Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

GLOSSARI 
Autbriding - bir-biriga irsiy jihatdan yaqin (qarindosh) boʻlmagan 
organizmlarni chatishtirish. 
Aprobatsiya qilish – oʻsimliklarning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza 
ekanligini kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga moʻljallangan 
urugʻlikning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada oʻtkaziladigan tadqiqot. 
Biotexnologiya – tirik hujayrada kechadigan jarayonlardan va shu 
hujayraning genetik tarkibidan foydalanishga asoslangan mahsulot yetishtirish 
usullarining yigʻindisi. 
Biotip - oʻsimlik turining tashqi koʻrinishi bilan farqlanmaydigan, lekin 
biologik va fiziologik xususiyatlari boshqacha va oʻzgarmas boʻlgan guruhi. 
Bichish (kastratsiya) – ona sifatida olingan oʻsimlikning gulidagi 
changdonlarini terib olish (yulib tashlash). 
Gen injineriyasi usullari – qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi shakllari
liniyalari, navlari va duragaylarining patogenlariga oʻta chidamliligini oshirishga va 
navlarni yaratish muddatini qisqartirishga qaratilgan muhim vazifalarni yechish 
imkoniyatlarini ta‘minlaydi. 
Insuxt – chetdan changlanadigan oʻsimliklarni majburan oʻzidan 
changlatish. 
Irsiyat – organizmdagibelgi va xususiyatlarning nasldan-naslga oʻtishi. 
Insuxt-liniya – bitta chetdan changlanuvchi oʻsimlikni majburan oʻzidan 
changlatib olingan avlod. 
Introduksiya – oʻsimliklarning tur va navlarini boshqa joylardan keltirish. 
Klon – vegetativ yoʻl bilan koʻpayadigan bitta oʻsimlikning avlodi. 
Liniya – oʻzidan changlanuvchi bitta oʻsimlikning avlodi. 
Mutagenez – sun‘iy omillar (mutagenlar) ta‘sirida organizmlarda irsiy 
oʻzgarishlar hosil boʻlish jarayoni. 
Mutagen – mutatsion oʻzgaruvchanlikni (mutatsiyani) paydo qiluvchi omil. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling