Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Muhokama uchun savollar 
1. Kartoshka yetishtirishda nav omilining ahamiyati nimadan iborat? 
2. Kechki kartoshka hosilini saqlashda qanday usullardan foydalansa 
boʻladi? 
3. Qanday usullar yordamida yozgi muddatda yetishtirilgan kartoshka 
iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin? 


102 
4. IKKIHOSILLI EKIN SIFATIDA KARTOSHKANI OʻSTIRISH 
TEXNOLOGIYASI 
Darsning maqsadi: Talabalarga yozda yangi kovlab olingan tuganaklarini 
oʻstiruvchi stimulyatorlar bilan ishlangandan soʻng ikkihosilli ekin sifatida 
kartoshka yetishtirish texnologiyasi bilan tanishtirish. 
Topshiriq: 
1. Kartoshkani ikkihosilli ekin sifatida yetishtirish uchun navlarga 
qo`yiladigan talablarni oʻrganish. 
2. Ikkihosilli ekin sifatida kartoshka yetishtirishning afzalliklarini oʻrganish. 
Kartoshkani ikkihosilli ekin sifatida muvaffaqiyat bilan oʻstirish koʻp jihatdan 
tinim davri qisqa nishlatuvchi va oʻstiruvchi stimulyatorlar ta‘sirida tinim davridan 
tez chiqadigan koʻkaradigan ertapishar navlarni toʻgʻri tanlash va keng joriy 
etishga bogʻliq. Hozirgi kunda respublikamiz turli tuproq- iqlim sharoitlarida 
ikkihosilli ekin sifatida yetishtirish uchun tinim davri qisqa boʻlgan kartoshkaning 
Santé, Arenda, Evolyushn, Saviolla Quvonch-16/56M, Hamkor-1150 kabi bir 
qancha navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. 
E.I. Davoyan, A.M. Zinchenko, A.I. Kolesnik (2001) Krasnodar oʻlkasi 
sharoiti kartoshkaning 17 ta tezpishar navlarini ikki hosilli ekin sifatida 100 litr 
suvda 4 milligram gibberillin, va 20 milligram qaxrobo kislotasidan iborat 
eritmada bir soat davomida ivitib oʻrganish asosida eng yaroqli navlar: Jukovskiy 
ranniy, Nevskiy, Mayka, Dizire va Nikita ekinligini aniqlaganlar. Bu navlar 
bahorda gektardan 15-17 t/ga; yozda ekilganda esa 8,4-9,7 tonna hosildorlikni 
ta‘minlab, urugʻlik koʻpayish koefisentini oshishda, urugʻ sifatining 
yaxshilanishida va urugʻchilik ishlarini qisqarishda afzal ekanligini qayd etdilar. 
Oʻzbekistonda kartoshkani ikkihosilli ekin sifatida oʻstirish, ya‘ni ertagi 
kartoshka yangi hosilini kovlab, yozda qayta ekish yoʻli bilan bir yilda ikki marta 
hosil olish masalasi katta ahamiyatga ega. Yangi kovlab olingan tuganaklarni 
yozda qayta ekish texnologiyasini ishlab chiqish va xoʻjaliklarga keng joriy etish: 
1. Urugʻlik kartoshkani qish-bahor yoz oylarida uzoq saqlashga zarurat 


103 
qolmaydi. Natijada saqlash mobaynida nobud boʻlish bartaraf qilinadi. 
2. Kartoshka ekologik va virusli aynishiga qarshi kurashning eng ya xshi 
yoʻli va tezpishar navlar urugʻchiligining hamda sugʻoriladigan yerdan 
foydalanishning samarali usulidir. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling