Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2009070 SARNAV
2006035 DIYORA
Oʻzbekiston Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. Mualliflar: Rasulov A.I, Xoliqov D, Rasulov M.A, Tursunov D,. Asqaraliyev X. 2008 yilda Toshkent viloyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. Kechpishar. Palagi oʻrtacha kattalikda, barglanishi oʻrtacha. Tuganak shakli ovalsimon. Poʻstining rangi och sariq, yuzasi silliq. Koʻzchalari yuza joylashlangan. Etining rangi och sargʻish rangda. Tuganak vazni 95 gr. Tami 4.5 ball. Oʻsuv davri 101 kun. Hosildorligi 2006-2007 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida oʻrtacha gektaridan 27.3 tonnani tashkil etgan. Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 20.7 %, vitamin S 21.6%, kraxmal 14.8%. 70 Ayrim belgilari: Makrosporioz va fuzarioz kasalliklariga chidamli, yangiligida iste‘molga va saqlashga moʻljallangan. Fermer xoʻjaliklari hamda aholi tomorqasiga ekishga tavsiya etiladi. 2009070 SARNAV Oʻzbekiston Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. Mualliflar: SIP-Xalqaro Kartoshkachilik Markazi, Rasulov A.I, Xakimov R.A, Xaliqov D.A, Tursunov D.T, Xolmuratov E.G, Nasыrova G.B, Abduraxmanov T.R. 2012 yilda Toshkent viloyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. Ertapishar. Palagi tik, baquvvat oʻsuvchan, koʻp poyali, oʻrtacha barglangan, guli oq. Tuganagi shakli ovalsimon, juda chiroyli, yirik. Poʻstining rangi sargʻish, koʻrinishi toʻrsimon. Tuganak vazni 81 gr. Tami 4.5 ball. Oʻsuv davri 97 kun. Hosildorligi 2010-2011 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida oʻrtacha gektaridan 26.6 t.ni tashkil etgan. Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 21.2 %, vitamin S 21.7%, kraxmal 14.0%, oqsil 1.31%, nitratlar 80 mg/kg. 71 Qayta ishlashga va yangiligida iste‘mol qilishga moʻljallangan. Kasalliklariga chidamli va saqlashga yaroqli. Fermer xoʻjaliklari hamda aholi tomorqasiga ekishga tavsiya etiladi. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling