Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


SELEKSIYA URUGʻCHILIK EKINZORLARDA OʻTKAZILADIGAN


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

SELEKSIYA URUGʻCHILIK EKINZORLARDA OʻTKAZILADIGAN 
FENOLOGIK KUZATISHLAR 
Darsning maqsadi: Fenologik kuzatish oʻtkazish nav va namunalarning 
oʻsuv davri davomiyligini aniqlash tartibini oʻrganish. 
Topshiriq: 
1. Navlarda fenologik kuzatishlar oʻtkazish tartibi bilan tanishish. 
2. Nav sinashlarda fazalararo davrlar va oʻsuv davri davomiyligini aniqlash. 
Seleksion paykallarda oʻrganilayotgan namunalarning oʻsuv davri 
davomiyligini aniqlash uchun fenologik kuzatishlar oʻtkaziladi. Uning maqsadi 
oʻsimliklarda fenofazalarning oʻtishi va unga asoslangan holda namunalarni oʻsuv 
davri davomiyligini aniqlashdan iborat. 
Fenologik kuzatishlar oʻtkazish tartibi quyidagicha: 
1. Kuzatish koʻz bilan chamalab oʻtkazilganligi uchun bir kishi tomonidan 
ertalab yoki kechki paytda olib borilishi lozim. 
2.Kuzatish har bir oʻsimlik nav va namunalari ekilgan dalani kamida uch 
joyida (boshida, oʻrtasida, oxirida) oʻtkaziladi. 
3.Kuzatish faqat bir tomonlama olib boriladi. 
Fenologik kuzatish boʻyicha rivojlanish fazalarining boshlanishi (10 foiz) va 
toʻliq (75 foiz) oʻtishi oyning qaysi kuniga toʻgʻri kelish sanasi dala jurnaliga yozib 
boriladi. Jurnalda navlarning ekish muddati, rivojlanish fazalarining davomiyligi 
va hosilni pishib yetilish muddati hisobga olinadi. Shular asosida oʻrganilgan 
navlarning fazalararo davr davomiyligi aniqlanadi va tezpisharligi baholanadi. 
Oʻsimlik unib chiqqandan to hosili pishguncha boʻlgan davr oʻsuv davri 
davomiyligi yoki vegetasiya davri deyiladi. Har bir ekinning biologik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fenologik fazalari belgilanadi. Kartoshka 
ekinida quyidagi rivojlanish fazalari mavjud va bu fazalar davomiyligi navlar 
boʻyicha quyidagicha davom etishi mumkin:
1. 
Ekish-unib chiqish fazasi (16-25 kun). 



2. 
Unib chiqish-shonalash fazasi (22-26 kun). 
3. 
Shonalash-gullsh fazasi (11-16 kun). 
4. 
Gullash-palak sargʻayish fazasi (35-45 kun). 
Kartoshka navlari oʻsuv davri davomiyligi boʻyicha quyidagi guruhlarga 
boʻlinadi: 
1. 
Ertapishar navlar (65-70 kun). 
2. 
Oʻrtaertapishar navlar (70-80 kun). 
3. 
Oʻrtapishar (80-100 kun). 
4. 
Oʻrta kechpishar (100-120 kun). 
5. 
Kechpishar navlar (120-150 kun). 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling