Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Klonlarni ikinchi yil sinash pitomnigi
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Supersuperelita, superelita, elita pitomniklari.
Klonlarni ikinchi yil sinash pitomnigi. Ikkinchi yil klonlarini sinashda uch
marta tozalash (fitoprochistka) o`tkaziladi. Har bir klondagi 30% oʻsimliklarda 51 serologik analizlar o`tkaziladi. Vizual va serologik analizlar natijasida kasallangan oʻsimliklar topilgan klon oilalarda to`liq serologik analizlar o`tkaziladi. Kasallangan oʻsimliklar to`liq olib tashlanadi. Supersuperelita, superelita, elita pitomniklari. Bu pitomniklarda vizual kuzatishlar natijasida uch marta tozalash oʻtkaziladi. Yashirin xoldagi viruslarni aniqlash uchun urugʻlash maydonining kattaligiga qarab namunalar olinadi: 25 ga. gacha boʻlgan maydonlardan 25 namuna, bunda har bir namuna 20 tup oʻsimlikdan olinadi (jami 500 oʻsimlik). Katta maydonlarga esa 15 ga. dan koʻproq qismi uchun, har 5 ga. yer xisobiga 2 namuna (40 oʻsimlik ) qoʻshiladi. Ya‘ni 25 namuna emas 27 namuna olinadi. Urugʻchilik qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishining muhim tarmogʻi boʻlib, yaxshi tashkil etilgan urugʻchilik asosida ekinlardan muttasil yuqori va sifatli hosil olishni ta‘minlovchi muhim omil hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, biologik moʻtadil iqlim ekini boʻlgan kartoshkaning urugʻchiligini Oʻzbekistonning issiq iqlim va nisbiy namligi pastligi bilan harakterlanadigan sharoitda tashkillashtirishning oʻziga xos qiyinchiliklari mavjud. Chunki, bunday sharoitda urugʻlik material tezda oʻz sifatlarini pasaytirib ―ayniydi‖ va ekinboplik sifatlari va natijada hosildorligi keskin pasayadi. Bundan tashqari respublika sharoitida kartoshkaning virus kasalliklari keng tarqalgan boʻlib ular ekinning hosildorligini kasallik turi, tashqi sharoit, kartoshka navi va qoʻllaniladigan agrotexnikaga bogʻliq ravishda 30 % va undan ortiq pasaytirib yuboradi. Shuning uchun respublika sharoitining tuproq-iqlim xususiyatlari hamda ekinning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda olimlarimiz tomonidan bahorgi, yozgi va ikki hosillik ekin asosida kartoshkaning sifatli urugʻlarini yetishtirishga qaratilgan samarali urugʻchilik tizimi va sxemasi ishlab chiqilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan. 52 Vizual Serologik analizlar yordamida Olimlarimiz tomonidan Oʻzbekiston tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va respublika qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan quyidagi usullar va sxemalarda olib boriladi. 1. An‘anaviylashgan usulida kartoshkaning elita urugʻlarini yetishtirish. Tanlash asosida kartoshkaning elita urugʻlarini yetishtirish uchun sogʻlom oʻsimliklar urugʻlik paykallardan vizual usulda hamda bu usul bilan serologik va immunoferment analizlar yordamida tanlab olishga asoslangan. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling