaridagi oʻzgarishlarni saqlab qoladi. 
Somaklonlardagi kariotip oʻzgarishlari koʻpincha aneuploidiya tipida 
boʻlishi aniqlangan. 
Tadqiqotlarda digaploid protoplastlardan olingan oʻsimliklarda somaklonal 
oʻzgarishlarning kam uchrashi aniqlangan. Digaploidlararo duragaylarda 4% 
oʻsimliklarda har xil anomaliyalar va sterillik kuzatilgan. 


26 
Kartotipik va morfologik oʻzgarishlarga ega boʻlgan digaploidlarning 
protoplastlarida 
kam 
uchrashi 
tajribalarda 
aniqlangan. 
Xuddi 
shunday 
ma‘lumotlarni Tiemann (1984) keltiradi. 
Kartoshka protoklonlarda mutasiya omillari yaxshi oʻrganilmagan. 
Shepard (1982) ning fikricha, Russet Burbank navida yuz bergan 
oʻzgarishlar xromasoma tarkibining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bu 
ma‘lumotlar Djill tomonidan translokatsiya va xromasoma oʻzgarishlari 
protoklonlardagi genetik oʻzgarishlarning sababi bilan bogʻliq ekanligi aniqlandi. 
Bunday oʻzgarishlarning omili Meynz (1966) fikricha protoplastlar 
ekinining ―dastlabki destabilmzator omili‖ koʻplab irsiy oʻzgarishlarga olib kelishi 
mumkin. 
Somaklonal oʻzgarishlarning genetik yoki faqat fenotipik oʻzgaruvchanlik 
ekanligi seleksiya jarayonida har xil baholashlar orqali aniqlanishi lozim. 
Kartoshka somaklonlari doim ham ijobiy belgilarning oʻzgarishiga olib 
kelmasligi aniqlangan. Masalan, Pavek va Corsini (1982) tajribalarida 341 ta 
somaklonlarda onalik shakliga nisbatan hosildorlikning olishi kuzatilmagan. 
Lekin har qanday genetik oʻzgaruvchanliklar orasida kerakli belgi va 
xususiyatlarga ega boʻlgan oʻsimliklar shaklining mavjudligi ulardan seleksiyada 
foydalanish imkoniyatini yaratadi. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling