Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAHORGI KARTOSHKANI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Darsning maqsadi
- Yer tanlash va tayyorlash.
Muhokama uchun savollar:
1. Kartoshka kasalliklarining qanday oldini olish yoki qarshi kurashish choralarini bilasiz? 2. Qanday asosiy kasalliklar va ularning belgilarini bilasiz? 3. Qanday virusli va mikoplazma kasalliklarni bilasiz? 91 BAHORGI KARTOSHKANI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Darsning maqsadi: Bahorgi muddatda kartoshka yetishtirish texnologiyasi boʻyicha talabalarga bilim va koʻnikmalar hosil qilish. Topshiriq: 1. Talabalarni bahorgi muddatda kartoshka yetishtirishda nav tanlash, yerni ekishga tayyorlash kabi texnologik elimentlar bilan tanishtirish. 2. Baxorgi muddatda kartoshka yetishtirishda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishda qo`llaniladigan pestrisidlar bilan tanishish. Nav tanlash. Ertagi kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olish eng avvalo oʻsuv davri 70-90 kun boʻlgan tezpishar va oʻrtatezpishar navlar: Quvonch-16 56m, Baxro-30, Hamkor-1150, Toʻyimli, Bardoshli-3, Umid Gollandiyadan keltirilgan Sante, Romano, Marfona, Arinda, Kondor, Binella, Arizona, Evolyushn, Pikasso, Kosmos, Germaniyadan keltirilgan Likariya kabilar ekilgandagi olinadi. Oʻrtapishar ya‘ni oʻsuv davri 90 kun va undan ziyod oʻrtapishar navlar ertagi kartoshka yetishtirish ko`pham maqsadga muvofiq emas. Chunki, ularda hosil tugish yozning jazirama issiq kunlariga toʻgʻri kelib qoladi. Yer tanlash va tayyorlash. Ertagi kartoshka uchun poliz, piyoz, karam, kechki bodring, sabzi va dukkakli-don ekinlaridan boʻshagan yerlar eng yaxshi boʻlib, yuqori hosil beradi. Lekin shuni aytish kerakki, ertagi kartoshkani, tamaki, pomidor, boyimjon, qalampir kabi ituzumdoshlar oilasiga mansub ekinlardan keyin ekish mutlaqo mumkin emas. Birinchi yil buzilgan bedapoyaga ham ertagi kartoshka ekish tavsiya etilmaydi. Chunki, bu vaqtda beda ildizi chirib ulgurmaydi. Ertagi kartoshka yengil qumoqli mexanik tarkibiga ega oʻtloq, oʻtloq-boʻz tuproqlarda, daryo yon bagʻri uchastkalarida, togʻli va togʻoldi zonalarida yaxshi oʻsib, yuqori hosil beradi. Shuning uchun bunday maydonlar ertagi kartoshka ekish uchun kuzda gektariga 20-30 t yarim chirigan goʻng, 250—300 kg ammofos va 160—200 kg kaliy sulfat yoki kaliy tuzi solinib, 28—30 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Erta bahorda shudgor chizel-kultivatorlar hamda zig-zag boronalar yordamida ishlanadi 92 va mola bostirib, ertagi kartoshka ekiladi. Ertagi kartoshka uchun yerni haydash va ekisholdi tayyorlashda Gollandiyaning «Dominator» markali frezali kultivatoridan foydalanish samaralidir. Chunki, u tuproqni yumshatish, tekislash va yuza zichlashni birdaniga amalga oshiradi. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling