Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Oddiy rangdorlik. Kasallik belgilari oʻsimlik bargida och yashil va sariq 
dog`lar yoki tarqalgan rangdorlik sifatida namoyon bo`ladi. Ba‘zan barg 
plastinkasini deformasiyaga uchragan boʻladi. Havo harorati past boʻlganda, 
kasallik belgilari kamayadi yoki umuman yo`qolishi mumkin. 
Kasallikni X va S viruslari qo`zg`atadi. Bu viruslar tuganaklarda saqlanadi, 
avloddan – avlodga beriladi, xashoratlar yordamida va kontakt yo`li bilan 
tarqaladi. 
Stolbur – barglarning maydalashib qolishi, barg plastinkasining balandga 
qarab egilishi, poya bo`g`in oraliqlarining qisqarishi bu kasallikning belgilaridir. 
O`suv davrining o`rtalariga kelib barglar pastdan boshlab so`lib, shalpayib 
qoladi, oʻsimlik asta – sekin quriydi. Bunday oʻsimliklardan mayda, burishgan 
tuganaklar olinadi. Bu tuganaklar ingichka ipsimon o`simtalar xosil qiladi. 
Kasallikni mikoplazmalar koʻzg`atadi. Qoʻzgʻatuvchi oʻsimliklar va sikadalar bilan 
tarqaladi. 
Muhokama uchun savollar: 
1. Kartoshka kasalliklarining qanday oldini olish yoki qarshi kurashish 
choralarini bilasiz? 
2. Qanday asosiy kasalliklar va ularning belgilarini bilasiz? 
3. Qanday virusli va mikoplazma kasalliklarni bilasiz? 


81 
KARTOSHKA VIRUS KASALLIKLARINING TARQALISHI VA 
ZARARIGA AGROBIOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI 
 
Darsning maqsadi: Kartoshka urug`chiligining aynishiga olib keluvchi 
virusli kasalliklarga agrobiologik omillarning ta‘sirini oʻrganish. 
Topshiriq: 
1. Agrobilogik omillar va ularni kasalliklarning koʻpayishiga ta‘sir 
darajasini oʻrganish. 
2. Tuproq, harorat va xashorotlarning kartoshka virus kasalliklarining 
rivojlanishiga ta‘siri bilan tanishish. 
 
Ma‘lumki qishloq xoʻjalik ekinlari, ayniqsa kartoshka hosildorligi muayyan 
tuproq iqlim sharoitini hisobga olgan holda yaratilgan navlarni toʻgʻri tanlanishi, 
ularning samarali urugʻchiligini tashkil etilganligi va har bir navning biologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan samarali yetishtirish 
texnologiyasini qoʻllanilishiga bogʻliq. 
Kartoshka moʻtadil iqlim ekini boʻlib, 29

C dan yuqori havo harorati 
oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi uchun salbiy ta‘sir koʻrsatadi. Bundan 
tashqari virus kasalliklarining keng tarqalganligi toʻgʻrisidagi yuqorida keltirilgan 
ma‘lumotlar O‘zbekistonda kartoshka seleksiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biri 
virus kasalliklariga chidamlilik boʻlib xizmat qilish lozimligidan dalolat beradi. 
Chunki bunday kasalliklar ekin urugʻchiligini qiyinlashtiruvchi asosiy omillardan 
biri hisoblanadi. Shuning uchun ham respublika sharoiti uchun mos navlarni 
yaratish va urugʻchilik tizimini ishlab chiqish sohaning dolzarb masalalardan 
boʻlib hisoblanadi.
O‘zbekistonda kartoshkani tezpishar navlari uchun urugʻchilik tizimi ishlab 
chiqilgan. Lekin nav assortimentining doimiy oʻzgarib turishi, ularning biologik 
xususiyatlarini har xilligi bu tizimga alohida yondoshuvni, ulardan yuqori va sifatli 
urugʻlik va tovar hosil olishni ta‘minlovchi agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va 
qoʻllashni talab etadi. Bu esa oʻz navbatida birlamchi urugʻchilik tizimidagi 


82 
texnologiyalarning ayrim elementlarini samaradorligini aniqlash asosida amalga 
oshirilishi lozim. 
Kartoshka virussiz urugʻchiligini tashkil etishning asosiy vazifalaridan biri–
yuqori hosildor, mahalliy sharoitlarga mos, zamburugʻ, bakteriya va virus 
kasalliklariga 
chidamli 
navlarni 
tanlash 
va 
rayonlashtirilgan 
navlarni 
sogʻlomlashtirish asosida sifatli urugʻlik material yetishtirishdan iborat. 
Kartoshkaning virus, viroid va mikoplazma kasalliklari bu ekin ekilayotgan 
barcha yerlarda uchraydi. Lekin, O‘zbekiston sharoitida bunday kasalliklar keng 
tarqalgan. Bu yerda kartoshkaning barg buralish, rangdorlik kasalliklari va stolbur 
keng tarqalgan.
Virus kasalliklari urugʻlikning zararlanish darajasi, nav xususiyatlari, virus 
turi va tuproq–iqlim sharoitlariga qarab hosilni 70% va undan ziyod kamayishga, 
mahsulot sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bu holat oʻsimlikning turli fiziologik jarayonlari bilan bogʻliq ravishda yuz 
beradi. Bunday ta‘sirni oʻsimlikdagi fotosintez jarayonining, suv balansining 
buzilishi, transpirasiyasining buzilishi jarayonlari bilan izohlash mumkin. Bundan 
tashqari, zararlangan oʻsimlik barglarida quruq modda va xlorofill miqdorining 
oʻzgarishi, transpirasiya va nafas olish intinsivligining susayishi kuzatiladi. 
Zararlangan oʻsimlik tuganagida ham quruq modda, kraxmal, S vitamini kamayib 
boradi va tuganaklar yumshoq, shaklining oʻzgarishi kuzatiladi. 
Tuproq-iqlim sharoitlari, ekining entomofitopatologik holati, xoʻjaliklarni 
yuqori reproduksiya urugʻliklar bilan ta‘minlanganligi, ekiladigan navlari kabi 
omillar Zarafshon vohasining togʻ oldi mintaqasida asosan yengil holdagi virus 
kasalliklari tarqalganligini, tekislik mintaqasida esa barg buralish va rangdorlik 
kasalligining ogʻir formalari tarqalganligini koʻrsatadi.
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, viruslar va ular bilan zaralanish oʻsimliklarda 
ikki turda bulishi mumkin: yashirin va yaqqol formada. Birinchi holda kasallangan 
oʻsimliklarning tashqi koʻrinishi sogʻlom boʻlsada, lekin ularda virus viroid va 
mikoplazmalar infeksiyalari boʻlishi mumkin.


83 
Ba‘zi mualliflar bu oʻsimliklarning virus kasalliklari bilan zararlanishining 
yashirin (yaqqol belgilari paydo boʻlmasdan) holdagi shaklini oʻsimliklarning 
infeksiya tushgan dastlabki bosqichi bilan bogʻlashsa, boshqalari kasallik 
belgilarining paydo boʻlmasligini navning chidamlilik xususiyati bilan bogʻlashadi. 
Lekin har ikki holda ham bunday shakldagi kasallanish kartoshka uchun xavfli 
hisoblanadi. Ya‘ni, birinchidan, latent holdagi zararlanishda ham hosildorlikning 
pasayishi kuzatilsa, ikkinchidan viruslarning keyingi tarqalishi uchun «oʻchoq» 
boʻlib hisoblanadi. 
Tajribalarning 
koʻrsatishicha, 
yashirin 
shakldagi 
viruslar 
bilan 
oʻsimliklarning zararlanish darajasi va keltiradigan zarari tuproq iqlim sharoiti, nav 
xususiyatlari va qoʻllaniladigan agrotexnik tadbirlarga bogʻliq boʻladi. 
Tekislik zonasida entomofil sanaladigan U virusi (43,8–63,4%) togʻ-oldi 
(24,6–47,2) va togʻ zonalariga (17,7– 32,3%) nisbatan keng tarqalganligi 
aniqlangan boʻlsa, kontakt usulda tarqaladigan viruslarning tarqalishi esa ekinni 
yetishtirish zonasiga bogʻliq emas. Bu tekislik zonasida virus tashuvchi 
hashoratlarning keng tarqalganligi bilan bogʻliq. 
Yashirin shakldagi viruslarning kartoshka hosildorligiga ta‘sirini oʻrganish 
natijalaridan ma‘lum boʻlishicha, keltiradigan zarari boʻyicha ular yaqqol holdagi 
kasalliklardan qolishmasligi aniqlangan. Viruslar turi, nav xususiyati, tuproq iqlim 
sharoiti va agrotexnikaga bogʻliq ravishda kartoshka hosildorligini 4–67 % 
pasaytirishi aniqlangan. Agrotexnik tadbirlar va ekologik sharoitlar ham viruslar 
keltiradigan zarar miqdoriga (16–23%) ta‘sir koʻrsatadi.
Yaqqol formadagi kasallanishda esa oʻsimliklarning tashqi koʻrinishida 
kasallik belgilari namoyon boʻladi.
Kasallik simptomlari infeksiya turiga, shtammiga va tashqi sharoitlariga 
qarab turlicha boʻlishi mumkin. Ba‘zi tadqiqotchilar bir xil viruslar bir xil 
sharoitda turlicha kasallik belgilarini namoyon qilishini ta‘kidlaydilar. Shuning 
uchun ham bu kasalliklarni aniqlash va unga qarshi kurashish ancha murakkab va 
maxsus malakani talab etadi.


84 
Togʻ oldi mintaqalari oʻsimliklar burishgan rangdorlik, chiziqli rangdorlik 
va barg buralish kasalliklari bilan kam zararlanadi. Lekin, Serologik analizlarning 
tasdiqlashicha, yetishtirish mintakasidan qat‘iy nazar oʻsimliklar yashirin holdagi 
viruslar bilan deyarli bir xil zararlangan. Bundan xulosa qilish mumkinki, togʻ oldi 
sharoitlari kartoshkaning oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay imkoniyat boʻlganligi 
sababli kasallik belgilari yashirin holga oʻtadi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, viruslarning kasallangan oʻsimliklardan 
sogʻlomlariga oʻtish usullari ham xilma-xil boʻlib, ular orasida hashoratlarning 
oʻsimlik shiralarining transmission xususiyatlari infeksion kasalliklarning keng 
tarqalishini belgilovchi omillardan boʻlib hisoblanadi. Bu esa oʻz navbatida 
ularning kuchli migrasion qobiliyati, tez koʻpayishi, intensiv harakati va boshqa 
biologik xususiyatlari bilan bogʻliq. Shuning uchun ham muayyan sharoitda 
oʻsimlik shiralarining tarqalishi, tur tarkibi va uchish dinamikasi toʻgʻrisidagi 
ma‘lumotlar qishloq xoʻjalik ekinlarini havfli virus kasalliklaridan himoya qilishda 
hisobga olinishi kerak boʻlgan muhim biologik ma‘lumotlardan boʻlib hisoblanadi. 
Hashoratlarning ogʻiz apparati kemiruvchi tipda boʻlgan vakillari esa, kuchli 
virus tashuvchi boʻlib hisoblanmaydi, ya‘ni ular oʻsimlik toʻqimalari bilan 
oziqlanishi mobaynida toʻqimani chuqur zararlaydi, natijada oʻsimlikning 
zararlangan qismlari virus infeksiyasi bilan birgalikda nobud boʻlishiga olib keladi.
Ma‘lumotlarga koʻra mavjud 300 dan ortiq oʻsimlik viruslaridan 90 tasi 
oʻsimlik shiralari orqali, qolganlari esa boshqa hashoratlar yordamida tarqaladi. 
O‘simlik shiralari viruslarni mexanik va biologik usullarda tarqatishi 
mumkin. Mexanik usulda virus tarqatilganda hashorat kasallangan ogʻiz apparati-
stiletini oʻsimlik toʻqimasiga suqadi va va uning stiletida virus komponentlari 
(virionlar) oʻrnashib qoladi va navbatdagi sogʻlom oʻsimlikda oziqlanishi orqali 
infeksiyalar yuqtiriladi. 
Biologik usulda viruslarni tarqalishida esa kasallangan oʻsimlik bilan 
oziqlangandan keyin hashorat virofor holatga oʻtadi va u umrbod virus tashuvchiga 
aylanadi. Bunday uzatish orqali orqali (persistent) barg buralishi kasalligi tarqaladi.


85 
Ma‘lumotlarga koʻra, kartoshka viruslarini 30 ga yaqin oʻsimlik shiralari 
tarqatadi, shaftoli shirasi esa 70 xil virusni tarqatishi mumkin. 
O‘simlik shiralarining koʻp turlari uchun ular oziqlanadigan oʻsimliklarning 
va oʻz xayotida partenogenetik va jinsiy koʻpayish kabi prosesslarining almashinib 
turish xususiyatlari bor. Yozda shiralar turli xil oʻsimliklarda oziqlanadi va jinssiz 
(partenogenetik) usulda koʻpayadi. Kuzda ular turli xil daraxtlarga uchib oʻtadi, 
qishlaydigan tuxumlarini qoʻyadi. Shiralarning xar bir turi alohida daraxtlarda 
qishlaydi. Masalan, shaftoli shirasi tuxumlari faqat shaftoli va olxoʻrida qishlay 
oladi, krushina shirasi–jumriut (Rhamnus cathartica),itjumrutda (Frangula alnus 
Mill), lavlagi shirasi esa normushk (Evonymus semlnovii), Chingiz (Viburnum 
opulus), jasminda (Jasminium truticans L.) qishlaydi. Bundan tashqari, toʻliq 
rivojlanish siklini oʻtmagan ba‘zi shiralar ikki yillik oʻsimliklar barglari oralarida 
ham qishlash davrini oʻtashlari mumkin.
Shuning uchun ham bu oʻsimliklar kartoshka viruslarining ―oʻchoqlari boʻlib 
xizmat qilishi mumkin. Bu oʻsimliklardan viruslar kartoshkaga oʻtishi mumkin va 
aksincha. ―Izlab uchish‖ vaqtida qanotli shiralar uncha katta boʻlmagan (2 m. 
gacha) balandlikda uchadi. Kartoshkaning seleksion navlari shiralarning qanotli va 
qanotsiz shakllari uchun ozuqa manbai hisoblanadi. Ekologik iqlim sharoitlari, nav 
xususiyatlari va qoʻllaniladigan agrotexnik tadbirlarga qarab kartoshka 
paykallarida oʻsimlik shiralarning miqdori har xil boʻlishi mumkin. 
Kartoshkaning hali nozik barra barglarini, yosh va kasallanganlarini oʻsimlik 
shiralari xush koʻradi. Bundan tashqari, yaxshi tuproq unumdorligiga ega boʻlgan 
va mineral oʻgʻitlar yuqori normada berilgan uchastkalarda shiralarning miqdori 
koʻproq boʻladi. Chunki bu sharoitlar ularning koʻpayishi va rivojlanishi uchun 
qulay hisoblanadi.
O‘simlik shiralari taraqqiyotida tashqi muhit oʻrin tutadi. Ularning miqdori 
va harakatchanligi tashqi muhitga bogʻliq boʻlgan kompleks faktorlarga jumladan, 
havo harorati, namligi, yogʻingarchiliklar miqdori, shamol kuchi va yoʻnalishiga 
bogʻliq.


86 
Havo harorati 23
0
C va namligining 70% boʻlishi oʻsimlik shiralari uchun 
eng qulay hisoblanadi. Agar havo harorati 13
0
C dan pasaysa va 30

C dan oshsa 
ular uchishi toʻxtaydi 
O‘simlik shiralari uchun dengiz sathidan baland boʻlgan togʻ va togʻ oldi 
hududlar noqulay sharoit boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday 
sharoitlarda shiralar populyasiyasi kam uchraydi. Olimlar tashkiliy tadbirlar 
sifatida, birlamchi urugʻchilik pitomniklari uchun virus kasalliklari va ularni 
tashuvchilar kam tarqalgan joyni tanlashni tavsiya qiladilar. 
O‘zbekistonning ekologik va tuproq-iqlim sharoiti yuqori yozgi harorat va 
namlikning nisbatan pastligi bilan xarakterlanadi, shu bilan birga kartoshkaning 
virus kasalliklarini keng tarqalganligi bu savolga alohida yondashishni, muayyan 
sharoitda viruslarning ―uchoqlari‖, ularni tashuvchi oʻsimlik shiralarining 
tarqalishi, rivojlanish dinamikasi, tur tarkibi kabi ma‘lumotlar asosida birlamchi 
urugʻchilikning tashkil etilishi ekinning virussiz asosdagi urugʻchiligining 
samaradorligini belgilovchi muhim agrobiologik omillar boʻlib hisoblanadi. Ya‘ni, 
kartoshka urugʻchiligi uchun dastlabki material sifatida sogʻlomlashtirilgan yoki 
toʻliq sogʻlom tuganaklardan foydalanib, ularni kupaytirish esa ekinning oʻsishi va 
rivojlanishi uchun qulay boʻlgan va infeksiya tashuvchi hashoratlar kam tarqalgan 
zonalarda olib borish kerak. 
Kartoshkaning virussiz asosdagi urugʻchiligini tashkil etishning asosiy 
vazifalaridan biri–yuqori hosildor, mahalliy sharoitlarga mos, zamburugʻ, 
bakteriya va virus kasalliklariga chidamli navlarini tanlash va rayonlashtirilgan 
navlarni sogʻlomlashtirish asosida sifatli urugʻlik material yetishtirishdan iborat. 
Sogʻlomlashtirishning eng oddiy va amalda qoʻllanib kelinayotgan usuli boʻlib, 
sogʻlom oʻsimliklarni vizual kuzatish va serologik analizlarga asoslanib tanlash 
hisoblanadi. 
Tanlashning samaradorligini oshirish maqsadida tanlab olingan oʻsimliklarni 
qayta tekshirib koʻrish kerak. Tanlovlar iloji boricha oʻsimliklar kasallanmagan 
uchastkalarda (birinchi va ikkinchi yil klonlarini sinash, superelita pitomniklarida) 
oʻtkazilgani ma‘qul. 


87 
Ma‘lumotlarga qaraganda tanlash asosida urugʻlik materialning viruslar 
bilan kasallanishi 76% dan 6,7% gacha pasayishiga erishilgan va bu tabiiy holda 
hosildorlikning oshishiga olib keladi. Masalan, 4 yil mobaynida tanlash oʻtkazilgan 
urugʻlikning hosildorligi oʻrtacha 34,2% oshgan. O‘zbekiston sharoitida esa 
Samarqand qishloq xoʻjalik instituti olimlari tomonidan olib borilgan ishlar 
natijasida esa bu koʻrsatkich 30-45% ga yetgan. 
Ba‘zi olimlarning fikricha, ishning samaradorligi tanlashda qoʻlanadigan 
tadbirlarning yigʻindisi bilan ham aniqlanadi. Masalan, ba‘zi mualliflarning 
ma‘lumotlariga koʻra tanlashda serologik analizlarning qoʻllanilishi natijasida faqat 
chamalab (vizual usulda) tanlanganga nisbatan sogʻlom oʻsimliklarning chiqimi 
koʻproq boʻlgan. 
Tajribalarning koʻrsatishicha, har doim ham serologik analizlar 100% 
aniqlikda sogʻlom oʻsimliklarni tanlab olish imkonini bermaydi. Ya‘ni tanlab 
olingan oʻsimliklar orasida serologik analizlar aniqlash mumkin boʻlgan darajadagi 
viruslar konsentrasiyasidan kam boʻlgan kasallangan oʻsimliklar oʻtib ketishi 
mumkin. Bundan tashqari, tanlash aniqligiga mutaxassislarning tayyorgarligi, 
texnik va metodik kamchiliklar ham ta‘sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham 
tanlangan material qish vaqtida indeksasiya usulida vizual kuzatish va serologik 
analizlar orqali virus va mikoplazma kasalliklari bilan zararlanganligi aniqlanadi. 
Agar nav virus, mikoplazmalar bilan kuchli zararlangan boʻlsa, vizual 
kuzatish va serologik analizlarga asoslangan tanlovlar yaxshi samara bermaydi.
Keyingi paytlarda ilgʻor mamlakatlarda kartoshkani virus, mikoplazma va 
bakterial kasalliklaridan sogʻlomlashtirishning termoterapiya, ximeoterapiya va 
uchki (apikal) meristema usullaridan keng foydalanilmoqda. 
Termoterapiya usuli kartoshkani sogʻlomlashtirishda tuganaklarni ma‘lum 
harorat ostida saqlashga asoslangan. Bunda ham yuqori, ham past haroratlardan 
foydalanish mumkin. 
Hozir tuganaklarni sutkasiga 2-3 soat davomida 40 
0
C va 16-20 soat 
mobaynida esa 20
0
C haroratda 50 kun davomida saqlanib sogʻlomlashtirish usuli 
qoʻllanilmoqda.


88 
Olimlar bunday usulda harorat darajasiga e‘tibor berishni tavsiya etishadi. 
Masalan, tuganaklarni bir xil 37,5 
0
C haroratda 25 kun mobaynida saqlash 70% 
tuganaklarning nobud boʻlishiga olib kelgan.
Ximeoterapiya usulining viruslardan sogʻlomlashtirishning mexanizmini 
mualliflar, 
viruslar yopishgan oqsil molekulalarini sintez boʻlishining 
sekinlashuviga ta‘sir etishi bilan tushuntiradilar. Kartoshkachilikda bu usul keng 
tarqalmagan. 
Kartoshkani viruslardan sogʻlomlashtirishning uchki meristema usuli 
undirilgan tuganaklar oʻsimtasining eng uchki 0,1-0,3mm qismining ajratib olinishi 
va uni maxsus oziqa muhitida oʻstirib sogʻlom oʻsimliklar olishga asoslangan. 
Uchki (apikal) meristemadan olingan oʻsimliklarning sogʻlom boʻlishining 
sababini ba‘zi mualliflar uchki toʻqimalarning tez boʻlinishi natijasida viruslarning 
bu qismiga yetib ulgurmasligi bilan bogʻlab tushuntiradilar, ba‘zilari esa ajratib 
olingan meristema toʻqimalarining maxsus ozuqa muhitida oʻstirilganligi sababli 
infeksiya inektivasiyaga uchrashi mumkinligi bilan izohlashadi. 
Uchki meristema usulida sogʻlom oʻsimliklar olishning muvaffaqiyati ajratib 
olingan toʻqimalarning kattaligi bilan bogʻliq boʻlib u qancha kichik boʻlsa, 
sogʻlom oʻsimliklarning chiqish imkoniyati shuncha yuqori boʻladi. 
Bunday usulda sogʻlomlashtirilgan oʻsimliklar virus, bakteriya va 
mikoplazma, zamburugʻ kasalliklaridan toʻla ozod boʻlgani uchun ham hosildor 
boʻladi. 
O‘zbekiston sharoitida ham bunday tuganaklardan yetishtirilgan elitaning 
hosildorligi odatdagi usulda yetishtirilganga nisbatan 25-30% yuqori boʻladi. 
Dunyo boʻyicha keyingi yillarda kartoshkani vegetativ koʻpaytirish bilan 
birga botanik usulda yetishtirish usuli joriy etilmoqda. Bu usul Rossiya AQSh, 
Xalqaro kartoshkachilik ilmiy tadqiqot markazida (Peru, Lima) va Xitoyda sifatli 
urugʻlik tuganaklar olish usuli sifatida qoʻllanilmoqda. 
Ekinning Janubiy Amerikadan introduksiyasi davrida botanik urugʻlaridan 
kartoshka yetishtirish Yevropa davlatlarida dehqonlarning tomorqalarida 
qoʻllanilgan. Bu navlar shu davrda yuqori fertillikka boʻlib genotipi va gomozigota 


89 
holida boʻlgani sababli ham olingan avlod bir xil boʻlgan. Lekin keyinchalik 
seleksiya ishlarining olib borilishi bilan navlarda fertillik kamayib geterozigotalik 
kuchayganligi sababli ham bu usulda kartoshka yetishtirish katta maydonlarga 
kengaymadi. Kartoshkani urugʻidan yetishtirish muammosi koʻp tadqiqotchilar 
shugʻullanganlar. 
O‘zbekistonda botanik urugʻlardan kartoshka yetishtirish asosan seleksiya 
maqsadlarda foydalanilmoqda. Bunda duragaylar va duragay populyasiyalari 
yaratib, ular orasidan kerakli belgi va xususiyatlarga ega boʻlgan klonlarni tanlash 
imkoniyati yaratiladi. Olimlarning ta‘kidlashicha, koʻchatlarning oʻsuv davri 
davomiyligi bilan tezpisharlik oʻrtasida toʻgʻri korrelyativ bogʻliqlik bor. Jumladan 
ba‘zi olimlarning ma‘lumotlariga koʻra (7; 3 b.) koʻchatlarni dalaga oʻtkazish 
vaqtida tuganaklarning paydo boʻlganligi tezpisharlikni bildiradi. Bundan tashqari, 
koʻchatlar 4 ta bargli boʻlganda ertapishar formalarda uzunligi 2-4 sm boʻlgan 
stolonlar hosil boʻlsa, kechpishar formalarda esa ular umuman hosil boʻlmagan 
boʻladi. Shuning uchun ham botanik urugʻlardan yetishtirilganda oʻsimliklarning 
ba‘zi bir morfologik belgilariga asoslanib O‘zbekiston sharoiti uchun muhim 
boʻlgan tezpishar formalarni tanlash imkoniyati tugʻiladi. 
Kartoshkachilikda ekinni botanik urugʻlaridan koʻpaytirish doimo katta 
qiziqish bilan qaraladi. Kartoshkani bu usulda yetishtirish tuganaklari bilan 
yetishtirilganiga nisbatan koʻpgina afzalliklarga ega. 
Kartoshkani urugʻlari bilan yetishtirish gektariga maydon uchun sarf 
qilinadigan 3,0-3,5 tonna urugʻlik kartoshkani tejash imkonini beradi, kerakli 
sharoit ta‘minlansa urugʻlarining unuvchanligi uzoq vaqt (10-15 yil) saqlanadi, 
virus, bakteriya va zamburugʻ kasalliklaridan holi boʻladi. Bundan tashqari, 
tuganaklarni saqlash va tashish uchun qilinadigan xarajatlar kamayadi. 
Urugʻchilikda bu usulning samaradorligi yana shu bilan belgilanadiki, 
olingan oʻsimliklar zamburugʻ, bakterial va virus kasalliklardan sogʻlom boʻladi. 
Buning sababini tadqiqotchilar kartoshka jinsiy koʻpaytirilganda kasallik 
qoʻzgʻatuvchilarning avlodga berilmasligi bilan bogʻlashadi.


90 
Boshqa mualliflarning ta‘kidlashlaricha, ba‘zi mozaik viruslar botanik 
urugʻidan yetishtirilganda juda kam miqdorda avlodga beriladi. O‘simliklarning 
past darajada viruslar bilan kasallanishi esa ularning oʻsuv davri davomida yuz 
beradi yoki urugʻ yuzasidagi infeksiya ta‘sirida yuz beradi. 
Kartoshkani botanik urugʻlari orqali koʻpaytirish usulini ba‘zi mualliflar 
karantinda kartoshka namunalarini sogʻlomlashtirish uchun foydalanishni tavsiya 
etadilar. Chunki bunday usulda sogʻlom oʻsimliklarni tanlash imkoniyati yuqori 
boʻladi. 
O‘zbekistonda koʻpgina olimlar tomonidan botanik urugʻidan kartoshka 
yetishtirishning agrotexnik masalalari oʻrganilgan. 
O‘zbekiston 
sharoitida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida botanik 
urugʻlaridan yetishtirilgan ayrim koʻchatlarning, har bir tupidan 470-530 gramm 
oʻstirish sharoitiga qarab 1-3 kg hosil olish mumkin. Ularning birinchi va ikkinchi 
tuganak reproduksiyalari esa gektaridan 198,7-234,t sentnergacha hosil bermoqda. 
O‘zbekiston sharoitida oʻtkazilgan tajribalar natijalariga asoslanib ba‘zi 
olimlar botanik urugʻidan yetishtirib kartoshkaning virussiz urugʻchiligi uchun 
sogʻlom dastlabki material yaratishni tavsiya etadilar. 
Lekin bunday usulda dastlabki material yaratish uchun mos nav va 
namunalarning ajratilishi, ularning tuganak reproduksiyalarining oʻsishi, 
rivojlanishi, hosildorligi va urugʻlik sifatlari yetarli darajada oʻrganilmagan.
Keltirilgan ma‘lumotlarga asoslanib shuni xulosa qilish mumkinki, 
kartoshkani botanik urugʻidan yetishtirib virussiz asosdagi urugʻchiligi uchun 
dastlabki 
material 
sifatida 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
oʻrganish 
kartoshkachilikning dolzarb muammolaridan boʻlib hisoblanadi. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling