Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
- jadval Kartoshkaning turlarini urugʻi va maysalarini kolxisinlash
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami 254 180 70,9 60 23,6 33,3
- Jami 420 9 2,1 1 1,7 11,1
3- jadval
Kartoshkaning turlarini urugʻi va maysalarini kolxisinlash usullarinitaqqoslash (Laktev, Dvoryankina) Kolxisinlangan turlar Oʻsimlik soni Tirik qolish % Induksiyalangan poliploidlar Kolxisin langan Tirik qolgan hammasi Kolxisin- langanlar soni Tirik qolganlar soniga nisbatan % Dastlabki sovutish bilan tomchili usul S.phureja 73 48 65,8 26 35,6 54,2 S. tuberosum 69 39 56,5 8 11,5 20,5 S. acaule 30 30 100,0 8 28,7 26,7 S. demissum 82 63 76,8 18 22,0 28,6 Jami 254 180 70,9 60 23,6 33,3 Dastlabki sovutmay bilan tomchili usul 107 87 81,3 31 29,0 35,7 95 67 70,3 5 5,3 7,5 33 30 96,8 2 6,1 6,7 87 84 96,4 7 8,0 8,3 322 268 83,2 45 14,0 16,8 N.A.Lebedova tomonidan qayta Djonsonning ishlangan usuli S.phureja 91 0 0 0 0 0 S. tuberosum 58 9 15,5 1 1,7 11,1 S. acaule 99 0 0 0 0 0 S. demissum 172 0 0 0 0 0 Jami 420 9 2,1 1 1,7 11,1 Bir qancha olimlarning tajriba natijalariga qaraganda tomchili usulni qoʻllash yaxshi natija beradi. Eng koʻp miqdorda poliploidlar dastlabki sovuq ta‘sir qilgan usulda hosil boʻlgan. 17 Tomchili usul bilan sun‘iy hosil qilingan poliploidlar urugʻi bilan ham tuganaklari bilan koʻpaytirilishi mumkin. Kartoshka seleksiyasida urugʻlarni va maysalarni kolxisinlash bilan birga ba‘zan tuganaklarni, maysalarni va butun palagini kolxisinlash mumkin. Kartoshkaning poliploidlarini hosil qilishda kolxisin usulini qoʻllamay tuganak ichki toʻqimalaridagi adventiv kurtaklaridan hosil qilish mumkin. (Yu.P.Laktev). Buning uchun tuganakning koʻzchalari kesib olinadi. Bir foizgacha poliploidlar adventiv kurtaklarni yaralanishi va kallus yonidagi toʻqimalardan yadrosi ikki karra xromosomalar soni ortgan vakuolalashgan toʻqimalarining boʻlinishi natijasida vujudga keladi. Amaliy seleksiya ishida poliploidlarni qoʻllashda muhimi shundaki ularni qoʻshimcha sitologik analizlar qoʻllamay ishonchli ajratish (idekdikasiya qilish). Kartoshkaning poliploid shakllari sust rivojlanishi, poyalari va barglari yoʻgʻonlashgan, oʻsimliklari toʻq yashil rangli, gulkosa va gultoj barglari kuchli tuklangan, gullari, changchi va urugʻchi yiriklashganligi bilan ajralib turadi. Poliploidlar oʻsimlik kattaligi, fertilligi meva va urugʻ hosil qilishi bilan turlicha boʻlishi mumkin. Urugʻidan hosil qilingan yosh kolxisinlangan oʻsimliklarni farq qiladigan belgilariga quyidagilar kiradi: urugʻ osti tizzasining (gipokotili) yoki uning qismini yoʻgʻonlanishi, urugʻ pallasini qorongʻi tusli va yosh bargchalarining qoʻpol tuklanishidir. Barg plastinkalarining shakli kuchli yoki qisman oʻzgargan. Eksperimental poliploidlarning amaliy seleksiyada maqsadi qimmatli belgili yovvoyi turlarning madaniy tetraploid kartoshka S. tuberosum bilan turlararo mos kelmasligini yengishdir. Eksperimental (sun‘iy) poliploidiya. Kartoshka ekini seleksiyasida bu usul chatishmaslikni yengish, yoki chatishtirishni osonlashtirish maqsadida turlarni polidligini (xromosomalar sonini karra oshirish) oshirish va navlar bilan chatishtirish maqsadida qoʻllaniladi. Buning uchun kolxisinning suvdagi 0,4 % eritmasini ikki usulda: nishlagan urugʻning o`sish nuqtasiga tomchilab solish va 18 kartoshkaning haqiqiy urugʻini shu eritmaga quyib to 2 mm li ildizchalar paydo boʻlguncha saqlash. Diploidlardan shu usulda avtotetraploid hosil qilinib (2n = 24) kolxisinlash oʻtkaziladi. → (4n = 48) ularni S. tuberosum bilan chatishtiradilar. Shu usuldan foydalanib bir necha turlarning poliploidlari hosil qilinib seleksiyada foydalanilgan (S. acaule, S. stoloniferum, S. chacaense va boshqalar). Oxirgi vaqtda kartoshkaning diploid turlarini amfidiploidiya usulidan foydalanib chatishtiradilar. Ikki diploid turlari chatishtirilib turlararo duragay hosil boʻladi, bu hosil boʻlgan duragayga kolxisin ta‘sir qilib xromosomalar sonini ikki hissa koʻpaytiriladi. Undan keyin hosil boʻlgan amfidiploid nav bilan chatishtiriladi. Masalan, 2n – 24 2n – 24 (S. vernei – x S. chacoense) x S. tuberosum S. vernei – 2n = 24 S. chacoense 2n = 24 S. tuberosum 24 = 48 S.Vernei x S. chacoense (S. Vernei x S. chacense) 2n = 24 2n = 24 turlararo duragay n = 12 n = 12 n = 12 + n = 12 = 2n = 24 Turlararo duragayga kolxisin ta‘sir qilib xromosomalar soni ikki barobar oshgan amfidiploid hosil qilinadi. 2 n = 24 x 2 = 2 n = 48 xromosoma (S. Vernei x S chocoeusc) x S tuberosum uch turli -2n=48 2n = 48 duragay amfidiploid fertil n = 24 2n=48 n = 24 Eksperimental (sun‘iy) gaploidiya. Bu usul madaniy diploid turlaridan digaploid hosil qilish va undan keyin turlararo chatishtirishni oʻtkazishga asoslangan. Birinchi boʻlib kartoshkaning digaploidlarini 1939 yilda Ye.V. Ivanovskiy Solanum tuberosum x S. Ribini (2n = 24) chatishtirishda hosil qilgan. Solanum tuberosum Solanum andegenum digaploidlarni hosil qilish uchun ularni 19 madaniy diploid turlari S. phyreja, S. rybinii, S. stenotomumlar bilan chatishtiradilar. Buning uchun maxsus marker belgili diploid turlaridan foydalanish kerak. Digaploidlarni chang donachalariga kimyoviy moddalar nurlar ta‘sir qilish, changlanishni bir muncha choʻzish, chang donachalarni oʻstirish usullaridan foydalanish mumkin. Geterozis asosida seleksiya. Geterozis hodisasi kartoshkaning turlararo duragaylashda yaqqol nomoyon boʻladi: Masalan, navlarni madaniy tetraploid S. tuberosum x, S. tuberosum (T x T), S. tuberosumx S. andigenum (T x A), S. tuberosum x diploid duragaylar (4n x 2n) chatishtirishdan hosil qilingan duragaylarni oʻrganish natijasida umumiy hosildorlik xususiyati boʻyicha geterozis hodisasi T x A va 4n x 2n kombinasiyalarida roʻy berganligi va T x T kombinasiyasida esa hosil boʻmaganligi aniqlangan. Mutagenez. Kartoshka oʻsimligida ham generativ ham vegetativ (somatik) mutasiyalar roʻy berishi mumkin. Ular tabiiy (spontan) yoki mutagen omillar ta‘sirida eksperimental yoʻl bilan hosil boʻladi. Spontan somatik mutasiyalar natijasida tuganaklarning, gullarning rangi, barg plastinkalarining pegmentasiyasi, bargining shakli, soni va kattaligi oʻzgarishi kuzatiladi. Mutasiya natijasida qimmatli xoʻjalik belgilarining oʻzgarishi kamdan kam uchraydi. Kartoshkani mutant shakllari sifatida ekinlardan tanlash oʻtkazish natijasida Rasset Berbank, Red Varba va boshqa navlar yaratilgan. Eksperimental mutasiyalar maxsus usullar ionizasiya nurlanishlar (gamma rentgen nurlari, neytronlar) va kimyoviy mutagenlar bilan ta‘sir qilib olinadi. Har bir ekin turi, xili ekining qismiga qarab mutagenlarning ta‘sir qiluvchi meyori, muddati (vaqti) alohida belgilanadi. Eng yaxshi natijalar ijobiy belgi va xususiyatli mutantlar kartoshkaning urugʻiga gamma nurlanishning 150 Gr dozasi tuganagiga 40–60 Gr dozasi ta‘sir qilinganda kuzatilgan. Insuxt (inbriding). Seleksiyada gomozigotali liniyalarini hosil qilishning asosiy usuli insuxt hisoblanadi. Lekin kartoshka oʻsimligida insuxt oʻtkazish osonlik bilan boʻlmaydi, chunki koʻp navlar pushtsiz va oʻzidan changlanishi 20 natijasida ulardan nasl olib boʻlmaydi. Fertil navlarining ikkinchi pushtidan boshlab hosildorligi pasayib meva (rezvavor) hosil qilish kamayadi. Insuxt qoʻllanishi natijasida ertapisharligi boʻyicha gomozigotali liniyalar ajratib olingan. Ular seleksiyada qoʻllanib ertapishar navlar yaratilgan. (Varba va boshqa navlar). Hujayra seleksiyasi. Bu usul yordamida turli belgi va xususiyatli boshlangʻich materil hosil qilish mumkin. Ilgari hujayra seleksiyasi usulini ekilib kelinayotgan navlarning ayrim kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida qoʻllash nazarda tutilgan edi. Ish jarayonida regenerant oʻsimliklar bir necha belgi va xususiyatlarini oʻzgaruvchan qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangan. Hatto ularda boshlangʻich navlarga nisbatan ijobiy oʻzgarishlar borligi kuzatiladi. Bunday oʻzgaruvchanlik kartoshka ekinining vegetativ koʻpayishi jarayonida nafaqat mutasiya va xromosom aberrasiya natijasida, balki oʻstiruvchi stimulyatorlar ta‘siri ostida selektiv sharoitida hujayra protoplastlar populyasiyalarini yoki kallusli koʻchirma (esplantat)larning somatik krossingoveri natijasida roʻy beradi. Bunday usulni qoʻllash natijasida fitoftoraning bir necha irqlariga, oddiy parshaga, xalqasimon chirish kasalligiga chidamli kartoshkaning shakllari hosil qilingan. Protoplastlarning qoʻshilishi bir biri bilan birlashtirish usuli yordamida jinsiy duragaylash orqali imkoniyati boʻlmagan xollarda ayrim turlararo somatik duragaylar hosil qilish mumkin. Shu usulda Kanadada S. tuberosum bilan S. brevidens turlari asosida duragaylar hosil qilingan. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling