Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KARTOSHKA SELEKSIYASIDA QOʻLLANILADIGAN SELEKSIYA USULLARI Darsning maqsadi
- Monogaploidlar va changdon ekini olish.
Muxokama uchun savollar. 1. Chatishtirish tartibi qanday olib boriladi? 2. Urugʻkoʻchat oʻstirish tartibini ayting? 3. Duragaylashni qanday xillarini bilasiz? 21 KARTOSHKA SELEKSIYASIDA QOʻLLANILADIGAN SELEKSIYA USULLARI Darsning maqsadi: Kartoshka seleksiyasida qoʻllaniladigan seleksiya usullarini oʻrganish. Topshiriq: 1. Toʻqima va xujayra usuli bilan tanishish. 2. Protoplast usuli bilan tanishish. Kartoshka ekini seleksiyasida bir necha usullardan foydalaniladi. Kartoshka navlarini ajdodlari va kelib chiqishini taxlil qilish natijasida seleksiya uchun qimmatli, ertapishar navlar yaratishda – Earle Rose, Cobbler, Epicur, Eersteling, Bintja, Climax, Friihmolle, Oberarnbacher Friihe, Rheinbort, Saskia, Priyekulskiy ranniy, yuqori mahsulotli navlar yaratishda Katahdin, Flava, Eersteling, Ora, Record, Saskia, parshaga kam chalinadigan navlarni yaratishda Hindenburg, Jubel, Ackersegen, fitoftoraga kam chalinadigan navlarni yaratish uchun Aquila, Capella, Olev, virus kasalliklariga kam chalinadigan – Aquila, Climax, Katahdin, Schwalbye, tarkibida koʻp kraxmal toʻplaydigan navlar yaratish uchun Erdraft, Hochprozentige, Furore, Rode Star, Korenevskiy va boshqa navlar boshlangʻich material sifatida tavsiya etiladi. Monogaploidlar va changdon ekini olish. Monogaploidlar kartoshka xromasoma toʻplamini diploid (2n=24) sonini ikki karra kamaytirish (2n=12) orqali olinadi. Monogaploidlarni olishning ikki usuli ishlab chiqilgan boʻlib, bular megasporalarni digaploidlar changchi bilan changlash orqali indusirlashgan holatda rivojlantirish (partenogenez va ginogenez) orqali yoki mikrosporalarning regenerasiyasi (androgenez) orqali olish mumkin. (Adams va boshqalar - 1984, Anderson va boshqalar - 1981, Anon-1981). Monogaploid oʻzlaridagi katta genetik oʻzgarishlar tufayli hosil boʻladigan xilma-xilliklar bilan harakterlanadi. Ulardan seleksiyada gomozigota shakllar 22 sifatida toʻgʻridan – toʻgʻri tanlash va generativ urugʻlarni olish uchun ota-ona shakllari sifatida foydalanish mumkin. Bundan tashqari, seleksiya amaliyotida monogaploidlardan geterozigota diploidlarni yaratish uchun gomozigota diploidlarini interkross usulida yaratishda foydalanish yaxshi samara berishi aniqlangan. Geterozigota diploidlari maksimal geterozigotalarni olishda foydalaniladigan tetraploid shakllarni yaratishda muhim bosqich boʻlib hisoblanadi. Lekin shuni ham ta‘kidlash kerakki, bunday shakllarni olish koʻp omillarga bogʻliq. Masalan, seleksiyada foydalaniladigan bunday koʻp sonli genotiplarning regeneratsion qobiliyati, gomozigota diploidlarni yaratishdagi qiyinchiliklar, ularning oʻzaro qoʻshilish imkoniyati va boshqalar. Hozirgacha bu muammolar toʻliq yechilmagan hisoblanadi. Kartoshkaning tabiatda birinchi monogaploid shakli S. tuberosum turida Berike va Frandzem tomonidan olingan. Changdonda mikrosporaning regeneratsiyasi keltirilgan. Keyingi tadqiqotlarning koʻrsatishicha ginogenez androgenezga nisbatan kamroq samarali hisoblanadi. Changdon ekini Muresige – Skuga, Irikura va Sakagutilar tomonidan changlarni maxsus ozuqa muhitida oʻstirish orqali yaratishga muvaffaq boʻldilar. Ular tomonidan kartoshkaning yovvoyi va madaniy diploid turlaridan 350 ta monoploid, diploid, tetraploid va aneuploid shakllar olingan. Keyinchalik esa ba‘zi tadqiqotchilar tomonidan androgenez usulida monogaploid va diploid shakllar yaratilgan. Monogaploidlarni androgenez va ginogenez usulida yaratish quyidagicha amalga oshiriladi: bir yadroli changi mavjud boʻlgan, uzunligi 4-5mm boʻlgan gulgʻunchalar gullash induksiyasi uchun Mursige-Skuga ozuqa muhitiga oʻtkaziladi. Taxminan bir oy davomida undan mikroskopik struktura – embrioidlar shakllanadi. Ularni diferensiatsiya uchun tarkibida 10% kokos suti, 0,3 mgl -1 miqdorda zeatin va 3% li saxaroza eritmasi boʻlgan Mursige-Skuga ozuqa 23 muhitiga koʻchirib oʻtkaziladi. Morfogenez jarayonining boshlanishi bilan bu toʻqima yangi ozuqa muhitiga koʻchirib oʻtkaziladi. Bu usulda monogaploidlarni olishning muvaffaqiyati koʻp jihatdan genotiplarning regeneratsiya qobiliyatiga bogʻliq. Bunday qobiliyatni kuchaytirish uchun kuchsiz regenerativ xususiyati boʻlgan genotiplar bilan bunday qobiliyati kuchli genotiplarni suniy ozuqa muhitida chatishtirish orqali erishish mumkin. Tajribalarda urugʻ suyuq ozuqa muhitida genotiplarning regeneratsion qobiliyati kuchayishi mumkinligi aniqlagan. Changdon ekini orqali olingan monogaploidlarning (xromasoma soni 2n=12) juda kam qismi kuchsiz va steril boʻlishi aniqlangan boʻlib, ularni kolxisin bilan ishlash ham yaxshi samara bermagan. Keyinchalik Vensel tomonidan monogaploidlarni chatishtirish orqali fertil duragaylari yetishtirilgan. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling