Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
–jadval Ikki hosilli ekin asosida kartoshkani yangi navlarini yaratishning
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
12–jadval
Ikki hosilli ekin asosida kartoshkani yangi navlarini yaratishning jadallashgan jarayoni. Yil Odatdagi usulda nazorat) Yil Jadallashgan jarayon Ekish muddati Birinchi yil Birinchi yil urugʻ koʻchati. Birinchi Birinchi yil urugʻ koʻchati Bahorda Ikkinchi yil Seleksion pitomnik (1- tuganak reproduksiyasi) Ikkinchi Birinchi seleksion pitomnik Birinchi tuganak reproduksiyasi Bahorda Uchinchi yil Kontrol pitomnigi – ― – Ikkinchi seleksiya pitomnigi Ikkinchi tuganak reproduksiyasi Yozda Turtinchi yil Dastlabki nav sinash Uchinchi Birinchi kontrol pitomnik Uchinchi tuganak reproduksiyasi Bahorda Beshinchi yil Konkurs nav sinash – ― – Ikkinchi kontrol pitomnik Turtinchi tuganak Yozda 67 reproduksiyasi Oltinchi yil Konkurs nav sinash Turtinchi – ― – Dastlabki nav sinash Birinchi yil konkurs nav sinash Bahorda Yozda Yettinchi yil Konkurs nav sinash va ishlab chiqarish nav sinashi Beshinchi – ― – Ikkinchi yil konkurs nav sinashi ishlab chiqarish nav sinashi Bahorda Yozda ↓ ↓ Davlat nav sinashi Davlat nav sinashi Respublikamizda kartoshka seleksiyasi va urugʻchiligini samarali tashkil etishning ilmiy, amaliy va tashkiliy zamini yaratilgan. Koʻp yillik oʻtkazilgan tajribalar natijasida SamQXI (sobiq) negizida kartoshkachilik sohasida katta ilmiy maktab yaratilgan. Unda chunonchi, kartoshkaning serhosil, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish, birlamchi va umumiy urugʻchilik tartibi, seleksiya va urugʻchilikni jadallashgan usuli, yozda yangi kovlab olingan tuganaklardan foydalanib, bir yilda ikki marta hosil olish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Olimlar Rossiya, Belorussiya, Gollandiya, Germaniya, Isroil, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlar ilmiy tadqiqot muassasalari bilan kartoshka seleksiyasi sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan Samarqanddagi qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy ta‘lim muassasalarida 25 ta mamlakatdan keltirilgan va seleksiya usuli bilan yaratilgan 1250 ga yaqin kartoshka namunalarining genofondi toʻplangan. Bular 520 nav namunasi, 3 diploid turi, 345 duragay populyasiyalari, 156 turlararo duragaylari, 250 ta oʻzidan changlangan liniya va 20 ta klon avlodlaridir. Mazkur ekin genofondini boyitish yulida kolleksiyaga yangi xil nav, duragaylari, klonlari qoʻshilishi davom etmoqda. Yuqori hosilli, qulay sharoitlarga, xususan kasalliklarga chidamli, sifatli, hamda bir yilda ikki hosil beradigan kartoshka navlarini yaratish uchun ilmiy saloxiyat mavjud. Lekin faqat yangi navlarni yaratilishi bilangina kartoshkachilik muammolarini yechib boʻlmaydi. Yaratilgan 68 navlarni katta maydonlarga ekish uchun sharoitlarni hisobga olgan holda urugʻchilik tizimini to`g`ri yoʻlga qoʻyish lozim. Afsuski, hozircha Respublikamizda urugʻchilik asosi – birlamchi – elita va ommaviy urugʻchilik tizimi tashkil etilmagan. Urugʻlik kartoshka tanqisligini bartaraf etish maqsadida keyingi yillarda respublikamizga xorijiy mamlakatlardan yangi navlar keltirilmoqda. Hozirgi kunda Davlat reestriga kiritilgan navlar soni 116 ta, shundan faqat 10 tasidan ortig`i O‘zbekiston sharoitida yaratilgan, qolgan 100 dan ortig`i Rossiya, Germaniya, Gollandiyadan keltirilgan. Bizning fikrimizcha koʻp miqdordagi, ayniqsa bizning sharoitimizda yaratilmagan navlarni ekish zaruriyati yoʻq. Chunki turli xil navlarni ekish ekinning urugʻchilik sifatini nazorat qilishini qiyinlashtiradi, ular aralashib ketishiga olib keladi va urugʻlik rivojini murakkablashtiradi. Olimlarimiz tomonidan kartoshkaninng birlamchi urugʻchilik masalalari, serologik analizlariga asoslangan yakka va ommaviy tanlash, uchki meristema usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan foydalanish, botanik urugʻlardan urugʻbop va iste‘mol qilinadigan kartoshka yetishtirishning samarali texnologiyalari ishlab chiqilgan. Mamlakatimizning kartoshka ekish uchun qulay boʻlgan xududlarida elita yetishtiradigan va navdor urugʻliklarni koʻpaytiradigan xoʻjaliklarni tashkil etish lozim. Buning uchun urugʻchilikka Toshkent, Jizzax, Samarqand, Namangan va Qashadaryo viloyatlarining dengiz satxidan 800 m dan baland boʻlgan togʻ va togʻ oldi xududlarida tashkil etish zarur. Shuning bilan birga ushbu mintaqalarda joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini kartoshka urugʻchiligiga ixtisoslashtirib, urugʻlik kartoshka yetishtirishni tashkil qilish maqsadga muvofiq boʻladi. Kartoshkaning navdor I va II reproduksiyali urugʻlarini faqat urugʻlik maqsadida foydalanishni qat‘iy nazorat qilish va boshqa maqsad uchun ishlatilmaslik lozim. Respublikamizda qishloq xoʻjalik ekinlari seleksiyasini va urugʻchiligini yanada rivojlantirish, yangi yuqori hosilli, yaxshi sifatli, noqulay sharoitlarga, 69 kasallik va zararkunandalarga chidamli, mexanizasiya usullarini qoʻllashga mos, intensiv tipdagi navlarni yaratish va urugʻliklar bilan qishloq xoʻjaligini ta‘minlash maqsadida birlamchi va ommaviy urugʻchilikni tashkil qilishda koʻp tadbirlar qatorida asosiylaridan biri shu soha mutaxassislarini tayyorlashni son va sifatini oshirish lozim. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling