Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
Koʻpaytirish. Sogʻlomlashtirilgan tuganaklarni qaytadan kasallanishining
oldini olish uchun ular tabiiy o`ralgan (o`rmon, tog`, suv ombori, daryolar bilan) joylarda sogʻlom urugʻlik maydonlarining o`rtasida, begona o`tlar kam, yaxshi shamol tegadigan yoki doka izolyatorlar tagida ko`paytirib olingani maqsadga muvofiq. Daladagi doka izolyatorlari har qanday konstruksiyasidan qat‘iy nazar, har bir tonna yetishtiriladigan elita uchun kamida 1,5 – 2 m 2 izolyasiya uychalari kerak bo`ladi. Sogʻlom tuganaklardan elita yetishtirishgacha boʻlgan davr qancha qisqa bo`lsa, sogʻlom oʻsimliklarning potensil imkoniyatlaridan foydalanish darajasi shuncha yuqori bo`ldi. Shuning uchun kartoshkaning virussiz urugʻchiligidagi sogʻlom tuganaklarni jadal ko`paytirishning turli usullari qo`llaniladi. Tuganaklarni ekish oldi kesish, o`simtalar bilan ekish, poya uchki qismlaridan, yon poyachalardan, qalamchalardan ko`paytirish va xokazo. Tajribalardan ma‘lum bo`lishicha, poya qismlaridan koʻpaytirish natijasida tuganaklarning ko`payish koeffisiyenti naviga qarab 1:332 va 1:667 gacha yetkazish mumkin. Dala sharoitida urugʻlik pitomniklaridagi tuganaklarning koʻpayish koefftsiyenti oʻrtacha 9 ga teng. O`zbekiston sharoiti kartoshka tezpishar navlaridan bir yilda ikki marta hosil olish imkonini beradi. Shuning hisobiga tezpishar navlarning sogʻlomlashtirilgan tuganagining ko`payish koeffisiyenti 1:76 ga yetkazish mumkin. Tuganaklarni ekishdan oldin kesib o`tkazish natijasida bu ko`rsatkich ancha (1:138) oshdi. Lekin shuni ham ta‘kidlash kerakki, tuganaklarni kesishni boshlang`ich material mutlaqo sogʻlom boʻlgandagina o`tkazish mumkin, aks holda kesilgan tuganaklarning ikkinchi avlodidan boshlab X, S va M viruslarning tarqalib ketishiga (3% dan 19,5% gacha) va hosildorlikning pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Yirik tuganaklar albatta kesish talab etilganda pichoqlar dezenfeksiya qilinishi sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan elita yetishtirish bo`yicha olib borilgan tajribalari natijasida ishlab chiqilgan va Respublika Qishloq xo`jaligi vazirligi tasdiqlagan jadallashgan uslubning ko`rsatishicha, virussiz 58 tuganaklardan bu usulda dastlabki sogʻlom 100 klondan 110 tonnagacha elita olish imkoni mavjud. Kartoshkachilikni muvaffaqiyatli boʻlishi uchun yaxshi navlarni boʻlishi hali yetarli emas. Urugʻchilik materialni yetishtirishning barcha bosqichlarida kartoshka urugʻchiligini shunday olib borish kerakki nafaqat navning hamma qimmatli xususiyatlarni koʻp yillarga saqlash, balki ularni yaxshilab berishga yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, kartoshka ekinlarida turli kasalliklarni tarqalishi, hosildorlikni pasayishi va navni yoʻqolishiga (nobud) boʻlishi. Urugʻchilikning asosiy vazifalaridan biri virus kasalliklari bilan kurashish. Ularning tez tarqalishi kartoshka sifatini pasayish asosiy sababidir. Shuning uchun virusdan xoli urugʻlik kartoshkani oʻstirish urugʻlik materialni yetarli darajada saqlashni garovidir. Urugʻlik kartoshka turli xil kasalliklardan-zamburugʻ, bakterial kasalliklar, nematodalardan toʻligʻicha xoli boʻlishi kerak. Urugʻlik kartoshka tegishli mahsulot sifatlariga ega boʻlishi va toʻg`ri parvarish qilishda yuqori hosil olishni ta‘minlash kerak. Tuganaklar kattaligi talab darajasida –juda mayda ham, juda katta boʻlmasligi lozim. Kasalliklarni tarqalmasligi uchun urugʻlik kartoshkani kesish mumkin emas. Urugʻchilikni hamma bosqichlarida navning ifloslanishiga, ya‘ni boshqa navlar aralashmasligiga yoʻl qoʻymaslik sharoiti tugʻdirish kerak. Chunki aralashmalar navni qolishiga olib keladi. Bu tadbirlarni faqat yaxshi tashkil qilingan urugʻchilik tizimi asosida bajarish lozim. Kartoshka ekinlarida viruslar bilan muvaffaqiyatli kuzatish koʻpaytirilgan navlarning ularga chidamliligiga bogʻliq. Zararli viruslarga chidamli immunitetli navlar urugʻchilikni muvaffaqiyatli olib borishini ta‘minlaydi. Shuning uchun viruslarga chidamli navlarni yaratish katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda yaxshi va toʻgʻri tashkil qilingan urugʻchilik tizimi koʻp yillar davomida qimmatli navlarni saqlab koʻpaytirishini ta‘minlaydi. Seleksiya jarayonida, urugʻ koʻchatlarini (oʻsimliklarni) viruslar bilan zararlanishidan saqlab borish lozim. Buning uchun turli masofali izolyasiya 59 usullarini qoʻllash kerak. Infeksiyalarni mexanikaviy yoʻl bilan oʻtishini oldini olish uchun pitomniklarda parvarish qilishda, qator oralarini ishlashda ehtiyotlik choralar koʻrilishi lozim. Seleksion muassasalarida standart navlari infeksiya manbai boʻlishi mumkin. Buning uchun standart navlarini viruslarga chidamliligi aniqlangandan keyin pitomniklarda navlar yonida taqqoslash uchun joylashtirilishi mumkin. Urugʻlik kartoshka yetishtirish uchun tuproq iqlim sharoiti qulay joylar tanlab olinishi kerak. Bunday joylarga boshqa qulay sharoitlar bilan birga viruslarni tarqatuvchi hasharotlar uchun qulay sharoit boʻlmagan joylar hisobga olinadi. Agar Oʻzbekiston sharoitda turli sabablarga koʻra, jumladan so`ruvchi hasharotlar, yuqori harorati, issiq va quruq havo kartoshka urugʻchiligida alohida e‘tibor berishini talab etadi. Virus kasalliklarining tarqalishi sababli Samarqand qishloq xoʻjalik instituti olimlari tomonidan kartoshkaning virus kasalliklari tarqalish sabablari va oldini olish usullari oʻrganilib Oʻzbekiston sharoitida kartoshka urugʻchilik tizimi, yuqori sifatli urugʻlik yetishtirish va elita urugʻligini jadallashgan usuli ishlab chiqilib joriy etilgan. Umumiy qabul qilingan uslub bo`yicha elita yetishtirish jarayoni odatda 5 – 6 yil davom etadi. Urugʻlik kartoshka mahalliy sharoitda bahorgi muddatda ekilganida bunday uzoq davr mobaynida albatta virus kasalliklari bilan kuchli zararlanadi va hosildorlik keskin pasayib ketadi. Avvalgi yil tuganaklarini yozgi muddatgacha saqlashning qiyinligi, qimmatga tushishi, sogʻlom tuganaklarning ko`payish koeffisiyentining kam boʻlib qolishi va hokazo qiyinchiliklarni tug`diradi. Shuning uchun bir yilda ikki xosil olish kartoshka urugʻchilik sxemasini ikki baravar tezlashtiradi, sogʻlom tuganaklarning koʻpayish koeffitsiyentini oshiradi (5 – jadval). Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling