Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
Ekinni parvarish qilish. Ertagi kartoshka odatda 20-25 kundan keyin
koʻkarib chiqadi. Bu vaqt ichida ekinni begona oʻt bosib ketadi, bahorgi yogʻingarchiliklar tufayli tuproq zichlashib qatqaloqlashadi. Natijada endi una boshlagan urugʻlik tuganak yotgan tuproqning havo va issiqlik rejimi yomonlashadi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun ertagi kartoshkaning birinchi va asosiy parvarishi unib chiqqungacha yerni 1-2 marta boronalash hisoblanadi. Kartoshka toʻrsimon boronalar yoki zig-zag borona yordamida koʻndalangiga ishlanadi. Bu bilan tuproqning havo va suv rejimi yaxshilanadi, maysalarning qiygʻos unib chiqishi uchun qulay sharoit ta‘minlanadi, qatqaloq va begona oʻsimliklar ancha yoʻqotiladi. Maysalar unib chiqquncha qator oralari toʻrsimon borona osilgan kultivator bilan 1-2 marta ishlov berilsa ham hosil 12- 15 % gacha oshadi. Bunda bir vaqting oʻzida ekin qator oralari va egatlar yumshatilib, yoppasiga ishlanadi. Toʻrsimon borona juda yengil, uning tishlari bir-biriga sharnir usulida biriktirilgan boʻladi. Shu boisdan boronalayotganda egatni sira buzmaydi, urugʻlik va una boshlagan maysalarni shikastlamaydi, u egat marzasini 5-7 sm. chuqurlikda yumshatadi. Ertagi kartoshka ekilgan yer 10-12 kundan keyin boronalanadi va kultivasiya qilinadi, keyinchalik bu ish yana 10-12 kundan keyin takrorlanishi mumkin. Maysalar toʻliq koʻkarib chiqqandan keyin boronalash toʻxtatilib, qator oralari birinchi marta 12-14 sm. chuqurlikda, keyingi martalarida esa 14-16 sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. Kartoshka hosil toʻplashga toʻla kirguncha, har galgi sugʻorishdan yoki yogʻingarchilikdan soʻng, kultivasiya qilib turiladi. Ertagi kartoshka yetishtirishda gerbisidlar foydalanilmagan maydonlarda ekinni begona oʻtlardan toza holda saqlash uchun chopiq qilish ham zarur tadbir hisoblanadi. Kartoshkani chopiq qilishning yana ahamiyati shundaki, tuproq yumshab, koʻproq hosil tugish uchun qulay sharoit tugʻilibgina qolmay, balki 96 tuganaklarni yozgi issiqning zararli ta‘siridan ham saqlaydi. Ekin oʻsuv davrida holatiga va navning tezpisharligiga qarab bir-ikki marta chopiq qilinadi. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling