Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Urugʻni ekishga tayyorlash va ekish


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Urugʻni ekishga tayyorlash va ekish. Ekish uchun urugʻlik tuganaklarni 
shakli, rangi va oʻsimtalarining yoʻgʻonligiga qarab e‘tibor bilan tanlash moʻl hosil 
garovidir. Urugʻlik tuganaklarni ekishga tayyorlash vazni 30-80 grammlik 
tuganaklar butun, yiriklari esa kesib ekiladi. Kesilgan va butun tuganaklar har 3-
3,5 tonnasi 100 litr suvga 2-3 gramm qahrabo kislotasi va 4-5 kg ammofos 


100 
aralashtirilib, ivitilib soʻngra ekiladi. Ekish dastlab (1-10 iyunlarda) kechpishar, 
soʻngra (1-20 iyunlarda) oʻrtapishar va oxirgi (25 iyun-5 iyul) kunlari tezpishar 
navlar urugʻlik materiallari 10-12 santimetr chuqurlikda, har gektarda 57-70 ming 
tup, 70 x20- 25 yoki 90 x 15- 20 sm. amalga oshiriladi.
Parvarishlash. Kechki kartoshka gektariga 3,3-3,5 tonna urugʻlik tuganaklari 
ekilib, paykallarda 14-18 kun oʻtgach, oʻsimliklar koʻkarib chiqadi. Shuning uchun 
maydonlar oʻsimlik koʻkarguncha 1-2 marta yengil (400-500 m
3
) normada 
sugʻoriladi. Natijada har bir gektarda yetarli tup soni ta‘minlanib, siyraklanib 
qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kechki kartoshka oʻsuv davrida ikki marta 
oziqlantiriladi.
Birinchi marta unib chiqish boshlanishi bilan birinchi qator orasiga ishlov 
berish chogʻida mochevina yoki ammoniy selitrasi bilan (200-250 kg). 
Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash davrida ikkinchi marta qator orasiga 
ishlov berishda gektariga 300-350 kilogramm mochevina yoki ammoniy selitrasi 
bilan amalga oshiriladi. 
Yozda eski (oʻtgan yilgi) tuganagi bilan ekilgan kartoshka tuproq namligini 
dala nam sigʻimiga nisbatan 70-80 % darajada ushlash uchun 10-12 marta 
(ekilgandan koʻkarguncha 1-2, koʻkarishdan gʻunchalashgacha ham 1-2, 
gʻunchalashdan pishishgacha 6-7 marta) sugʻoriladi. Sugʻorish har 8-14 kunda, 
gektariga 500-800 m
3
hisobida beriladi. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling